Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA LOMBARDLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA ULAR FAOLIYATINI LITSENZIYALASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga, Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar — lombardlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish funksiyasi adliya organlariga yuklansin.
Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahrida joylashgan lombardlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida joylashgan lombardlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
lombardlar adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun toʻlov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lombardlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun toʻlanadigan davlat boji summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash uchun:
lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
fuqarolarga tegishli boʻlgan ashyolar garovga qoʻyilgan holda lombardlar tomonidan fuqarolarga kredit berish qoidalari;
lombardlar tomonidan hisobotlar taqdim etish tartibi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov va Markaziy bank raisi F. M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-sentabr,
402-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 149-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)