Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-dekabr,
560-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati toʻgʻrisida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 41-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 11-modda) 1-ilovada “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” grafasidan keyin “Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy byurolar” grafasi qoʻshilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda):
1) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi toʻgʻrisida nizomning (qarorga 1-ilova) 14-bandiga:
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy byurolar”;
b) uchinchi – oʻn birinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi – oʻn ikkinchi xatboshi hisoblansin;
2) qarorga 3-ilovaning 13-bandidagi 3-kichik band chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qaroriga 7-ilovaning 1.1-bandidagi “a” kichik banddan “va 1-bandning ikkinchi xatboshidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 239-modda)