Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Transport sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha kichik komissiyalardan iborat 8-ilovaga* muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tuzilsin.
* 8-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
Komissiya faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash boʻyicha kichik komissiyalarning, shuningdek “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi, “Davavianazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining transport sohasida litsenziyalash masalalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirishni va ularga umumiy rahbarlikni hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi, litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
kichik komissiyalar litsenziya talabgorlaridan tegishli hujjatlar bilan arizalarni qabul qiladi, ular boʻyicha ekspert xulosalar va komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlaydi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish va qayta tiklash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish va ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi;
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi, “Davavianazorat” inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tegishli kichik komissiyalarning ishchi organlari funksiyasini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Komissiya ikki hafta muddatda Komissiya va hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 21-avgust,
360-son
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Aholining hayoti va sogʻligini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish va Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
3. Litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Zarur hollarda Komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Temir yoʻl transporti sohasida litsenziyalash boʻyicha kichik komissiya (keyingi oʻrinlarda kichik komissiya deb ataladi) ekspert xulosalar hamda Komissiyaning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish va tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi kichik komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
4. Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
mahalliy yoʻnalishda yoʻlovchilar tashish;
xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchilar tashish;
mahalliy yoʻnalishda yuk tashish;
xalqaro yoʻnalishda yuk tashish.
6. Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kamida 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga, yuklarni tashish qoidalariga, yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga majburiy rioya qilish;
harakat xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligini, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari hamda normalarini taʼminlash;
yoʻlovchilar va yuk tashish uchun foydalaniladigan harakatlaniladigan tarkibning, shuningdek xodimlarning temir yoʻl transportida belgilangan talablarga muvofiqligi;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjud boʻlishi;
litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada koʻrsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;
shartnomalar tuzishda — mijozlarning talabiga koʻra hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish paytida — nazorat qiluvchi organlarga litsenziyani taqdim etish;
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining talabiga koʻra litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar boʻyicha zarur axborotni unga taqdim etish.
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorining arizada koʻrsatilgan faoliyat turiga oid litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar (hujjatlarda harakatlanadigan tarkib parki mavjudligi, uning tipi, miqdori, arizada koʻrsatilgan faoliyatga jalb qilingan xodimlarni tanlash va ularning tayyorgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak);
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar kichik komissiyaning masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi sana haqida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Kichik komissiya kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda, uning funksiyalarini kichik komissiya raisi tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
12. Ishonchli boʻlmagan yoki soxtalashtirilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Kichik komissiya ariza olingan kundan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
15. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi uchun bir nusxadan tuziladi.
16. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi rahbari javob beradi.
17. Litsenziya “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Litsenziya Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
18. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi va/yoki kichik komissiya mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda kichik komissiya hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklif bilan tegishli qaror protokoli loyihasini Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va dublikat berish
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat koʻrsatib oʻtilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan ikki oy oldin berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
kichik komissiyaga koʻrib chiqish uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror kiritish;
temir yoʻl transporti sohasida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatining xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish kichik komissiya tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Kichik komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, kichik komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
33. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
34. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasiga haq toʻlagan holda olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan axborot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan axborot tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
35. Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi. Harakatlanadigan tarkib soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji qoʻshimcha ravishda harakatlanadigan tarkibning har bir birligi uchun undiriladi.
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini litsenziya talabgorining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga uzaytirish chogʻida davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddati kamayishiga mutanosib tarzda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari toʻliq respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(35-bandning uchinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl
transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish
faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish
faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tijorat asosida amalga oshiriladigan tashish faoliyati litsenziyalanishi lozim.
Quyidagilar xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash uchun asos hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan havo aloqasi toʻgʻrisida tuzilgan hukumatlararo bitimlar;
parvozlarni amalga oshirish toʻgʻrisida aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi bitimlar, protokollar, memorandumlar va boshqa hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar.
3. Aholining hayoti va sogʻligini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish va Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
4. Litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Zarur boʻlgan hollarda Komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Aviatsiya transporti sohasida litsenziyalash boʻyicha kichik komissiya (keyingi oʻrinlarda kichik komissiya deb ataladi) ekspert xulosalar hamda Komissiyaning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish va tiklash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Kichik komissiya ishchi organi funksiyasini “Davavianazorat” inspeksiyasi amalga oshiradi.
5. Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
6. Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
mahalliy havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni tashish;
xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni tashish;
mahalliy havo yoʻnalishlari boʻyicha yuklarni tashish;
xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yuklarni tashish.
7. Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya kamida 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya 5 yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar havo transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga, yuklar, yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga majburiy tartibda rioya qilish;
parvozlar xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligini, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari hamda normalarini taʼminlash;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va amal qilinuvchi hujjatlar talablariga rioya qilish;
tashilayotgan yuklar va bagajning saqlanishini va oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash;
litsenziyalanadigan faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan zona doirasida amalga oshirish;
shartnoma tuzishda — mijozlarning talabiga koʻra hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish paytida — nazorat qiluvchi organlarga litsenziyani taqdim etish;
“Davavianazorat” inspeksiyasiga talabiga koʻra litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar boʻyicha zarur axborotni taqdim etish.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoki uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorining arizada koʻrsatilgan faoliyatga qarab litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar (havo kemalarining mavjudligi, ularning tipi, tartib raqami, soni va ularning ish resursi, muntazam amalga oshirilayotgan havo qatnovlari, yoʻnalishlar va jadval, arizada koʻrsatilgan faoliyatni bajarishga jalb qilingan xodimlarni tanlash va tayyorlash);
ariza beruvchining litsenziyalanadigan faoliyati turini bajarish imkoniyatini tasdiqlovchi foydalanuvchi guvohnomasi (sertifikat) nusxasi;
IKAO (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti)ning uch ramzli kodi yoki shartnoma asosida boshqa tashkilotning uch ramzli kodidan foydalanish huquqi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Davavianazorat” inspeksiyasiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar kichik komissiyaning masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi sana haqida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Kichik komissiya masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini kichik komissiya raisi tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
12. Ishonchli boʻlmagan yoki soxtalashtirilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim “Davavianazorat” inspeksiyasining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs uning hujjatlari koʻrib chiqilayotgan davrda berilgan arizadan voz kechganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Kichik komissiya ariza olingan kundan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va Komissiyaga tasdiqlash uchun litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda, kichik komissiya qaroriga koʻra “Davavianazorat” inspeksiyasi joylarga borib litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatlarini oʻrganishga haqlidir.
15. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorini tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsensiyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan litsenziant oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
foydalanish uchun ruxsat etilgan havo yoʻnalishlari roʻyxati;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davavianazorat” inspeksiyasi uchun bir nusxadan tuziladi.
16. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda “Davavianazorat” inspeksiyasi buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari javob beradi.
17. Litsenziya “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Litsenziya Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
18. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek kichik komissiya mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda kichik komissiya hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va Komissiyaga tasdiqlash uchun litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiya taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat koʻrsatib oʻtilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan kamida ikki oy oldin berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
kichik komissiyaga koʻrib chiqish uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror kiritish;
mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirish hollari aniqlanganligi toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida “Davavianazorat” inspeksiyasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davavianazorat” inspeksiyasida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish kichik komissiya tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Kichik komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda kichik komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish Komissiya qaroriga koʻra, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
32. Litsenziyani bekor qilish Komissiya qaroriga koʻra, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
33. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
34. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida “Davavianazorat” inspeksiyasiga haq toʻlagan holda olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan axborot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov “Davavianazorat” inspeksiyasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan axborot tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
35. Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini litsenziya talabgorining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga uzaytirish chogʻida davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddati kamayishiga mutanosib tarzda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari toʻliq respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(35-bandning uchinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Aeroportlarda havo kemalariga tijorat asosida amalga oshiriladigan tashish ishlar bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Litsenziya talabgoriga aniq aeroportda (aerodromda) parvozlarga, shuningdek havo kemalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq texnik va texnologik taʼminotning muayyan turlarini (ham butun kompleks, ham uning tarkibiy qismlarini) amalga oshirishga beriladigan huquq aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashning mavzui hisoblanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
havo kemalarining uchishi-qoʻnishini taʼminlash (aerodrom, elektrotexnik, radiotexnik, meteorologik, shturmanlik, ornitologik, qidiruv va avariya-qutqaruv taʼminoti, parvozlarni boshqarishni, aeronavigatsiya axboroti bilan va aviatsiya xavfsizligini taʼminlash);
havo kemalarining aviatsiya-texnika taʼminoti;
havo kemalarining aviatsiya-yoqilgʻi taʼminoti;
havo kemalarining yuklanishini (yuki tushirilishini) taʼminlash.
3. Litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Zarur hollarda Komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Aviatsiya transporti sohasida litsenziyalash boʻyicha kichik komissiya (keyingi oʻrinlarda kichik komissiya deb ataladi) ekspert xulosalar hamda Komissiyaning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish yoki tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi kichik komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
4. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Aeroportlardagi havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan qismlariga beriladi.
6. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kamida 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish qoidalariga majburiy rioya qilish;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjudligi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va amal qilinadigan hujjatlar talablariga rioya etish;
havo kemalari va ularning asbob-uskunalarini, aerodromlarni, aerodromlar va aeroportlarning asbob-uskunalarini, havo harakatini boshqarish vositalarini parvozlarni yerda taʼminlash va havo kemalariga texnika xizmati koʻrsatish vositalarini texnik jihatdan soz holatda saqlash, ularga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash;
fuqaro aviatsiyasi obyektlari inshootlari, yerdagi aviatsiya texnikasi, mexanizatsiyalar va transport vositalaridan xavfsiz foydalanilishini taʼminlash;
litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada koʻrsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;
shartnomalar tuzishda — mijozlarning talabiga koʻra hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni oʻtkazish paytida — nazorat qiluvchi organlarga litsenziyani taqdim etish;
“Davavianazorat” inspeksiyasining talabiga koʻra litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar boʻyicha zarur axborotni unga taqdim etish.
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, jismoniy shaxs uchun – tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
aeroport (aerodrom)ning muvofiqlik sertifikati nusxasi – zarur boʻlganda;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun obyektlar, binolar va asbob-uskunalarning mavjudligi va tayyorlab qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Davavianazorat” inspeksiyasiga bevosita yoxud olinganligi maʼlum qilingan holda pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar kichik komissiya masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi sana haqida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Kichik komissiya masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda, uning funksiyalarini kichik komissiya raisi tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli boʻlmagan yoki soxtalashtirilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun:
jismoniy shaxslardan — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi “Davavianazorat” inspeksiyasining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlarni koʻrib chiqish davrida berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
beshtagacha va beshta transport vositasiga xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslardan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida, beshtadan ortiq transport vositasiga xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Kichik komissiya ariza olingan kundan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklif bilan tegishli qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda kichik komissiya qaroriga koʻra “Davavianazorat” inspeksiyasi joylarga borib litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini oʻrganishga haqlidir.
13. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatdan talab etiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davavianazorat” inspeksiyasi uchun bir nusxadan tuziladi.
14. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda “Davavianazorat” inspeksiyasining buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari javob beradi.
15. Litsenziya “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Litsenziya Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
17. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek “Davavianazorat” inspeksiyasi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
18. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda kichik komissiya hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun muddatda ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklif bilan tegishli qaror protokoli loyihasini Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va dublikat berish
20. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat koʻrsatib oʻtilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
22. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan ikki oy oldin berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
kichik komissiyaning koʻrib chiqishi uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror kiritish;
aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida “Davavianazorat” inspeksiyasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma oʻtkaziladi, dalolatnomaning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davavianazorat” inspeksiyasida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish kichik komissiya tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Kichik komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, kichik komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestrlari
31. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, yashash joyi, telefoni;
litsenziyalar berilgan sana va ularning tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida “Davavianazorat” inspeksiyasiga haq toʻlagan holda olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan axborot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov “Davavianazorat” inspeksiyasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan axborot tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
33. Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini litsenziya talabgorining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga uzaytirish chogʻida davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddati kamayishiga mutanosib tarzda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari toʻliq respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(33-bandning uchinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari
bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Tijorat asosida amalga oshiriladigan aviatsiya ishlarini bajarish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
3. Litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Zarur hollarda Komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Aviatsiya transporti sohasida litsenziyalash boʻyicha kichik komissiya (keyingi oʻrinlarda kichik komissiya deb ataladi) ekspert xulosalar hamda Komissiyaning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi kichik komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
4. Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilanadigan aviatsiya xizmatlari roʻyxatiga binoan aviatsiya ishlariga tegishli qismlariga beriladi.
6. Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kamida 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga, aviatsiya ishlarini bajarish qoidalariga majburiy rioya qilish;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjudligi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va amal qilinadigan hujjatlar talablariga rioya etish;
havo kemalari va ularning asbob-uskunalarini, aerodromlarni, aerodromlar va aeroportlarning asbob-uskunalarini, havo harakatini boshqarish vositalarini parvozlarni yerda taʼminlash va havo kemalariga texnika xizmati koʻrsatish vositalarini texnik jihatdan soz holatda saqlash, ularga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash;
shartnomalar tuzishda — mijozlarning talabiga koʻra hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish paytida – nazorat qiluvchi organlarga litsenziyani taqdim etish;
“Davavianazorat” inspeksiyasining talabiga koʻra litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar boʻyicha zarur axborotni unga taqdim etish.
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, jismoniy shaxs uchun – tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Davavianazorat” inspeksiyasiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar kichik komissiyaning masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi sana haqida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Kichik komissiya masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini kichik komissiya raisi tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli boʻlmagan yoki soxtalashtirilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi “Davavianazorat” inspeksiyasining bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Yuridik yoki jismoniy shaxsning hujjatlari koʻrib chiqilayotgan davrda berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Kichik komissiya ariza olingan kundan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Komissiyaga qarorning tegishli protokol loyihasi bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Zarur hollarda kichik komissiya qaroriga koʻra “Davavianazorat” inspeksiyasi joylarga borib litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini oʻrganishga haqlidir.
13. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatdan talab etiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi ustidan “Davavianazorat” inspeksiyasining nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davavianazorat” inspeksiyasi uchun bir nusxadan tuziladi.
14. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va “Davavianazorat” inspeksiyasining buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari javob beradi.
15. Litsenziya “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Litsenziya Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
17. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek “Davavianazorat” inspeksiyasi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
18. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda kichik komissiya hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklif bilan tegishli qaror protokoli loyihasini Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va dublikat berish
20. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Davavianazorat” inspeksiyasiga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat koʻrsatib oʻtilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
22. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan ikki oy oldin berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
kichik komissiyaga koʻrib chiqish uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror kiritish;
aviatsiya ishlarini bajarish faoliyati litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida “Davavianazorat” inspeksiyasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma oʻtkaziladi, dalolatnomaning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davavianazorat” inspeksiyasida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish kichik komissiya tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Kichik komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, kichik komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda kichik komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestrlari
31. “Davavianazorat” inspeksiyasi litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, yashash joyi, telefoni;
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida “Davavianazorat” inspeksiyasiga haq toʻlab olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan axborot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov “Davavianazorat” inspeksiyasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan axborot tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
33. Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini litsenziya talabgorining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga uzaytirish chogʻida davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddati kamayishiga mutanosib tarzda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari toʻliq respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(33-bandning uchinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Aholining hayoti va sogʻligini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish va Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
3. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Zarur hollarda Komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Avtomobil transporti va daryo transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha kichik komissiya (keyingi oʻrinlarda kichik komissiya deb ataladi) ekspert xulosalar va yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga Komissiyaning yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi. Kichik komissiya litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) kichik komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
4. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda va shahar atrofi yoʻnalishlarida tashishga litsenziyalar berish va bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Hududiy komissiya tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari), Agentlik hududiy boʻlimining masʼul xodimlari, Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati va Davlat soliq qoʻmitasining tegishli boʻlinmalari vakillari kiradi. Hududiy komissiyaga Agentlik hududiy boʻlimining rahbari boshchilik qiladi. Zarur hollarda hududiy Komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Agentlikning hududiy boʻlimi hududiy komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi, tegishli hujjatlar bilan birgalikda litsenziyalar talabgorlarining arizalarini qabul qiladi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun hududiy komissiyaga yuboradi, litsenziyalarni rasmiylashtiradi va/yoki qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimi tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi va tiklaydi.
