Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASINING BOSHQARUV TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Respublika neft va gaz tarmogʻining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, uning barqaror va muvozanatli istiqbolli rivojlanishini taʼminlash, gaz va neft geologiyasi va qidiruvi, ularni qazib olish, neft va gaz mahsulotlarini tashish va uzatish, qayta ishlash va sotish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish darajasini oshirish, tarmoqqa chet el investitsiyalarini keng jalb etish va shu asosda eksport salohiyatini kengaytirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik kompaniyalarining:
“Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish hamda ilgari “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlarni “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiritish;
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksini bevosita “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tasarrufiga berish;
“Oʻzneftgazishchitaʼminot” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish;
“Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” va “Oʻzburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyalarini birlashtirish hamda ularning negizida “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish;
“Oʻzneftgazqurilish” aksiyadorlik kompaniyasini pudrat qurilish va taʼminot-sotish tashkilotlarini bevosita uning tasarrufiga berish yoʻli bilan “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda xolding kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, xodimlarining cheklangan umumiy soni 168 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 107 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi hamda kompaniya ixtiyoriga berilayotgan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 3—5-ilovalarga muvofiq;
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati, xodimlarining cheklangan umumiy soni 154 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 108 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 6—8-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan korxonalari roʻyxati 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Belgilansinki:
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyalari “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining shuʼba korxonalari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va uning aksiyadorlik kompaniyalari ustav fondlariga berilgan davlat mulkini va aksiyalar paketlarini oʻzgalarga berish faqat Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” va “Oʻzburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
5. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (Azimov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
tugatish komissiyalari tashkil etsinlar va belgilangan tartibda “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzneftgazishchitaʼminot” aksiyadorlik kompaniyasi tugatilishini, “Oʻzneftgazqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi qayta tashkil etilishini taʼminlasinlar;
“Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” va “Oʻzburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyalarini birlashtirish yoʻli bilan “Oʻzgeoburgʻuneftgaz-qazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
tugatilayotgan “Oʻzneftgazishchitaʼminot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan taʼminot-sotish tashkilotlarini puxta xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ular faoliyatining ixtisosini hisobga olgan holda idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllarini belgilasinlar;
qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarini oʻtkazsinlar, ushbu kompaniyalarning kuzatuvchi kengashlari shaxsiy tarkibi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, ustav fondlari miqdorlari aniqlanishini va kompaniyalarning ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar;
tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalarning ustav fondlariga berilgan davlat mulkidan foydalanish masalalari hal etilishini taʼminlasinlar.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 225-son qaroriga muvofiq, ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarini yetkazib berish neft bazalari bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, neftni qayta ishlaydigan zavodlar tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 225-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan avtoservis kompleks punktlari tegishli ravishda Taxiatosh, Qarshi, Maroqand, Termiz, Guliston va Urganch neft bazalari filiallariga aylantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarorining 8-bandi, qarorga 1, 2, 5, 6 va 7-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 19-iyundagi 233-son qarori;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 21-oktabr,
