Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.01.2002 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 25.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYoLLAR VA OʻSIB KELAYOTGAN AVLOD SOGʻLIGʻINI MUSTAHKAMLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, oila manfaatlarini taʼminlash, ayollar mavqeyini oshirish, sogʻlom avlodni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilgan umumdavlat chora-tadbirlari respublikadagi ijtimoiy-demografik vaziyatni sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Oila instituti mustahkamlanmoqda, chaqaloqlar oʻlimi kamaymoqda, tugʻruq yoshining tarkibi yaxshilanmoqda, aholining uzoq umr koʻrishi darajasi oʻsmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, respublika mintaqalari boʻyicha aholining reproduktiv salomatligi koʻrsatkichlarining tahlili koʻrilayotgan chora-tadbirlar hali yetarli emasligini koʻrsatmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlari, Bandixon, Baxmal, Chiroqchi, Qoʻshrabot tumanlari va boshqa tumanlar aholisining reproduktiv sogʻligʻi koʻrsatkichlari respublika oʻrtacha koʻrsatkichlaridan koʻproq orqada qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilalarning tibbiy madaniyati darajasini yanada oshirish, ayollarning sogʻligʻini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va ularni tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sogʻlom avlod, ayollar sogʻligʻini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda doimiy ishlovchi Hukumat komissiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar va hududlar boʻyicha demografik vaziyatni, reproduktiv salomatlikni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oʻrganib chiqish va tahlil etish, ushbu jarayonlarning ijobiy rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reproduktiv salomatlikni, yoshlar va oilalarning tibbiy madaniyatini, sogʻlom bolalar tugʻilishi va ularni tarbiyalashni yaxshilash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tibbiy madaniyatini oshirish, oilani mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha darajalardagi hokimliklar, Hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir qishloq tumanida va shaharlarda sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalash, onalar va bolalar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishni kuchaytirish, oilalarni mustahkamlash boʻyicha har yilgi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va bajarilishining monitoringi olib borilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xotin-qizlar qoʻmitalari, mahalliy televideniye, radio, boshqa ommaviy axborot vositalariga ular tomonidan aholi bilan, ayniqsa ayollar, nikohga kiruvchi yoshlar bilan sogʻlom oilani shakllantirish muammolari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borishda, bosh vazifa: sogʻlom ona — sogʻlom bola prinsipini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollarning istalmagan homiladorligining oldini olish va profilaktikasi vositalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, buyurtmalar va takliflarni ekspertizadan oʻtkazish hamda maqsadli mablagʻ bilan taʼminlash va aholini tibbiyot muassasalari orqali ushbu vositalar bilan barqaror taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir hafta muddatda sogʻlom avlod, ayollar sogʻligʻini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari boʻyicha mintaqaviy komissiyalar tuzsinlar hamda hokimlarning oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari boshchiligida ularning samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa tuzilmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogʻligʻini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va ularni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayniqsa qishloq joylardagi tibbiyot muassasalari, tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining qizlarga, ayollarga va yosh oilalarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilish masalalarida ayollarga tibbiy maslahatlar berish boʻyicha ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, xayriya jamgʻarmalari va Hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ayollarning reproduktiv sogʻligʻini yaxshilash boʻyicha aholini zarur zamonaviy tibbiyot preparatlari va vositalari bilan taʼminlash yuzasidan 2-ilovaga muvofiq muruvvat va homiylik yordamlarini jalb etish ishlarini faollashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu vositalar va ularni qoʻllash boʻyicha kompleks maslahat xizmatlari tegishli tibbiyot muassasalari orqali hamda turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlari berilishi, hisobga olinishi hamda ulardan foydalanilishini nazorat qilishning amaldagi tartibiga muvofiq bepul asosda berilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayniqsa tugʻilish, onalar va chaqaloqlar oʻlimi darajasi yuqori boʻlgan tumanlarda akusher-ginekolog kadrlar tarkibini mustahkamlasin, ularni zarur tibbiy asbob-anjomlar, zamonaviy preparatlar va vositalar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda akusher-ginekolog vrachlar malakasini, shu jumladan respublikaning yetakchi klinikalarida va chet ellarda tajriba orttirish asosida uzluksiz oshirish, tibbiyot xodimlarining axborot manbalaridan, shu jumladan “Internet”dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishning maxsus dasturini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, ayollarning reproduktiv sogʻligʻini yaxshilash uchun vositalar va preparatlar Davlat budjetida sogʻliqni saqlash muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan har yilgi mablagʻlar doirasida ushbu maqsadlarga maxsus ajratilgan mablagʻlar, shuningdek 2-ilovaga muvofiq hajmlarda Hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar grantlari hisobiga sotib olinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning joylardagi hududiy organlari tomonidan davolash, profilaktika va konsultatsiya muassasalari oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizlarning balogʻatga toʻlmagan yoshda nikohdan oʻtishini istisno etuvchi zarur takliflar kiritsinlar, keyinchalik takliflar Oliy Majlisga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2002-2003-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflari oʻquvchilarining hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitishning 2-3 yillari oʻquv dasturlariga sogʻlom oila va nikoh, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalash masalalari boʻyicha mutaxassis tibbiy xodimlar tomonidan oʻtkaziladigan maxsus fakultativ darslar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari ushbu qarorda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-yanvardagi 32-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002—2005-yillarda ayollarning reproduktiv sogʻligʻini mustahkamlashga yaxshilash boʻyicha zamonaviy tibbiy preparatlar va vositalar xarid qilish hajmlari va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(mln. soʻm)‎

Moddalar nomi ‎‎

2002-yil‎

2003-yil‎

2004-yil‎

2005-yil‎

Harid qilishning umumiy miqdori‎ 6526‎ 7105‎ 7608‎ 7887‎
shu jumladan:‎
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ‎ 455‎ 569‎ 682‎ 788‎
shundan‎
respublika budjeti‎ 20‎ 71‎ 85‎ 99‎
mahalliy budjetlar‎ 435‎ 498‎ 597‎ 690‎
“Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik jamiyati va boshqa dorixona muassasalari‎ 1455‎ 1449‎ 1486‎ 1456‎
Hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar mablagʻlari hisobiga‎ 4616‎ 5087‎ 5440‎ 5643‎
ming AQSh dollariga teng hisobda‎ 6366‎ 7017‎ 7504‎ 7784‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 21-modda; 2004-y., 30-son, 344-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)