Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh HAMDA AYRIMLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qonun hujjatlarini ichki valyuta bozorini erkinlashtirishga oid qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-oktabr,
434-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashuvini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirishga doir cheklashlarni bekor qilish toʻgʻrisida” 1995-yil 12-iyundagi 217-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 13-iyuldagi 269-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 34-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 3-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 34-modda):
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 4-bandning uchinchi xatboshida “bankomat cheki” soʻzlaridan keyin “shuningdek soʻmdagi mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yoʻl bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 2-ilovada:
12-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“norezidentlar tomonidan almashtirish punktining maʼlumotnomasi yoki bankomat cheki taqdim etilgan taqdirda, shuningdek soʻm mablagʻlari qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yoʻl bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ularga xorijiy valyutani (yoʻl cheklarini) ilgari almashtirilgan summa doirasida soʻmga xorijiy valyuta va yoʻl cheklarini sotish;
jismoniy shaxslar – rezidentlarga naqd soʻmga naqd xorijiy valyutani va obroʻli xorijiy banklar va moliya institutlari tomonidan emitatsiya qilingan yoʻl cheklarini sotish;
16-bandda “bankomat cheki” soʻzlaridan keyin “shuningdek soʻmdagi mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida qonuniy yoʻl bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 2-ilovada:
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi “m” kichik band qoʻshilsin:
“m) qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa operatsiyalar.”;
v) 31-bandda “belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan” hamda “va uning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“g” kichik band chiqarib tashlansin;
50-banddagi “va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 181-modda; 2013-y., 14-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)