Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek respublikada import operatsiyalarini amalga oshirishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Import kontraktlarini hisobga qoʻyish va tashqi savdo operatsiyalarining bojxona monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, import kontraktlarini hisobga qoʻyishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarning valyuta nazorati boʻlimlari, hisobga qoʻyishning toʻgʻriligi ustidan nazoratni esa Valyuta nazorati boshqarmasi amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Monitoringni amalga oshirish hamda bojxona organlarining soliq organlari va vakolatli banklar bilan oʻzaro hamkorligi muvofiqlashtirilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rahbariyati, hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari boshliqlari zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2003-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Markaziy bank, vakolatli banklar hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi amalga kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona statistikasi va tahlili markazi, uning boʻlimlari va guruhlari hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari tarkibida bojxona yuk deklaratsiyalari asosida maʼlumotlarning statistik elektron bazasini shakllantiradilar hamda tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarning Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda zimmasiga monitoring olib borish va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi bilan ishlash funksiyalari yuklangan rahbarlar, xodimlar va texnik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini bojxonadan keyin nazorat qilish tizimini joriy etish, shu jumladan Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasida uni amalga oshirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan oʻtkaziladigan import kontraktlarini vakolatli banklarda va bojxona organlarida hisobga qoʻyish Vazirlikning tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona organlari tomonidan eksport-import operatsiyalari, bojxona rasmiylashtiruvi va tashqi savdo kontraktlariga doir hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi boʻyicha qonun hujjatlari talablarining buzilishi hollari aniqlangan taqdirda bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻradilar, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hollar va koʻrilgan chora-tadbirlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga axborot yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining xabardorligini hamda bojxona tartibotlarining samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi maʼlumotlari, shuningdek muqobil manbalardan olingan axborotlar asosida eksport va import qilinayotgan tovarlarning narx maʼlumotlari byulletenini har oyda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-sentabr,
416-son
Import kontraktlarini hisobga qoʻyish va tashqi savdo operatsiyalarining bojxona monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda matnda — Nizom deb yuritiladi) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida import kontraktlarini hisobga olish va tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Bojxona organlarida import kontraktlarini hisobga olish tartibi
2. Tovarlar importini nazarda tutuvchi barcha kontraktlar ular belgilangan tartibda vakolatli banklarda hisobga qoʻyilgandan keyin 7 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi kerak.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari kontraktlar bojxona organlarida oʻz vaqtida hisobga qoʻyilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Import kontraktlarini hisobga qoʻyish Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyuta nazorati boʻlimlari tomonidan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy boʻyicha hujjatlar taqdim etilgan kunni hisobga olmagan holda ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
3. Import kontraktlarini hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyuta nazorati boʻlimlariga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi boʻyicha amalga oshiriladi:
ariza;
kontraktning asl nusxasi va uning nusxalari, shuningdek import qiluvchining yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlarning kontrakt shartlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan xulosasi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda);
KTUT, soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami kartochkalari, ustav, taʼsis shartnomasi nusxalari (birinchi marta murojaat qilganda);
vakolatli bank tomonidan beriladigan kontraktga identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtirilgan import bitishuv pasporti;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarda belgilangan hollarda kontrakt tuzish uchun asos hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va boshqa vakolatli vazirliklar va idoralarning xulosalari.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Rasmiylashtirishning belgilangan tartibi buzilgan holda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchiga kontraktlarni hisobga qoʻyish uchun nazarda tutilgan muddatlarda yozma ravishda va Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining rahbari tomonidan imzolangan ilova bilan birgalikda ularning qaytarilishi sabablari asoslangan holda qaytariladi.
4. Valyuta nazorati boʻlimi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, import bitishuv pasporti maʼlumotlarining muvofiqligini tekshiradi hamda rad etish uchun asos mavjud boʻlmagan taqdirda, import qiluvchiga import bitishuv pasportining bojxona xizmati vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan birinchi nusxasini qaytaradi hamda kontraktga import kontraktlarini hisobga olish jurnali boʻyicha tartib raqami beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kontraktlarni hisobga qoʻyishda import qiluvchi:
import kontraktlarini hisobga qoʻyish uchun bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi;
tovarlarni yetkazib berish mumkin boʻlmagan yoki tovarlarni yetkazib berishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan taqdirda avans toʻlov summasi vakolatli bankdagi import qiluvchining hisob raqamiga qaytarilishi uchun majburiyatni oʻz zimmasiga oladi.
6. Quyidagi shartlarning mavjud boʻlishi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasi valyuta nazorati boʻlimi kontraktni hisobga qoʻyishni rad etishi uchun asos hisoblanadi:
import bitishuv pasportidagi maʼlumotlarning kontraktda koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi;
Keyingi tahrirga qarang.
import bitishuv pasportining belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli banklar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning kontrakt shartlariga nomuvofiqligi;
qonun hujjatlariga va mazkur Nizom shartlariga rioya qilmaslik.
7. Hisobga qoʻyilgan kontraktlardagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas.
8. Ilgari hisobga qoʻyilgan import kontraktiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga qoʻyish mazkur Nizomning 2 — 7-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Hisobga qoʻyish paytida import kontraktlariga qoʻyiladigan eng kam talablar
Keyingi tahrirga qarang.
9. Kontraktda quyidagi asosiy boʻlimlar va maʼlumotlar boʻlishi kerak:
9.1. Muqaddima. Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaxslarning toʻliq nomi, kontraktni tuzgan shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismi, agar shaxs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida koʻrsatiladi va bojxona organlariga ishonchnomaning asl nusxasi yoki notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
9.2. Kontrakt mavzusi. Ushbu boʻlimda tovarning nomi, uning tavsifi va miqdori va sifati boʻyicha assortimenti, shuningdek bitishuv turi koʻrsatiladi.
Tovarning miqdori qabul qilingan oʻlchovlarning metrik tizimida xalqaro birliklarda ifodalanadi. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan oʻlchov va ogʻirliklar tizimi miqdorlarini belgilash tartibiga muvofiq oʻlchov birligini aniqlash mumkin.
Tovarning sifat tavsifi tovardan foydalanish uchun uning yaroqliligini aks ettiruvchi xossalar jamini belgilaydi. Shuningdek TIF TN boʻyicha tovarning kodiga havola ham zarur.
Quyidagilar tovarning sifatini belgilashning asosiy usullari hisoblanadi:
standart boʻyicha umumiy qabul qilingan xalqaro standartlar, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi DS yoki TSH;
sertifikatlash boʻyicha: texnik parametrlarni koʻrsatish;
asosiy moddalar mavjudligi boʻyicha: koʻrsatkich-minimum koʻrsatiladi, aralashmalar boʻyicha — koʻrsatkich-maksimum beriladi.
Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati koʻrsatiladi (foydalanilganlari uchun: eskirish foizi yoki foydalanish muddati).
9.3. Yetkazib berishning baʼzi shartlari: tovarni yetkazib berish boʻyicha sotuvchi va xaridorning quyidagi asosiy majburiyatlari aniqlanadi (“Inkoterms” xalqaro qoidalari boʻyicha):
tovarni yetkazib berish boʻyicha kontraktni tuzuvchi tomonlarning majburiyatlari va xarajatlarni taqsimlash;
tovarni xaridorga berish tartibi va joyi;
tovarni olib kirish — olib chiqish boʻyicha rasmiyatchiliklarni bajarish;
tovarni sugʻurtalash;
tovarning tasodifiy yoʻqolishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligining sotuvchidan xaridorga oʻtishi.
“Inkoterms”dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yoʻl stansiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) koʻrsatilishi kerak (qisqartirilgan soʻzlarning bosh harflari bilan birga).
9.4. Tovarni yetkazib berish muddati. Kontraktda yetkazib berish muddati va sanasi koʻrsatiladi. Yetkazib berish muddati vaqtinchalik davrni anglatadi, bu davr mobaynida tovar yoki uning turkumi sotuvchiga koʻrsatilgan joyga yetkazib berilishi kerak.
