Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida parranda goʻshti yetishtirishni yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 220-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining” soʻzlari “baliqchilik tarmogʻi baliqchilik va baliq ovlash korxonalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 18-bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, kimyo mahsulotlariga buyurtmanomalarni shakllantirish, ularni berish va ular uchun hisob-kitob qilish tartibining 20-bandidagi “Oʻzbaliq” korporatsiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “hamda kichik va oʻrta biznes subyektlariga” soʻzlari “baliqchilik va baliq ovlash korxonalari hamda kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-sentabr,
412-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 157-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 09/18/914/2164-son)