Agentlik avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalashning mazkur Nizomda belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilinishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga, yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
yoʻlovchilarni avtobuslarda shaharda va shahar atrofida tashish;
yoʻlovchilarni mikroavtobuslarda shaharda va shahar atrofida tashish;
yoʻlovchilarni yengil avtomobillarda shaharda va shahar atrofida tashish;
yoʻlovchilarni avtobuslarda shaharlararo tashish;
yoʻlovchilarni mikroavtobuslarda shaharlararo tashish;
yoʻlovchilarni yengil avtomobillarda shaharlararo tashish;
yoʻlovchilarni avtobuslarda xalqaro yoʻnalishlarda tashish;
yoʻlovchilarni mikroavtobuslarda xalqaro yoʻnalishlarda tashish;
yoʻlovchilarni yengil avtomobillarda xalqaro yoʻnalishlarda tashish;
avtomobil transportida yuklarni shaharda va shahar atrofida tashish;
avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yoʻnalishlarda tashish;
avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlarda tashish.
Litsenziatning har bir avtotransport vositasiga litsenziya bilan birgalikda litsenziya kartochkasi beriladi. Litsenziya kartochkalarini berish tartibi Komissiya tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziatning litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtomobil transportidan foydalangan holda olgan daromadi (foydasi) noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq budjetga olib qoʻyilishi kerak.
6. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam boʻlsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
b) yuridik shaxsning shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Komissiya tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishini taʼminlash;
g) yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida tegishli tashishlarni amalga oshirish chogʻida qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi;
d) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
e) avtovokzallar, avtostansiyalar bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni avtomobilda muntazam tashish (yengil taksilardan tashqari);
j) tashish xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
z) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya kartochkalari oʻz vaqtida olinishi;
i) xalqaro yoʻnalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi bilan birgalikda nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi.
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid maʼlumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli boʻlinmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasi texnik jihatdan soz ekanligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi dalolatnomasining (yuridik shaxslar uchun) yoxud yakka bir transport vositasining koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) nusxasi;
g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
d) yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablari va shartlariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
e) yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
j) litsenziya talabgori tomonidan ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar Agentlikka litsenziya talabgorlari tomonidan avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashish uchun (Agentlikning hududiy boʻlimiga – litsenziya talabgorlari tomonidan avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shahar va shahar atrofida tashish uchun) bevosita, yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali beriladi.
Hujjatlar kichik komissiya (hududiy komissiya) masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi. Roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Kichik komissiya (hududiy komissiya) masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini kichik komissiya raisi (hududiy boʻlinma rahbari) tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
§ 1. Asosiy qoidalar
10. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun:
jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida;
oʻntagacha avtotransport vositasidan foydalanuvchi yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida, oʻnta va undan ortiq avtotransport vositalaridan foydalanuvchi yuridik shaxslardan – eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Yuridik yoki jismoniy shaxs oʻz hujjatlarini koʻrib chiqish davrida berilgan arizadan voz kechgan taqdirda yigʻim qaytarilmaydi.
13. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda Agentlik buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun Agentlik rahbari javob beradi.
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofidagi yoʻnalishlar boʻyicha tashish litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari Agentlik tomonidan hududiy boʻlimlarga ular tomonidan hisobotni taʼminlash sharti bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 2. Yuridik va jismoniy shaxslar uchun avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalarni berish tartibi
14. Yuridik yoki jismoniy shaxsga — litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Kichik komissiya ariza olingan kundan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Komissiyaga qarorning tegishli bayonnoma loyihasi bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror bayonnomasi Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya va litsenziya kartochkasi Agentlik tomonidan litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi.
