Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2021 24.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2617
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmatining qarori, 24.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2617
Кучга кириш санаси
29.09.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2021
Hujjat 29.09.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2617]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 3-fevraldagi 3 va 27-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2617-3, 23.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik choralarini koʻrib, gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyati muhofazasini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalari ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. ULJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2014-yil 27-avgustdagi 33 va 87-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi 219-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni, fuqaro kemalari ekipaji aʼzolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi va 2000-yil 5-iyuldagi 256-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni taʼminlash Milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari, shuningdek Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni (bundan buyon matnda elektron vositalar deb yuritiladi) aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar talablari Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida ichki va xalqaro yoʻnalishlarda uchuvchi yoʻlovchilarning (havo kemasi ekipajining) yonida boʻlgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirishga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirishning asosiy maqsadi parvozning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida ichki va xalqaro yoʻnalishlarda uchuvchi yoʻlovchilarning (havo kemasi ekipajining) yonida boʻlgan elektron vositalar orqali havo kemalariga qonun hujjatlari bilan taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar olib qirilishining oldini olish, yoʻlovchilarning va havo kemalari ekipajining hayoti va salomatligini saqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuv harakatlaridan himoyalashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qoidalarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari (bundan buyon matnda aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari deb yuritiladi) xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻlovchilarning (havo kemasi ekipajining) yonida boʻlgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish aeroportdagi maxsus ajratilgan va zarur maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan tekshirish xonasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻlovchi (havo kemasi ekipaji) aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari xodimlarining soʻroviga asosan tekshirish xonasida oʻzining elektron vositalarini yoqish orqali ishlashini, ularning akkumulyatorlari, batareyalari joylashtirilgan joylarini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron vositalarning ishlashini ularni yoqish orqali aniqlash imkoni boʻlmasa, ular yoʻlovchi (havo kemasi ekipaji) tomonidan taqdim etilgan yoki tekshirish xonasidagi zaryadlash anjomlari orqali tekshirish uchun yetarli darajada quvvat olguniga qadar zaryadkaga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tekshirish uchun yetarli darajada quvvatlangan elektron vosita yoqilmasa, mazkur elektron vosita aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalarining xodimlari tomonidan qoʻshimcha maxsus texnik vositalarni qoʻllash orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazish natijasi ijobiy boʻlgan elektron vositalar havo kemasiga olib kirish uchun yoʻlovchiga (havo kemasi ekipajiga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari xodimlari tomonidan yoʻlovchiga (havo kemasi ekipajiga) tegishli boʻlgan va elektron vositalarda saqlanayotgan shaxsiy maʼlumotlarni tekshirish va ular bilan tanishish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari xodimlari tomonidan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish jarayonida yoʻlovchining (havo kemasi ekipajining) yonida boʻlgan elektron vositalarda taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar mavjudligi aniqlansa, mazkur elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirish toʻxtatiladi va yoʻlovchi (havo kemasi ekipaji) havo kemasiga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoʻlovchi yonida boʻlgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirishdan oʻtkazishdan boʻyin tovlagan taqdirda, aviatsiya xizmati koʻrsatuvchi havo transportida tashish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo kemasi ekipaji yonida boʻlgan elektron vositalarni aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshirishdan oʻtkazishdan boʻyin tovlagan taqdirda, havo kemasiga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Qoidalar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 27-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 495-modda; 2016-y., 31-son, 384-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 10/18/2617-2/1548-son)