Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.2003 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISTEʼMOL TOVARLARI YaRMARKA SAVDOSINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mintaqalari isteʼmol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yanada toʻlaroq toʻldirish, isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida uzviy savdo-iqtisodiy aloqalarini oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksining, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo korxonalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 4-fevraldagi 62-son qaroriga muvofiq ulgurji savdo korxonalari negizida ilovaga muvofiq doimiy ishlovchi isteʼmol tovarlari mintaqaviy koʻrgazma-yarmarkalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar doimiy ishlovchi tovarlari mintaqaviy koʻrgazma-yarmarkalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarni sotish boʻyicha turli koʻrgazma-yarmarkalar, shu jumladan mavsumiy, tematik yarmarkalar, koʻrgazmali sotish, tovarlarning yangi modellarini namoyish qilish hamda sotish va boshqalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari ichki bozori konyunkturasining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, bu axborotlarni yarmarka savdolari qatnashchilariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqaruvchilarga aholi oʻrtasida xaridorgir boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish yuzasidan asoslangan buyurtmanomalar tayyorlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish, tovarlar dizaynini, sifatini va oʻrab-joylanishini yaxshilashga qaratilgan tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalarda qatnashish uchun vatanimiz isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarining, shu jumladan kichik va oʻrta biznes korxonalarining keng doirasini jalb qilish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarni yarmarka savdolariga qoʻyish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda savdo tashkilotlari oʻrtasida yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika sanoat korxonalari bilan isteʼmol tovarlari yetkazib berish hamda tovarlarni oʻz vaqtida yarmarka omborlariga olib kelish yuzasidan uzoq muddatli shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatanimizda ishlab chiqarilgan tovarlarning ichki isteʼmol bozorlariga kirib borish maqsadida reklama-axborot faoliyati yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, doimiy ishlovchi mintaqaviy koʻrgazma-yarmarkalari hududiy yaqinlik prinsipi boʻyicha yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi va ustav fondi miqdoridan qatʼi nazar, oʻzining ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzkoʻrgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo korxonalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 4-fevraldagi 62-son qaroriga muvofiq ilgari tashkil etilgan ulgurji bazalarning omborlari va savdo asbob-uskunalaridan foydalangan holda ularni tegishli savdo-texnologiya asbob-uskunalari bilan taʼminlab doimiy ishlovchi koʻrgazma-yarmarkalarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka qatnashchilariga tegishli xizmatlar koʻrsatgan va zamonaviy aloqa vositalari bilan taʼminlagan holda koʻrgazma-yarmarkalar huzurida mini-banklar, sugʻurta, transport kompaniyalari va boshqa bozor infratuzilmasi vakolatxonalarini tashkil etishda koʻmaklashsinlar.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni doimiy ishlovchi koʻrgazma-yarmarkalarga konsignatsiya shartlarida berishiga ruxsat etilsin. Bunda konsignatsiya shartlarida berilgan tovarlar uchun korxonalar tomonidan soliqlar ularning sotilishiga qarab, tovar yuklab joʻnatilgan (berilgan) sanadan boshlab 60 kundan ortiq boʻlmagan muddatda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini keng targʻib qilish, vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan ishlab-chiqarish-texnika yoʻnalishidagi va isteʼmol tovarlarini reklama qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻzekspomarkaz” MKK AJ ekspozitsiya maydonlarida doimiy ishlovchi koʻrgazma-yarmarka tashkil etsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yarmarka savdosini tashkil etish va oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning maxsus toʻplami ikki hafta muddatda nashr etilishini va uning yarmarka savdolari qatnashchilari oʻrtasida tarqatilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalari orqali tashkil etilayotgan doimiy ishlovchi mintaqaviy koʻrgazma-yarmarkalarning maqsadlari va vazifalari, respublika tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi tovarlar toʻgʻrisida aholining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo korxonalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 4-fevraldagi 62-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
28-avgustdagi 375-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilayotgan mintaqaviy doimiy ishlovchi koʻrgazma-yarmarkalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Doimiy ishlovchi koʻrgazma-yarmarkalar tashkil etilayotgan viloyatlar ‎

Doimiy ishlovchi koʻrgazma-yarmarkalarning joylashgan joyi ‎

Xizmat koʻrsatiladigan hududlar ‎

1.‎

Qashqadaryo ‎ Qarshi shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 184 “Bolalar dunyosi” savdo kompleksi‎ Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari ‎
2.‎ Samarqand ‎ Samarqand shahri, Toshkent koʻchasi 18, “Samarqand univermagi” savdo kompleksi‎ Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari ‎
3.‎ Namangan ‎ Namangan shahri, Bobur koʻchasi “Lola” savdo kompleksi‎ Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlari ‎
4.‎ Xorazm ‎ Urganch shahri, Sanoat koʻchasi 9, Markaziy univermag ‎ Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎
5.‎ Toshkent shahri‎ Toshkent shahri, “Oʻzkoʻrgazma savdo” aksiyadorlik jamiyati Kichik paviloni ‎ Toshkent shahri, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 140-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 22-son, 195-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda)