O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIYLASHTIRISHDAN TUSHADIGAN MABLAG‘LARNI TAQSIMLASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini, shu jumladan sotib olinadigan davlat aktivlari haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha tushadigan mablag‘larni taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan har oyda qonun hujjatlarida belgilangan nisbatlarda amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilayotgan korxonalar Hukumatning qarorlari bo‘yicha ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘larni o‘tkazish ushbu korxonalar tomonidan maxsus depozit hisob raqamining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan holda taqdim etilgan yozma so‘rovlar asosida amalga oshiriladi. Korxona tomonidan so‘rov sotilayotgan davlat aktivlari uchun yakuniy hisob-kitoblar qilingan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgungacha taqdim etilmagan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar davlat budjetiga o‘tkaziladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-noyabr,
512-son
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 219-modda, 22-son, 223-modda; 2005-y., 52-son, 386-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)