Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2005 21.11.2003 yildagi 526-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2005
Hujjat 13.06.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR VA KREDITLAR MASALALARI BOʻYIChA IDORALARARO KENGASh TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, shuningdek Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar va investitsiyalarga xizmat koʻrsatish va ularni jalb etish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha Idoralararo kengash 1-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini tizimli tahlil etish va uni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli ekspertiza organlarining xulosalari asosida xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida kreditlar jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflarni ishlab chiqish;

oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi muammolarni muhokama qilish uchun respublikada va chet ellarda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlar (“Oʻzbekistonda biznes qiling”, “Oʻzbekistonning investitsiya imkoniyatlari” va boshqalar) muntazam ravishda oʻtkazilishini nazarda tutgan holda potensial investorlar va donor mamlakatlar bilan doimiy aloqalar oʻrnatish va bunday aloqalarni qoʻllab-quvvatlash;

jalb etilayotgan investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari boʻyicha maqbul taqsimlash yuzasidan takliflar tayyorlash;

Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlarning tizimli monitoringini olib borish va ular boʻyicha majburiyatlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

xorijiy investitsiyalar va kreditlar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
526-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-noyabrdagi 526-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha Idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda “Idoralararo kengash” deb yuritiladi) xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, shuningdek Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar va investitsiyalarga xizmat koʻrsatish va ularni jalb etish mexanizmini takomillashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini tizimli tahlil etish va uni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli ekspertiza organlarining xulosalari asosida xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida kreditlar jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi muammolarni muhokama qilish uchun respublikada va chet ellarda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlar (“Oʻzbekistonda biznes qiling”, “Oʻzbekistonning investitsiya imkoniyatlari” va boshqalar) muntazam ravishda oʻtkazilishini nazarda tutgan holda potensial investorlar va donor mamlakatlar bilan doimiy aloqalar oʻrnatish va bunday aloqalarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilayotgan investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari boʻyicha maqbul taqsimlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning xususiy xorijiy investitsiyalar (xorijiy davlat fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashaydigan fuqarolari, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar) jalb etiladigan korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni ularga tatbiq etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga muvofiqligini belgilash;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlarning tizimli monitoringini olib borish va ular boʻyicha majburiyatlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlar sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoralararo kengashga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun uning tarkibida quyidagi masalalar boʻyicha guruhlar tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini va xorijiy investorlarni huquqiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari samarali amalga oshirilishini va kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishining monitoringi va boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi guruhlar, Idoralararo kengashga yuklangan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ishchi guruh aʼzolarining takliflarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli muammolar aniqlangan taqdirda ularni hal etish uchun aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo kengashning koʻrib chiqishi uchun tegishli takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta majlis oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar majlislari, basharti ularda ular aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar aʼzolari ularning majlislarida shaxsan hozir boʻlishi kerak. Idoralararo kengash va ishchi guruh aʼzosi xolisona sabablarga koʻra majlisda hozir boʻlmaganda uning vakolatli vakili ovoz berish huquqisiz majlisga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Idoralararo kengashning navbatdagi majlisini oʻtkazish, majlisning kun tartibi toʻgʻrisidagi takliflar va barcha zarur hujjatlar tegishli ishchi guruhlarning rahbarlari tomonidan Idoralararo kengash aʼzolarining koʻrib chiqishi uchun Idoralararo kengash majlisi moʻljallanayotgan sanadan kamida besh kun oldin kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo kengash va ishchi guruhlarning qarorlari, basharti ularning majlisda hozir boʻlgan aʼzolarining kamida 75 foizi ovoz bersa, qabul qilinadi hamda ikki ish kunida Idoralararo kengash va ishchi guruhlarning ovoz berishda qatnashgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo kengash va ishchi guruhlar aʼzolari protokolni imzolashda oʻz fikrlarini yozma shaklda ifodalashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xolisona sabablarga koʻra Idoralararo kengash majlisida ishtirok etmagan Idoralararo kengash va ishchi guruhlar aʼzolari Idoralararo kengashning har qanday qarori bilan tanishishga haqlidirlar, qabul qilingan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda esa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz fikrini yozma shaklda ifodalashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qarorni qayta koʻrib chiqish talabiga Idoralararo kengash barcha aʼzolarining kamida uchdan bir qismi qoʻshilishi sharti bilan qarorni qayta koʻrib chiqish maqsadida ushbu masala boʻyicha Idoralararo kengash majlisi takroran oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini guruhlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq tashkil etadilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 225-modda; 2004-y., 30-son, 344-modda; 2005-y., 23-24-son, 169-modda)