24.09.2003 yildagi 410-son
Hujjat 20.06.2019 sanasi holatiga
Hujjat 25.11.2023 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori
qarori
Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:
balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Komissiya qurilish sohasida litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi, uning qarorlariga muvofiq litsenziyalarni rasmiylashtiradi, ularni qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turadi va tiklaydi.

4. Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:

Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli turlari boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2003-yil 24-sentabr,
2003-yil 24-sentabr,
410-son
410-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-sentabrdagi
410-son qaroriga
3-ILOVA
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalarni berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Qurilish vazirligi deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Qurilish vazirligida ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
3. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
6. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
qonun hujjatlari talablariga, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalariga majburiy rioya etish, bajariladigan ishlarning sifatini taʼminlash;
litsenziya talabgori (litsenziat) shtatida litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha hujjatlarga (maxsus tayyorgarlik toʻgʻrisida guvohnoma, sertifikat), balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish koʻnikmalari qoʻllangan holda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud boʻlishi;
litsenziya talabgorida (litsenziatda) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, jihozlarning, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalariga rioya etilishini taʼminlovchi boshqa maxsus texnika vositalarining mavjud boʻlishi.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan.
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
litsenziyalovchi organning litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqqani uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan mutaxassislarning roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi va mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatiladi;
balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan texnika vositalarining tavsiflari.
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar Qurilish vazirligiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar Qurilish vazirligining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
10. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
12. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
13. Qurilish vazirligi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi Qurilish vazirligi va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Qurilish vazirligi tomonidan nazorat qilish tartibi;
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Qurilish vazirligi uchun bir nusxadan tuziladi.
15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Qurilish vaziri (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziya Qurilish vazirligi tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
17. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Qurilish vazirligi litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek Qurilish vazirligining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
19. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
20. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
21. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Qurilish vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Qurilish vazirligi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Qurilish vazirligiga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek xabarni Qurilish vazirligiga taqdim etishi kerak.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Qurilish vazirligi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Qurilish vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarni toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida Qurilish vazirligining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Qurilish vazirligida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish vazirligining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Qurilish vazirligi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
31. Qurilish vazirligi balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni va faksi;
rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
34. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
35. Litsenziya berilgani uchun davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash,
qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori — yuridik shaxs

1. Litsenziya olish uchun Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Qurilish vazirligiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etadi.

Litsenziya talabgori xohishiga koʻra

2-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Qurilish vazirligining masʼul shaxsi hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

1) hujjatlar qabul qilingan kunda

2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2) ariza olingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqadi.

3) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida

3-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi xabar bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

— tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida

2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

4-bosqich

Litsenziat

Litsenziya berilganligi uchun Qurilish vazirligiga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Qurilish vazirligi litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

— litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay

Litsenziya talabgori

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

— litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda

5-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziya berilganligi uchun litsenziat tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin bir kun muddatda

2. Litsenziyalar imzolangandan keyin ularni litsenziatga beradi.

2) litsenziya imzolan-gandan keyin bir kun muddatda

6-bosqich

Qurilish vazirligi vaziri

(uning oʻrinbosari)

Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

— litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin bir kun muddatda

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-sentabrdagi
410-son qaroriga
4-ILOVA
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Qurilish vazirligi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri (vazir yoʻqligida — tegishli vazir oʻrinbosari) komissiyaga raislik qiladi.
Talabgorlarning materiallarini koʻrib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish Qurilish vazirligining qurilishda litsenziyalashtirish boʻlimi xodimlari va boshqa mutaxassislardan iborat ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
6. Quyidagilar litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish boʻyicha:
koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish sohasidagi qonun hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga majburiy rioya etish;
yuridik shaxs shtatida ushbu sohada tegishli kasb maʼlumotiga, shuningdek koʻrsatilgan inshootlarni loyihalashtirishda kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislarning (loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, loyihaning maxsus boʻlimi boʻyicha mutaxassislarning) mavjud boʻlishi;
litsenziya talabgorida koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish uchun zarur shart-sharoitlar va texnik vositalarning (ishlab chiqarish binolari, hisoblash va tashkiliy texnika, inshootlarni tekshirish va muhandislik tadqiqotlarini oʻtkazish uchun jihozlar va asbob-uskunalar) mavjud boʻlishi;
b) koʻpriklar va tonnellarni qurish va taʼmirlash boʻyicha:
litsenziat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalari talablariga majburiy rioya etish, qurilish va taʼmirlash ishlarining sifatini, foydalanishning ishonchliligini taʼminlash;
yuridik shaxs shtatida koʻpriklar va tonnellarni qurish va taʼmirlash boʻyicha tegishli maxsus kasb maʼlumotiga, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislarning mavjud boʻlishi;
litsenziya talabgorida koʻpriklar va tonnellarni qurish va taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asosiy fondlar va texnik vositalarning (binolar, ishlab chiqarish binolari, maxsus qurilish-taʼmirlash texnikasi) mavjud boʻlishi;
v) koʻpriklar va tonnellardan foydalanish boʻyicha:
litsenziat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalari talablariga majburiy rioya etish, foydalanishning ishonchliligini taʼminlash;
yuridik shaxs shtatida koʻpriklar va tonnellardan foydalanish boʻyicha tegishli maxsus kasb maʼlumotiga, shuningdek foydalanish ishlarida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislarning mavjud boʻlishi;
litsenziya talabgorida koʻpriklar va tonnellardan foydalanish uchun zarur boʻlgan asosiy fondlar va texnik vositalarning (binolar, ishlab chiqarish binolari, maxsus mexanizatsiya vositalari, transport, nazorat-oʻlchov qurilmalari, signal anjomlari) mavjud boʻlishi.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi.
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash ishlari bilan shugʻullanuvchi xodimlarning roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji, ushbu xodimlar loyihalashtirilishida, qurishda, taʼmirlashda va foydalanilishida qatnashgan asosiy obyektlar roʻyxati koʻrsatiladi;
koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan mavjud shart-sharoitlar va texnik vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
temir yoʻl, shuningdek birlashgan koʻpriklar va tonnellardan foydalanish va ularni taʼmirlash sohasida – asbob-uskunalar, anjomlar, inventar, mexanizatsiyalash vositalari, transport, nazorat-oʻlchov qurilmalari va signal anjomlari bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida qisqacha tavsif.
Qurilish vazirligi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar Qurilish vazirligiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruh rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini ishchi guruh rahbari tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
12. Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan Komissiya qarori tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
13. Qurilish vazirligi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi Qurilish vazirligi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Qurilish vazirligi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Qurilish vazirligi uchun bir nusxadan tuziladi.
15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Qurilish vazirligining buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziya Qurilish vazirligi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
17. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruh yoki Qurilish vazirligining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
19. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
20. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ekspert xulosasi olingandan keyin besh kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
21. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Qurilish vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
22. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Qurilish vazirligi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Qurilish vazirligiga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek xabarni Qurilish vazirligiga taqdim etishi kerak.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Qurilish vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish huquqiga.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida Qurilish vazirligining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Qurilish vazirligida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish vazirligining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Qurilish vazirligi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
31. Qurilish vazirligi koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni va faksi;
rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziyalar berilgan sana va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
34. Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
35. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori — yuridik shaxs

1. Litsenziya olish uchun Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Qurilish vazirligiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.

Litsenziya talabgori xohishiga koʻra

2-bosqich

Qurilish vazirliginingishchi guruhi

1. Qurilish vazirligi ishchi guruhining rahbari hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi

1) hujjatlar qabul qilingan kunda

2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasida (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) koʻrib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.

2) ariza olingan kundan boshlab 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

3. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgandan keyin qayta taqdim etilgan taqdirda ekspert xulosasi tayyorlaydi.

3) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida

3-bosqich

Komissiya

1. Qurilish vazirligi ishchi guruhining litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoxud litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqadi va Komissiya qarori protokolini tasdiqlaydi.

1,2) ishchi guruhining taklifi olingandan keyin 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgandan keyin hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda Qurilish vazirligi ishchi guruhining taklifini koʻrib chiqadi.

3) ishchi guruhining taklifi qayta kiritilgandan keyin besh kun mobaynida

4-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaro� toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror haqidagi xabar bilan litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

— tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida

2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun etarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

5-bosqich

Litsenziat

Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

— litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay

Litsenziya talabgori

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

— litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda

6-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin bir kun muddatda

2. Litsenziyalar imzolangandan keyin litsenziatga litsenziyani beradi.

2) litsenziya imzolan-gandan keyin bir kun muddatda

7-bosqich

Komissiya raisi

(uning oʻrinbosari)

Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

— litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin bir kun muddatda

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-sentabrdagi
410-son qaroriga
5-ILOVA
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Qurilish vazirligi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri (vazir yoʻqligida — tegishli vazir oʻrinbosari) komissiyaga raislik qiladi.
Talabgorlarning materiallarini koʻrib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish Qurilish vazirligining qurilishda litsenziyalashtirish boʻlimi xodimlari va boshqa mutaxassislardan iborat ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
6. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat turi sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
obyekt rejimida belgilangan qoidalarni bajarish;
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishda litsenziatga maʼlum boʻladigan davlat sirlari saqlanishini taʼminlash;
mudofaa obyektlarini loyihalashtirish boʻyicha:
loyihalashtirish uchun asosiy fondlar va boshqa moddiy vositalarning (ishlab chiqarish binolari, tashkiliy texnika, kompyuter, chizish va koʻpaytirish texnikasi);
tegishli maxsus maʼlumotga va loyihalashtirishda kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislarning (loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, loyihaning maxsus boʻlimi boʻyicha mutaxassislarning) mavjud boʻlishi;
mudofaa obyektlarini qurish boʻyicha:
pudrat ishlarini amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasining (ishlab chiqarish maydonlari va binolari, avtotransport, maxsus qurilish texnikasi va qurilish uchun zarur boʻlgan boshqa texnik vositalar) mavjud boʻlishi;
tegishli maxsus maʼlumotga va qurilish mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislarning (bosh muhandis, mexanik, quruvchi-muhandislar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar boʻyicha mutaxassislarning) mavjud boʻlishi;
mudofaa obyektlaridan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha:
obyektni taʼmirlash va undan foydalanish uchun moddiy-texnika resurslarining (ishlab chiqarish binolari, asbob-uskunalar, materiallar, priborlar va boshqa texnik vositalar, normativ-maʼlumotnoma bazasi) mavjud boʻlishi;
taʼmirlash va foydalanish boʻyicha tegishli maxsus maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislarning mavjud boʻlishi.
61. Mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlashga doir tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan subpudrat tashkilotlarini jalb etish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
subpudrat tashkilotlarini mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash ishlarini bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida boʻlimlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladi;
subpudrat tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlari faqat ularga taalluqli qismi boʻyicha taqdim etilishi mumkin;
subpudrat tashkilotlarining xodimlari mudofaa obyektlari hududiga ularning roʻyxatlari belgilangan tartibda kelishilgandan keyin kiritiladi;
litsenziat subpudrat tashkilotlari va ularning xodimlari tomonidan obyekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi, shuningdek davlat sirlarini saqlashning taʼminlanishi uchun toʻliq javob beradi.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi.
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
obyektlarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi xodimlarning roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji, yashash joyi, ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar roʻyxati koʻrsatiladi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun mavjud boʻlgan shart-sharoitlar va texnik vositalar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlarining litsenziya talabgori rejim obyektlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishiga ruxsat berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar Qurilish vazirligiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruhning rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini ishchi guruh rahbari tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
12. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh uch kun mobaynida litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqadi va ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuboradi.
Mudofaa vazirligi besh kungacha boʻlgan muddatda ekspert xulosasi tayyorlaydi va uni Qurilish vazirligiga taqdim etadi.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab oʻn ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan Komissiya qarori tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
13. Qurilish vazirligi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi Qurilish vazirligi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Qurilish vazirligi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Qurilish vazirligi uchun bir nusxadan tuziladi.
15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Qurilish vazirligining buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziya Qurilish vazirligi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
17. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruh yoki Qurilish vazirligining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
19. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
20. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ekspert xulosasi olingandan keyin besh kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
21. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Qurilish vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
22. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Qurilish vazirligi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Qurilish vazirligiga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek xabarni Qurilish vazirligiga taqdim etishi kerak.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Qurilish vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish huquqiga ega.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida Qurilish vazirligining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Qurilish vazirligida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish vazirligining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Qurilish vazirligi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
31. Qurilish vazirligi mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni va faksi;
rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziyalar berilgan sana va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
34. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
35. Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash
faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori — yuridik shaxs

1. Litsenziya olish uchun Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi.

Litsenziya talabgori xohishiga koʻra

2. Qurilish vazirligiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.

2-bosqich

Qurilish vazirligining ishchi guruhi

1. Ishchi guruhning rahbari hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi

1) hujjatlar qabul qilish belgilangan kunda

2. Litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqadi va ekspert xulosasi taqdim etilishi uchun Mudofaa vazirligiga yuboradi.

2) uch kun mobaynida

3-bosqich

Mudofaa vazirligi

1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi, ekspert xulosasi tayyorlaydi va Qurilish vazirligiga yuboradi.

besh kun mobaynida

4-bosqich

Qurilish vazirligining ishchi guruhi

1. Mudofaa vazirligining xulosasini koʻrib chiqadi va Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha komissiyasida (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) koʻrib chiqish uchun ekspert yigʻma xulosa tayyorlaydi,

1) Mudofaa vazirligi xulosasi olingan kundan boshlab 12 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda ekspert xulosasi tayyorlaydi.

2) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida

5-bosqich

Komissiya

1. Qurilish vazirligi ishchi guruhining litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoxud litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqadi va Komissiya qarori protokolini tasdiqlaydi.

1,2) ishchi guruhning taklifi olingandan keyin 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan qayta taqdim etilgan taqdirda ishchi guruhning taklifini koʻrib chiqadi.

3) ishchi guruhning taklifi qayta kiritilgandan keyin besh kun mobaynida

6-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi xabar bilan birga litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

— tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida

2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

7-bosqich

Litsenziat

Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

— litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay

Litsenziya talabgori

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

— litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda

8-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin bir kun muddatda

2. Litsenziyalar imzolangandan keyin ularni litsenziatga beradi.

2) litsenziya imzolan-gandan keyin bir kun muddatda

9-bosqich

Komissiya raisi

(uning oʻrinbosari)

Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

— litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin bir ku� muddatda

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-sentabrdagi
410-son qaroriga
6-ILOVA
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Qurilish vazirligi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri (vazir yoʻqligida — tegishli vazir oʻrinbosari) komissiyaga raislik qiladi.
Talabgorlarning materiallarini koʻrib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish Qurilish vazirligining qurilishda litsenziyalashtirish boʻlimi xodimlari va boshqa mutaxassislardan iborat ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
6. Quyidagilar litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
shaharsozlik, mehnatni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;
yuridik shaxs shtatida tegishli maxsus kasb maʼlumotiga, litsenziyalanadigan faoliyat boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassisning (loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, loyihaning maxsus boʻlimi boʻyicha mutaxassislarning) mavjud boʻlishi.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi.
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat;
xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi xodimlar roʻyxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi va mutaxassisligi boʻyicha ish staji, loyihalashtirishda ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar roʻyxati koʻrsatiladi;
ushbu obyektlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan texnika vositalarining tavsifi.
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar Qurilish vazirligiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruhning rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini ishchi guruh rahbari tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
12. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh uch kun muddatda litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqadi va ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi deb ataladi), “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga, Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuboradi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda ekspert xulosalari tayyorlaydi va ularni Qurilish vazirligiga taqdim etadi.
Ishchi guruh Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining xulosasi olingan kundan boshlab yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda yigʻma ekspert xulosasi tayyorlaydi hamda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruhning Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining takliflari hisobga olingan holda taklifi olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
13. Qurilish vazirligi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi Qurilish vazirligi va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Qurilish vazirligi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Qurilish vazirligi uchun bir nusxadan tuziladi.
15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Qurilish vazirligi buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziya Qurilish vazirligi tomonidan litsenziya talabgori belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
17. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruh yoki Qurilish vazirligining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
19. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
20. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ekspert xulosasi olingandan keyin besh kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
21. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Qurilish vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida xavf yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Qurilish vazirligi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Qurilish vazirligiga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek xabarni Qurilish vazirligiga taqdim etishi kerak.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi Qurilish vazirligining bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Qurilish vazirligi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Qurilish vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish huquqiga ega.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida Qurilish vazirligining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Qurilish vazirligida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish vazirligining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Qurilish vazirligi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
31. Qurilish vazirligi Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni va faksi;
rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
34. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
35. Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori — yuridik shaxs

1. Litsenziya olish uchun Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi.

Litsenziya talabgori xohishiga koʻra

2. Qurilish vazirligiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.

2-bosqich

Q�rilish vazirligining ishchi guruhi

1. Ishchi guruhning rahbari hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

1) hujjatlar qabul qilingan kunda

2. Litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqadi va sanoat xavfsizligi jihatidan ekspertizadan oʻtkazish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga, energetika xavfsizligi jihatidan — “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga, atrof muhitni muhofaza qilish jihatidan ekspertizadan oʻtkazish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuboradi.

2) ariza olingan kundan boshlab uch kun mobaynida

3-bosqich

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmi�asi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi

1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va har biri oʻz ixtisosi boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va Qurilish vazirligiga yuboradi.

— oʻn kun mobaynida

4-bosqich

Qurilish vazirligining ishchi guruhi

1. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi xulosasini koʻrib chiqadi va ular yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) majlisida koʻrib chiqish uchun yigʻma ekspert xulosasi tayyorlaydi.

1) 7 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda ekspert xulosasi tayyorlaydi.

2) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida

5-bosqich

Komissiya

1. Qurilish vazirligi ishchi guruhining litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoxud litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqadi va Komissiya qarori protokolini tasdiqlaydi.

1,2) ishchi guruhning taklifi olingandan keyin 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

2. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan qayta taqdim etilgan taqdirda ishchi guruhning taklifini koʻrib chiqadi.

3) ishchi guruhning taklifi qayta kiritilgandan keyin besh kun mobaynida

6-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi xabar bilan birga litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

— tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida

2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

7-bosqich

Litsenziat

Qurilish vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

— litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirish-noma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay

Litsenziya talabgori

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

— litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda

8-bosqich

Qurilish vazirligi

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlan-gandan keyin bir kun muddatda

2. Litsenziyalar imzolangandan keyin ularni litsenziatga beradi.

2) litsenziya imzolangandan keyin bir kun muddatda