460-son
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining tashkiliy
tuzilmasi
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini boshqarish ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy
tuzilmasi
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga berilayotgan korxonalari va tashkilotlari
ROʻYXATI
1. “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” USHK
2. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” USHK
3. “1-TQMB” USHK, Fargʻona shahri
4. 2-TQMB, Qorovulbozor shahri
5. “Neftchi” sport kompleksi
6. “Neftchi” madaniyat saroyi
7. “Neftchi” sanatoriy-profilaktoriysi
“Oʻzgeoburgʻuneftegazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi
“Oʻzgeoburgʻuneftegazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
roʻyxati
1. “Muborakneftgaz” unitar shuʼba korxonasi
2. “Shoʻrtanneftgaz” unitar shuʼba korxonasi
3. “Ustyurtgaz” unitar shuʼba korxonasi
4. “Jarqoʻrgʻonneft” OAJ
5. “Andijonneft” OAJ
6. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar shuʼba korxonasi
7. “Ustyurt razvedka-burgʻulash boshqarmasi” unitar shuʼba korxonasi
8. Koson neft-gaz-razvedka ekspeditsiyasi unitar shuʼba korxonasi
9. “Hisoroldi neft-gaz-razvedka ekspeditsiyasi” unitar shuʼba korxonasi
10. “Qorovulbozor neft-gaz-razvedka ekspeditsiyasi” unitar shuʼba korxonasi
11. “Olot neft-gaz-razvedka ekspeditsiyasi” unitar shuʼba korxonasi
12. “Oʻzbekgeofizika” OAB
12.1. “Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi” unitar shuʼba korxonasi
12.2. “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” OAJ
12.3. “Fargʻona geofizika ekspeditsiyasi” OAJ
12.4. “Amirobod kon-geofizika ekspeditsiyasi” OAJ
12.5. “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” OAJ
13. “Qoʻqonneftgazparmalash” OAJ
14. “Buxoroneftgazparmalash” OAJ
15. “Qashqadaryo parmalash ishlari” OAJ
16. “Surxon parmalash ishlari” OAJ
17. “Minora qurish ekspeditsiyasi” OAJ
18. “Neftgazqurilishtaʼmirlash” trest-maydon OAJ
19. “Neftegaztaʼmirlash” OAJ
20. “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” OAJ
21. “Maxsusenergogaz” OAJ
22. “Qashqadaryo neftgaz qurilish va taʼmirlash” OAJ
23. “Neft va gaz quduqlarini sinash” OAJ
24. “Oʻzparqurilish” OAJ
25. “Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti” OAJ
26. “Neftgaztadqiqot” OAJ
27. “Neftgazmeʼyor” OAJ
28. “KIVS” OAJ
29. “Oʻzpartamponaj” OAJ
30. “Buxoroneftgazavtotrans” OAJ
31. “Sarbon-neftgaz” OAJ
32. “Xoʻjaobod texnologik transport boshqarmasi” OAJ
33. “Muborakneftgaztrans” OAJ
34. “Oʻzparavtotrans” OAJ
35. “Qashqadaryo texnologik transport” OAJ
36. “Asakatransneft” OAJ
37. “Tarmoqlararo oʻquv kurs kombinati” unitar shuʼba korxonasi
38. “Neftgaztrast” unitar korxonasi
39. “Ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash boshqarmasi” unitar korxonasi
39.1. Asaka ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi
39.2. Jarqoʻrgʻon ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi
39.3. Qorovulbozor ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi
39.4. Oltingugurt zavodi ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi
39.5. Fargʻona ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi
39.6. Chortoq ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi
39.7. Toshkent ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi
40. “Oʻzpartaʼminot” OAJ
41. “Koson ishlab chiqarish-texnika taʼminoti va butlash bazasi” unitar shuʼba korxonasi
42. “Maxsusbutlashgaz” OAJ
43. “Muborak uy-joydan foydalanish koʻp tarmoqli” OAJ
44. “Oʻzmaloyl” qoʻshma korxonasi
45. “Neftgaztrans” MCHJ qoʻshma korxonasi
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan korxonalari
roʻyxati
|
Korxonaning nomi |
Qayta oʻzgartirish shakli |
| “Neftgazgeologiya” unitar korxonasi | Funksiyalar “Oʻzgeoburgʻuneftegazqazib-chiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparatiga berilgan holda tugatiladi |
| “Mingbuloqneft” unitar shuʼba korxonasi | Funksiyalar va mol-mulk “Andijonneft” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga berilgan holda tugatiladi |
| “Fargʻonaneft” OAJ | “Andijonneft” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish |
| Polvontosh “Neftgazquduq-taʼmirlash” OAJ | “Andijonneft” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish |
| “Andijonburgʻuneftgaz” OAJ | “Qoʻqonneftgazparmalash” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga birlashtirish shaklida qayta tashkil etish |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda; 2006-y., 45-son, 444-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son)