Yetkazib berish sanasi deyilganda sotuvchi tomonidan kontraktlarda koʻrsatilgan yetkazib berish shartlariga muvofiq oʻz majburiyatlarining bajarilishi tushuniladi.
9.5. Kontraktning narxi va umumiy summasi. Tovarning narxini belgilashda kontraktda tovarning oʻlchov birligi, tovar birligi narxi va kontraktning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Tovarning oʻlchov birligi TIF TNdagi oʻlchov birligiga muvofiq belgilanadi.
Kontraktning umumiy summasi sotilayotgan tovarning qiymatini anglatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazib beruvchilar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish, royalti toʻlovi xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilish yuzasidan import kontraktlari boʻyicha bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va royalti summasi kontraktlarda (spetsifikatsiyalarda) alohida koʻrsatiladi.
(9.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-avgustdagi 230-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 32-33-son, 363-modda)
9.6. Toʻlov shartlari. Kontraktdagi toʻlov shartlarida valyuta, toʻlov shakli va muddati belgilanadi. Agar toʻlov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, u holda valyutani qayta hisoblab chiqish kursi va ushbu kursni aniqlash manbai koʻrsatiladi.
9.7. Tovarning kelib chiqishi. Kontraktda yetkazib berilayotgan tovar kelib chiqqan mamlakat va ishlab chiqaruvchi koʻrsatiladi.
9.8. Tomonlarning javobgarligi. Qabul qilingan majburiyatlarning tomonlar tomonidan bajarilishini taʼminlovchi shartlar sifatida kontraktda, qoidaga koʻra, kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar toʻlaydigan penya va/yoki jarima shaklidagi jazo nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar koʻrgan tomonning talabiga koʻra unga neustoyka toʻlash majburiyati yuklanadi.
9.9. Tomonlarning rekvizitlari. Kontrakt matni tomonlarning rekvizitlarini koʻrsatish bilan tugallanadi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank rekvizitlari va yuklab joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning imzolari kontraktda muhr bilan tasdiqlanadi.
9.10. Kontraktning tili. Oʻzbek yoki rus tillarida tuzilgan kontrakt roʻyxatdan oʻtkazish uchun qabul qilinadi. Boshqa hollarda vakolatli shaxslarning tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinadi.
10. Mazkur boʻlim talablariga rioya etilishi uchun masʼuliyat kontrakt shartlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan yuridik xulosa bergan shaxsga yuklanadi.
IV. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi tartibi
11. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi tizimi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan eksport-import kontraktlari bajarilishi ustidan zarur nazoratni taʼminlash hamda bojxona, soliq organlari va vakolatli banklar oʻrtasida axborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tizimni axborot bilan taʼminlash maqsadida real vaqt rejimida ishlovchi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSO) qoʻllaniladi:
a) kontrakt boʻyicha umumiy axborot:
import qiluvchi (eksport qiluvchi)ning nomi va uning rekvizitlari, shu jumladan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
xorijiy sherikning nomi va rekvizitlari;
kontraktning sanasi va tartib raqami;
kontraktning turi;
kontraktning mavzusi;
kontraktning umumiy summasi;
kontraktning valyutasi;
tovarni yetkazib berish shartlari va muddatlari;
toʻlov shartlari va mablagʻ bilan taʼminlash manbai;
vakolatli bank tomonidan berilgan kontraktning identifikatsiya raqami;
kontrakt boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar (hukumatlararo bitimlar, Hukumatning qarorlari va boshqalar mavjudligi).
b) Vakolatli organlarda kontraktning ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga olinishi:
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertiza toʻgʻrisidagi xulosaning sanasi va tartib raqami (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda);
(12-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
vakolatli bankda hisobga qoʻyilgan sana va tartib raqami;
bojxona organlarida hisobga qoʻyilgan sana va tartib raqami.
Keyingi tahrirga qarang.
v) Vositalarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
vositalar tushgan sana;
tushgan vositalar summasi;
majburiy sotuv sanasi;
majburiy sotuv summasi;
toʻlov topshirigʻi sanasi va tartib raqami;
toʻlov summasi;
akkreditiv ochish sanasi, tartib raqami, summasi va muddati hamda uning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
berilgan kafolatning sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, kafilning nomi va kafolat bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
berilgan sugʻurta polisining sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, sugʻurtalovchining nomi va sugʻurta polisi bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
g) tovarlar tushganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
tovarning nomi va TIF TN boʻyicha kod;
tovarning sifati;
tovar kelib chiqqan mamlakat;
bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va tartib raqami;
yuklab joʻnatish sanasi/tovarning kelib tushishi;
tovarning bojxona chegarasidan oʻtishi sanasi;
tovarning bojxonada rasmiylashtirilishi sanasi;
kelib tushgan tovarning fakturadagi, bojxona va statistika qiymati;
kelib tushgan tovarning bojxona rejimi;
oʻlchovning qoʻshimcha birligi kodi (zarurat boʻlganda);
tovarning ogʻirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. 12-bandning a) va v) kichik bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar vakolatli bank tomonidan kontrakt hisobga olish uchun qabul qilinishida va soʻngra mablagʻ tushishi yoki oʻtkazilishida kiritiladi. 12-bandning g) kichik bandi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasining boʻlinmalari tomonidan tovarni yuklab joʻnatishda yoki tovar tushgan joylarda toʻldiriladi. 12-bandning b) kichik bandi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kontrakt ekspertizadan oʻtkazilganda), vakolatli bank va Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining valyuta nazorati boʻlimi (kontrakt hisobga qoʻyish uchun qabul qilinganda) toʻldiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kontrakt shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qoʻshimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda uni hisobga qoʻyish paytida kontraktlardagi singari tartibda tizimga kiritiladi.
15. Vakolatli banklarda tashqi savdo kontraktlarini hisobga qoʻyish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish maqsadida avans toʻlovlarini amalga oshirishda import qiluvchi majburiy tartibda vakolatli bankka bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan kontrakt nusxasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyuta nazorati boʻlimlari kontrakt hisobga qoʻyish uchun qabul qilingunga qadar bank tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni taqqoslashi va kontrakt shartlari bilan tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan TSOga, tafovutlar mavjud boʻlmagan taqdirda ikki kun mobaynida kontraktni hisobga qoʻyish uchun qabul qilib oladi va TSOga tegishli maʼlumotlarni kiritadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Tashqi savdo operatsiyalarini sodir etish tartibi ustidan nazorat qilish
17. Vakolatli banklar TSOga axborot oʻz vaqtida va ishonchli kiritilishi hamda toʻlov shakli toʻgʻri qoʻllanilishi uchun javob beradilar.
18. Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi, uning boʻlimlari hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari tarkibida tovarlarning miqdori va sifati boʻyicha amaldagi tavsiflar va assortimentning kontraktlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi ustidan qatʼiy nazorat qilishlari shart.
Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona tariflarini tartibga solish va toʻlovlar boshqarmasi, uning boʻlimlari hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari tarkibida olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanishi, bojxona toʻlovlari toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishi ustidan nazorat qilishlari shart.
Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona statistikasi va tahlili markazi, uning boʻlimlari hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari tarkibida tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning TSOga oʻz vaqtida va ishonchga kiritilishi uchun javob beradilar, ilovalar bilan birgalikda bojxona yuk deklaratsiyalari asosida maʼlumotlarning statistika elektron bazasini tuzadilar, tovarlarni olib kirish va olib chiqish boʻyicha maʼlumotlarni hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan bojxona toʻlovlarini tahlil etadilar, shuningdek maʼlumotlarning elektron bazasi TSOga oʻz vaqtida qoʻshilishini taʼminlaydilar.
Davlat bojxona qoʻmitasining kontrabandaga va bojxona qoidalari buzilishlariga qarshi kurashish boshqarmasi, uning boʻlimlari hududiy boshqarmalar, bojxona komplekslari va postlari tarkibida kontrabanda operatsiyalari amalga oshirilishi yoʻllari va mexanizmlarini aniqlash, tovarlar va boshqa moddiy boyliklarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilishi hollariga barham berish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi boshqa jinoyatlarni ochish boʻyicha tezkor-tahliliy va qidiruv chora-tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarga narx belgilanishi tendensiyasi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar. Monitoring natijalari boʻyicha TSO maʼlumotlari, shuningdek har oyda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan va elektron shaklda TSOga kiritiladigan muqobil manbalardagi maʼlumotlar asosida import qilinadigan tovarlarga narx maʼlumotlari byulleteni tuziladi.
Import tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning muqobil manbalari sifatida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy eʼlon qilinadigan maʼlumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalaridan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yigʻma narx maʼlumotnomalaridan, tovarlarning xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalari vakolatxonalarining, ularning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan dilerlari yoki distribyuterlarining maʼlumotlaridan, shuningdek narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning boshqa ishonchli manbalaridan foydalanish mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
20. Byulleten tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining import qilinadigan tovarlarga narx hosil boʻlishida shakllanayotgan tendensiyalardan xabardorligini oshirish, shuningdek ularni bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalarini samaraliroq va xolisona amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Byulleten maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilishi kerak.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Byulletendan bojxona organlari baholashda va bojxona qiymatini nazorat qilishda “Bojxona tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydalanadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi oʻzining barcha hududiy boʻlimlari va bojxona postlarini bosma nusxalar bilan, TSOga ulangan taqdirda esa — shuningdek byulletenning elektron versiyalari bilan muntazam taʼminlaydi.
22. Vakolatli banklar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan yoki import boʻyicha tovarlardan (avans toʻlovi qaytarilishi) tushum tushmaganda yoki toʻliq tushmaganda tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun axborotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda soliq va bojxona organlariga yuboradi.
23. Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona tekshirishlari boshqarmasi hamda kontrabandaga va bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi, uning hududiy boshqarmalar, boshqarma komplekslari va postlari tarkibidagi boʻlinmalari quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda surishtiruv olib boradilar va qonun hujjatlarida belgilangan tegishli chora-tadbirlarni koʻradilar:
a) olib kirilayotgan tovarlar bojxona rasmiylashtiriluvidan oʻtkazilishida tovar bojxona qiymatining eksport qiluvchi mamlakatida qayd etilgan tovar qiymatiga nisbatan asossiz oshirilishi maqsadida ishonchsiz maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar bojxona organlariga taqdim etilishi;
b) kontraktlar boʻyicha kontragentlar hisoblanmagan yetkazib beruvchilardan tovarlarning kelib tushishi;
v) tovarning kontraktda belgilangan muddatlarda yoki mablagʻlar oʻtkazilgan sanadan boshlab 180 kalendar kundan ortiq muddatda tushmasligi;
g) tovarlar eksporti oldindan haq toʻlanmasdan amalga oshirilishi, akkreditiv ochilishi, xaridorning banki kafolati olinishi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sugʻurta qilish polisi rasmiylashtirilishi;
d) eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlari buzilishining boshqa hollari.
Hududiy bojxona boshqarmalari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha soliq xizmatining hududiy boshqarmalari valyuta va eksport-import operatsiyalari ustidan nazorat qilish boʻlimlari (sektorlari)ga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan choralar haqida axborot taqdim etadilar.
Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha koʻrsatib oʻtilgan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqidagi yigʻma axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Valyuta nazorati bosh boshqarmasiga yuboradi.
24. Davlat soliq qoʻmitasining Valyuta nazorati bosh boshqarmasi, uning hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiyalari tarkibidagi boʻlinmalari vakolatli banklar va bojxona organlaridan olingan axborotni tahlil qiladi hamda pul mablagʻlarini chet elga asossiz ravishda oʻtkazish alomatlari aniqlangan taqdirda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining mintaqaviy boʻlinmalariga mazkur kontraktni tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishni eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini va soliq haqidagi qonunlarga rioya qilinishini tekshirish uchun navbatdagi yil choragi jadvaliga kiritish toʻgʻrisida buyurtmanomalar beradi. Zarurat boʻlganda tekshirish bojxona organlari bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Huquqni buzish sodir etilganligi holati tasdiqlangan taqdirda, soliq organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi va tekshirish materiallari zarur choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda tegishli organlarga beriladi.
25. Bojxona organlari, vakolatli banklar va TSOga ulangan boshqa idoralar oʻz vakolatlari doirasida tizimdagi mavjud axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan, maʼlumotlarni buzishdan yoki tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak.
Bojxona organlari, vakolatli banklar va TSOdagi mavjud maʼlumotlardan foydalaniladigan boshqa idoralarning rahbarlari va boshqa xodimlari mazkur maʼlumotlarni oshkor qilish, ulardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanish, shuningdek uchinchi shaxslarning maʼlumotlarini olishiga imkoniyat yaratish, shu jumladan axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalarini buzish oqibatida imkon berish huquqiga ega boʻlmaydilar.
TSOdagi mavjud axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi, ulardan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazilishiga olib kelgan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanganligi uchun idoralarning rahbarlari yoki boshqa xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Import kontraktlarini hisobga qoʻyish va tashqi savdo operatsiyalarining bojxona monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
ILOVA
Import kontraktlarini hisobga qoʻyish va tashqi savdo operatsiyalarining bojxona monitoringini amalga oshirish
Keyingi tahrirga qarang.
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(Nizomning ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “bojxona xizmati hududiy boʻlinmalarida – bir ish kunida” soʻzlari “import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida – ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Import kontraktlarini hisobga qoʻyish uchun import qiluvchi korxona ular vakolatli banklarda hisobga qoʻyilgandan keyin 7 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlariga bankning belgilari qoʻyilgan Pasportning undagi mavjud nusxalarini taqdim etadi, ular Pasportning birinchi va ikkinchi nusxalariga tegishli belgi qoʻyadilar”;
19-bandning ikkinchi jumlasiga “avans toʻlovlari” soʻzlaridan keyin “import kontraktlar import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida hisobga qoʻyilgandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat tovarlari yetkazib berishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 454-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini import qilish yuzasidan kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq”;
b) 3-ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini import qilish yuzasidan kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi”;
matndagi barcha “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
muqaddimadagi “roʻyxatdan” soʻzi “ekspertizadan” soʻzi bilan almashtirilsin;
I boʻlimning birinchi va ikkinchi xatboshidagi hamda II boʻlimning birinchi xatboshidagi “roʻyxatdan” soʻzi “ekspertizadan” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatdan” soʻzi “ekspertizadan” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan” soʻzlari “kontraktning ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tegishli xulosasi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kontraktlarni mustaqil ekspertiza qilish va import qilinadigan tovarlarni joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 3-dekabrdagi 534-son qarorida:
a) 5-bandning beshinchi xatboshidagi “roʻyxatdan” soʻzi “ekspertizadan” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
3-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” soʻzlaridan oldin “qonun hujjatlarida belgilangan hollarda” soʻzlari qoʻshilsin, “roʻyxatdan” soʻzi “ekspertizadan” soʻzi bilan almashtirilsin, “va roʻyxatdan oʻtkazish uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgandan” soʻzlari “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kontraktning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli xulosasidan soʻng” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “kontraktning Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgi” soʻzlari “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kontraktning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli xulosa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida birja va yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 223-son qaroriga 2-ilova 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 25-modda) “bojxona xizmati hududiy boʻlinmalarida – bir ish kunida” soʻzlari “import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida – ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom”ning XI boʻlimi 62-bandi birinchi va ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatga olish” soʻzlari “ekspertizadan oʻtkazish” soʻzlari bilan, “roʻyxatga olinmaydi” soʻzlari “ekspertizadan oʻtkazilmaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 317-son qaroriga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) 1-bandining ikkinchi jumlasiga “avans toʻlovlari” soʻzlaridan keyin “import kontraktlari import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida hisobga qoʻyilgandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 161-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda, 34-36-son, 264-modda; 2009-y., 32-33-son, 363-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 42-son, 455-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 30-son, 371-modda; 2015-y., 36-son, 477-modda, 52-son, 647-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda, 52-son, 604-modda; 2017-y., 28-son, 654-modda, 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son; 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 11.10.2019-y., 09/19/860/3898-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587; 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)