1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni va xususiylashtirilgan korxonalarning davlat aktivlarini real mulkdorlarga sotish, shuningdek ushbu korxonalarni zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarning davlat aktivlari boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladigan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari, past likvidli obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xulosasiga koʻra investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini 12 oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari va obyektlar faqat tanlov asosida eng yaxshi investitsiya loyihalarini va korxonaning kreditorlik qarzini toʻlashni oʻz ichiga oluvchi majburiyatlarni taklif etgan investorlarga investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladi, bunda investor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun qoʻshilayotgan pul mablagʻlari, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarga daromad (foyda) soligʻi solinmaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 206-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani (obyektni) investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olgan investor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, bepul berish toʻgʻrisidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi, bunda obyekt belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan qaytadan sotuvga qoʻyilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalar hisobdan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor — yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olingan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonasi (uning mol-mulki), past likvidli obyekt boʻyicha tegishli ravishda daromad (foyda) soligʻiga hamda jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror ahamiyatini, shuningdek past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni, past likvidli obyektlarni investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan mamlakatimiz investorlariga va xorijiy investorlarga bepul berishning hamda xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarini ularning nominal qiymatidan past narxlarda sotishning borishini keng yoritish ishlarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga (shu jumladan xorijiy investorlarga) tanlov asosida bepul berish tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor – oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq pul mablagʻlari, mulkiy boyliklar va ularga huquqlarni investitsiya qiluvchi yuridik va jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi (sotilayotgan har bir obyekt boʻyicha sotuvchini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari – investorning biznes-rejaga va tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib olingan korxonaga (obyektga) investitsiya qoʻyish boʻyicha majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya – hududiy tanlov komissiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiya majburiyatlari boʻyicha investitsiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari qoʻyish, shu jumladan korxonaning kreditorlik qarzlari investor tomonidan qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi materiallar yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy boyliklarni qoʻyish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektni investitsiya majburiyatlari bajarilishi sharti bilan bepul berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi qaror hududiy tanlov komissiyalari tomonidan qabul qilinadi, ularga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchilik qiladi va tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy organlari rahbarlari (tanlov komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida), Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining hududiy organlari rahbarlari kiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan tanlov asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga 1 va 2-ilovaga muvofiq shakllar boʻyicha taqdim etiladigan tegishli asoslashlar asosida Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning shahar asosi va respublika uchun strategik ahamiyatga ega emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun obyektni yangi mulkdorga berish zarur boʻlganda sotish narxi pasaytirilishi hisobga olingan holda taklif etilayotgan sotish narxiga investorlardan talab yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning surunkali zarar koʻrib ishlashi, past rentabelliligi (5 foizdan yuqori boʻlmagan), iqtisodiy nochorligi va toʻlovga qobiliyatli emasligi obyektni bepul berishning asosiy mezonlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sotuv obyektini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sotuv obyektini sotish boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida tanlov oʻtkazilishidan kamida 2 oy oldin eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sotuv obyektlarini sotish mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarni va xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotish boʻyicha tenderlar oʻtkazish tartibiga muvofiq Komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi (Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan sotiladigan obyektlardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xohish bildirgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tanlovda qatnashishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovda qatnashish uchun investor ommaviy axborot vositalarida oldindan eʼlon qilingan tanlov oʻtkazilishi sanasidan kamida uch kun oldin Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun muhrlab qoʻyilgan konvertda tanlov taklifini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov taklifida biznes-reja, bajarish muddatlari koʻrsatilgan holda investitsiya dasturi (loyiha), asbob-uskunalar yetkazib berish (agar u nazarda tutilgan boʻlsa), uning texnologik parametrlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning rejalashtirilayotgan assortimenti va uning