22.09.2003 yildagi 408-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QURILISH SOHASIDAGI MENEJERLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda qurilish sohasidagi rahbar kadrlarni (menejerlarni) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzurida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor sharoitlarida qurilish jarayonini boshqarish talablarini, obyektlarni qurishda ishlarni bajarishni tashkil etish va uning texnologiyasida xalqaro va Vatanimizda toʻplangan tajribani hisobga olgan holda qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish, qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv jarayonining metodik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishni menejment va marketingning zamonaviy metodlari bilan, respublika vazirliklari va idoralarining, shuningdek chet mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda tashkil qilish asosida oʻqitish metodlari va usullarini muntazam ravishda takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida tadqiqot va tajriba — eksperiment ishlarini bajarish, menejerlardan foydalanish monitoringini olib borish, qonunchilikka muvofiq maslahat xizmatlari koʻrsatish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida oʻqitishning kunduzgi shakli boʻyicha menejerlarni qayta tayyorlash pudrat qurilish tashkilotlarining va qurilish industriyasi korxonalarining oliy maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlarini olti oy muddat bilan oʻqitgan va belgilangan namunadagi tegishli sertifikat bergan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida boshqaruvning barcha darajalaridagi menejerlar malakasini oshirish sertifikat bergan holda uch oygacha muddatda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarni Markazga qabul qilish qurilish tashkilotlari va korxonalari buyurtmanomalariga binoan, shuningdek jismoniy shaxslarning arizalari boʻyicha, suhbat oʻtkazish natijalari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida oʻqitish uchun olingan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda, mamlakatimiz va chet el oʻquv yurtlari taʼlim tizimidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda oʻquv rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent arxitektura-qurilish institutini 2004-yilda taʼminlash xarajatlari smetasi tarkibida Markazni asoslangan hujjatlar asosida zarur oʻquv va laboratoriya mol-mulki bilan jihozlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi Markazni joylashtirish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazning Homiylik kengashi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʻarmasiga professor-oʻqituvchilar tarkibi vakillarini hamda Markazning isteʼdodli tinglovchilarini malaka oshirish va tajriba orttirish uchun yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va oʻquv markazlariga yuborishda amaliy yordam berish va koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 153-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)