Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 2014-yil 6-iyundagi 907-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qanoatlantirilsin — Toshkent shahar Hamza tumanining nomi Yashnobod tumani deb oʻzgartirilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-avgust,
SQ-441-II.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 215-modda)