Litsenziya Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va litsenziatlarga Agentlik tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, Komissiya litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek kichik komissiya va/yoki Agentlik mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda kichik komissiya hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingan kundan toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 3. Yuridik va jismoniy shaxslar uchun avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalarni berish tartibi
20. Yuridik yoki jismoniy shaxsga avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hududiy komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Agentlikning hududiy boʻlimi ariza olingan kundan boshlab 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi va Hududiy komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Hududiy komissiya hududiy boʻlimining taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Hududiy komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli hududiy komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Agentlikning hududiy boʻlimi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya va litsenziya kartochkalari litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin ikki kun muddatda Agentlikning hududiy boʻlimi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Litsenziyalar va litsenziya kartochkalari hududiy komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va litsenziatlarga Agentlikning hududiy boʻlimi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikning hududiy boʻlimiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, Hududiy komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek kichik komissiya va/yoki Agentlik mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyani berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
24. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Agentlikning hududiy boʻlimi hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida Hududiy komissiyaning majlisida koʻrib chiqish uchun ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Hududiy komissiya ekspert xulosasi olingandan keyin bir hafta muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi Hududiy komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli hududiy komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Litsenziya bitimlari, litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
25. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimlari — yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan Agentlik va litsenziat oʻrtasida, yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan Agentlikning hududiy boʻlimi va litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda ularda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining (yoki faoliyat turi qismlarining) nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatdan talab etiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi ustidan Agentlik (hududiy boʻlim)ning nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Agentlik (hududiy boʻlimi) uchun bir nusxadan tuziladi.
26. Litsenziat — qayta tashkil etilgan yuridik shaxs, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharlararo va/yoki xalqaro yoʻnalishlarda tashish boʻyicha litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Agentlikka (avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shahar va shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziat — Agentlikning hududiy boʻlimiga) ariza berishi shart.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharlararo va/yoki xalqaro yoʻnalishlarda tashish boʻyicha litsenziat roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Agentlikka (avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shahar va shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziat – hududiy boʻlimga) ariza berishi shart.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat koʻrsatib oʻtilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
27. Agentlik litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziat tomonidan Agentlikka (hududiy boʻlimga) litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlishiga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
29. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Agentlik (hududiy boʻlim):
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qarorni Komissiya (Hududiy komissiya)ning koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuboradi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda: avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashish boʻyicha – kichik komissiya tomonidan, avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shahar va shahar atrofida tashish boʻyicha — Agentlikning hududiy boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Kichik komissiya (Hududiy komissiya)ning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, kichik komissiya (hududiy komissiya) litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
32. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashish boʻyicha – Komissiyaning qaroriga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shahar va shahar atrofida tashish boʻyicha – hududiy komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiya (Hududiy komissiya)ning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya (hududiy komissiya) litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
33. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashish boʻyicha — Komissiyaning qaroriga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shahar va shahar atrofida tashish boʻyicha — Hududiy komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiya (Hududiy komissiya)ning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya (hududiy komissiya) litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Litsenziyalar reyestri
34. Agentlik (hududiy boʻlim) belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, telefoni;
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
35. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida Agentlikka (hududiy boʻlimga) haq toʻlab olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan axborot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan axborot tekin beriladi.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
36. Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi. Avtotransport vositalari soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qoʻshimcha ravishda undiriladi.
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini litsenziya talabgorining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga uzaytirish chogʻida davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddati kamayishiga mutanosib ravishda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari Avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, uning 75 foizi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlardan Komissiya tomonidan belgilangan tartibda shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirishda foydalaniladi, mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smetaga muvofiq Agentlik xarajatlariga sarflanadigan qismi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasi (yuridik va jismoniy shaxslar)
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasi (yuridik va jismoniy shaxslar)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilab beradi.
2. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Aholining hayoti va sogʻligini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish va Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
3. Litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Zarur hollarda Komissiya qarorlari soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Avtomobil va daryo transporti sohasida litsenziyalash boʻyicha kichik komissiya (keyingi oʻrinlarda kichik komissiya deb ataladi) ekspert xulosalar hamda Komissiyaning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi. Kichik komissiya litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) kichik komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi bir qismiga (qismlariga) beriladi:
daryo transportida yoʻlovchilarni tashishga;
daryo transportida yuklarni tashishga.
5. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Litsenziya talablari va shartlari
6. Quyidagilar yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan daryo transporti sohasidagi qonun hujjatlariga, kemalar qatnaydigan ichki yoʻllarda suzish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, avariyalarning oldini olish chora-tadbirlari koʻrilishi, suv havzalaridagi toʻxtash joylarida xavfsizlikni taʼminlash;
b) kema guvohnomasi, malaka guvohnomasi, suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnoma, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish toʻgʻrisidagi guvohnoma, kemaning sanitariya guvohnomasi mavjudligi;
v) tashish xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi talablari bajarilishi, suzish vositalarining texnik jihatdan soz holatda saqlanishi, uning asralishi, Agentlikning Kema Registri va Kema Inspeksiyasi boʻlimi tomonidan tekshirish oʻtkazilishi, texnika xavfsizligi taʼminlanishi.
7. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 6-bandida sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning; jismoniy shaxs uchun – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
v) kema guvohnomasi, malaka guvohnomasi, suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnoma, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish toʻgʻrisidagi guvohnoma, kemaning sanitariya guvohnomasi nusxalari ilova qilingan holda mavjud suzish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) suzish vositasining komandirlar tarkibi aʼzolarida ularning muayyan lavozimlar bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi suzish vositalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
d) amal qilish muddati koʻrsatilgan holda suzish vositalaridan foydalanishga mulkiy huquqni yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;
e) litsenziya talabgorida kema ekipaji aʼzolari sogʻligʻiga koʻra suzish vositalarida ishlash uchun yaroqliligini tasdiqlovchi sanitariya pasportlari yoki boshqa hujjat mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
j) litsenziya talabgori tomonidan ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan Agentlikka bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar kichik komissiya masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Kichik komissiya masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini kichik komissiya raisi tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
10. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun:
jismoniy shaxslardan — eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida;
oʻntagacha suzish vositasidan foydalanuvchi yuridik shaxslardan - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida, oʻnta va undan ortiq suzish vositalaridan foydalanuvchi yuridik shaxslardan – eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Yuridik yoki jismoniy shaxs oʻz hujjatlari koʻrib chiqilishi davrida berilgan arizadan voz kechgan taqdirda yigʻim qaytarilmaydi.
12. Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kichik komissiya ariza olingan kundan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror bayonnomasi Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
14. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi Agentlik bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining (yoki faoliyat turi qismlarining) nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi ustidan Agentlikning nazorat qilishi tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Agentlik uchun bir nusxadan tuziladi.
15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda Agentlikning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun Agentlik rahbari javob beradi.
Litsenziya Agentlik tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Litsenziya Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek kichik komissiya va/yoki Agentlik mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda kichik komissiya hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklif bilan tegishli qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya kichik komissiyaning taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziat – jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyaning qayta rasmiylashtirilishi toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat koʻrsatib oʻtilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
22. Agentlik litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziat tomonidan Agentlikka litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan ikki oy oldin berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Agentlik (hududiy boʻlim):
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziat — yuridik shaxsning litsenziyasi amal qilishini, toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrib chiqish uchun kichik komissiyaga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
daryo transporti sohasida yoʻlovchilar va yuklar tashish faoliyatining litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuboradi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
26. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish kichik komissiya tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Kichik komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, kichik komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
27. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
28. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Litsenziyalar reyestrlari
29. Agentlik belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, telefoni;
litsenziyaning berilgan sanasi va uning tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
30. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida Agentlikdan haq toʻlab olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan axborot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan axborot tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
31. Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini litsenziya talabgorining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga uzaytirish chogʻida davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilish muddati kamayishiga mutanosib tarzda kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari Agentlikning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, uning 75 foizi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlardan Komissiya tomonidan belgilangan tartibda shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirishda foydalaniladi, mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smetaga muvofiq Agentlik xarajatiga sarflanadigan qismi bundan mustasno.
(6-ilova 31-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish
faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Transport sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji
miqdorlari
|
Faoliyat turlari |
Boj miqdori (eng kam oylik ish haqining baravari miqdorida) |
|
1. Temir yoