Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 31-oktabrdagi PF-3346-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-dekabr,
572-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida nizomda:
a) 9-bandda:
oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining ahvolini tahlil qiladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki isteʼmol qilish va eksport qilish prognozlari hamda balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadigan mahsulotlar narxlarini belgilash hamda davlat tomonidan xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun hisob-kitob qilish tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi”;
b) 10-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 9-modda) 1-ilovaning 22-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga” soʻzlari “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) 1-ilovaning 92-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshidagi, 106-bandidagi, 118-bandi beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasining” soʻzlari “Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Asillik darajasi toʻlovi va asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 2003-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 42-modda) 2-ilovaning 14-bandidagi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 242-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda)