Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGI TOʻGʻRISIDAGI REFERENDUM YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendumda ovoz berish natijalariga doir Markaziy saylov komissiyasining maʼruzasi va Bayonlar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi Qonunning 38-moddasiga muvofiq oʻrtoq Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1991-yil 31-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-yanvar,
476-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 126-modda)