raqobatbardoshliligi, xom ashyo, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud asbob-uskunalar va ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish tadbirlari, kutilayotgan iqtisodiy samara, shuningdek sotish obyektini moliyaviy-xoʻjalik jihatdan sogʻlomlashtirish yoki uning hududidan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishni tiklash boʻyicha investorning boshqa majburiyatlari va rejalari qayd etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov taklifini baholashda biznes-rejaning samaradorligi, marketing rejalari va moliyaviy rejalarning asoslanganligi belgilovchi ahamiyatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlov qatnashchilari (qatnashchisi) tomonidan taqdim etilgan tanlov taklifini va biznes-rejani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiya tanlov gʻolibini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Eng jozibali tanlov taklifini taqdim etgan va uni amalga oshirish uchun real moliyaviy imkoniyatlarga ega boʻlgan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov gʻolibi Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan aniqlanadi, ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlov gʻolibini tanlash toʻgʻrisida Komissiya tomonidan qaror qabul qilinishi uchun tanlovda uning aʼzolarining kamida 75 foizi hozir boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar tanlovda bitta qatnashchi ishtirok etsa, tanlov boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi. Komissiya talabgor tomonidan taqdim etilgan tanlov taklifini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha sotuv obyektini yagona talabgorga sotish imkoniyatini koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sotuvchi Komissiyaning qarori asosida tanlov gʻolibi bilan investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan obyektni bepul berish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sotuvchi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi amalga oshirsa, shartnomaning bir nusxasi hisobga qoʻyish, nazorat va monitoring olib borish uchun Davlat mulki qoʻmitasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma mavzusi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlari hajmi, turlari va uni bajarish jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilayotgan asbob-uskunalarning texnik shartlari va tavsifi (agar bu nazarda tutilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik huquqini berish tartibi, obyektga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuv obyekti mol-mulki saqlanishi uchun javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida Sotuvchiga hisobot taqdim etish muddatlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarni hal etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga koʻra shartnomada boshqa shartlar ham aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar tanlov oʻtkazish yakunlari boʻyicha sotuv obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmasa, tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi, bunda tanlov komissiyasi tomonidan tanlovni takroriy oʻtkazish sanasi tayinlanadi, biroq ushbu sana tanlovni koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab kamida 2 oy boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni yangi mulkdorga berish balans (qoldiq) qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat korxonalarini investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin ushbu korxonalarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha oldingi yillardagi toʻlanishiga ishonch boʻlmagan qarzlari, shu jumladan ular boʻyicha penya va jarimalar hisobdan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shartnoma shartlariga muvofiq investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganidan va investitsiya majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisida Sotuvchiga hisobot taqdim etilgandan keyin sotish obyektiga mulkchilik huquqi investorga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Investitsiya majburiyatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov topshirigʻi nusxalari, bojxona deklaratsiyalari, asbob-uskunalarning texnik holati koʻrsatilgan holda ularni oʻrnatish dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturi (loyiha) bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan hisobot taqdim etish sanasida ularda nazarda tutilgan moliyaviy-iqtisodiy parametrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt sotilgungacha va hisobot taqdim etilishi paytida obyektning moliyaviy-iqtisodiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilgunga qadar investor Sotuvchi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati unga berilgan obyekt qoldiq balans qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlgan mol-mulkni sotish bilan bogʻliq bitishuvlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning taʼsis hujjatlariga muassislarning oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish masalalarini kelishishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilishi munosabati boʻyicha Sotuvchi investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya Sotuvchining buyrugʻi bilan tashkil etiladi va kamida 5 kishidan iborat boʻladi. Komissiya tarkibiga kelishuv boʻyicha moliyaviy va iqtisodiy organlar xodimlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki ularning hududiy boʻlinmalarining mutaxassislari), manfaatdor banklar, tarmoq uyushmalari, konsernlari, korporatsiyalari va tegishli hokimliklarning xodimlari jalb etilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya ishining yakunlari boʻyicha qabul qilish dalolatnomasi tuziladi, Sotuvchi ushbu dalolatnoma asosida sotilgan obyektga investorning mulkchilik huquqini (dalolatnomani) rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun investorlarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shartnoma majburiyatlari va investitsiya majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda Sotuvchi investorga oldi-sotdi shartnomasi shartlari bajarilmaganligi toʻgʻrisida rasmiy taqdimnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldi-sotdi shartnomasi shartlari bajarilmasa, Sotuvchi tomonidan rasmiy taqdimnoma kiritilgandan soʻng obyektni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berish toʻgʻrisidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda obyekt mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroran sotuvga qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berishga moʻljallangan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berishga moʻljallangan past likvidli obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholangandan keyingi boshlangʻich narxi (ming soʻm)
Narx pasaytirilgandan keyingi oxirgi narxi (ming soʻm)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi
__________________________ (imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*) Obyektning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va uning texnik holati (poydevori, devorlari, tomi va hokazolar), maydoni, kubaturasi, necha qavat ekanligi, egallab turilgan yer uchastkasi maydoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarning davlat aktivlari boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom birja va birjadan tashqari savdolarning elektron tizimlariga qoʻyiladigan xususiylashtirilgan korxonalarning davlat aktivlari va obyektlar boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish tartibini boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Aksiyalar boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshlangʻich narxni bosqichma-bosqich pasaytirish tartibi xususiylashtirilgan korxonalarning nominal qiymatdan yuqori narxda savdoga qoʻyilgan aksiyalariga savdoga qoʻyilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin (milliy valyutada savdoga qoʻyilgan aksiyalar boʻyicha) hamda bir oy oʻtgandan keyin (erkin muomaladagi valyutada savdoga qoʻyilgan aksiyalar boʻyicha) talab boʻlmaganda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdoga qoʻyilgan aksiyalar narxi har savdo sessiyasida ularning boshlangʻich narxidan 5 foizga pasaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdoga qoʻyish narxida muayyan darajaga erishilgandan keyin aksiya sotib olish uchun ikki va undan ortiq investordan buyurtma tushgan taqdirda narxni bosqichma-bosqich 5 foizga oshirib kimoshdi savdosi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aksiyalarni savdoga qoʻyishning eng past narxi uning nominal qiymatidan past boʻlmasligi kerak. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining erkin muomaladagi valyutadagi eng past narxi ushbu korxonani xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha belgilangan nominal qiymatdan past boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar narx nominal qiymatgacha pasaygandan keyin aksiyaga bir oy mobaynida talab boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan ushbu aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati shakllantiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aksiyadorlik jamiyatlarining ushbu roʻyxati shakllantirilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ularning bundan keyin birja savdolarida boʻlishi yoki ularni rasmiy birja byulletenidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aksiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja byulletenidan chiqarilgandan keyin ularning aksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 16-iyulda 1255 tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Davlat aktivlarini nominal qiymatidan past narxda sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Korxonalar, xususiylashtirilgan korxonalar obyektlari (ulushlar, mol-mulk) boshlangʻich narxini pasaytirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sotuvga qoʻyiladigan korxonalar, obyektlarning (ulushlar, mol-mulkning) boshlangʻich narxi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan baholash qiymati boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Korxonalar, obyektlar (ulushlar, mol-mulk) Respublika koʻchmas mulk birjasining birja savdosiga Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari yoxud shartnoma asosida Davlat mulki qoʻmitasi nomidan ish koʻruvchi yuridik shaxs tomonidan belgilangan tartibda 3 oydan ortiq boʻlmagan muddatga qoʻyiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Savdoga qoʻyilgandan keyin bir oydan keyin ushbu korxonalarga, obyektlarga (ulushlar, mol-mulkka) talab boʻlmasa, har savdo sessiyasi mobaynida boshlangʻich narxga nisbatan pasaytirishning qatʼiy bosqichliligi 5 foiz belgilangan holda boshlangʻich narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllanadi. Bunda korxonaning, obyektning (ulush, mol-mulkning) pasaytirilgan narxi qoldiq balans qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning, obyektning (ulush, mol-mulkning) erkin muomaladagi valyutadagi eng past narxi ushbu obyektni davlat tasarrufidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha belgilangan qoldiq balans qiymatdan past boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birja savdolari davomida ikki va undan ortiq xaridor korxonani, obyektni (ulush, mol-mulkni) shakllangan narx boʻyicha sotib olishga buyurtma bergan taqdirda, savdoga qoʻyish narxining kamida 5 foiziga narxni koʻtarish yoʻli bilan kimoshdi savdosi rejimi qoʻllanadi. Eng yuqori narxni taklif etgan xaridor savdo gʻolibi deb eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Birja savdolarini oʻtkazish va bitishuvlar tuzish tartib-qoidasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, obyekt (ulush, mol-mulk) mazkur Nizomning 9—11-bandalariga muvofiq sotilmagan holda Davlat mulki qoʻmitasi uning birja savdolarida bundan keyin boʻlishi yoki uni savdodan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Korxona, obyekt (ulush, mol-mulk) birja savdosidan chiqarilgandan keyin uni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 16-iyulda 1255 tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Davlat aktivlarini nominal qiymatidan past narxda sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.