O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MUDDATLI HARBIY, MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI O‘TAB BO‘LGAN FUQAROLARNI BO‘ShATISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA NAVBATDAGI ChAQIRUV TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan:
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar – rezervga;
muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar — zaxiraga bo‘shatilsin.
2. 1976—1985-yillarda tug‘ilgan, chaqirilish muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2003-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarning chaqiriluvchilar bilan sifatli butlanishini ta’minlash maqsadida joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini tashkil etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (F.G‘.Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.G‘.G‘ulomov) bilan birgalikda chaqiruv uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan ta’minlasin, chaqiriluvchilarning laboratoriya tekshiruvlari sifatli o‘tkazilishini, ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan har tomonlama tibbiy tekshirib ko‘rilishini tashkil etsin. Chaqiriluvchilarni tibbiy tekshirishning xolisligi muqobil tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etish orqali ta’minlansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-sentabr,
403-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 150-modda)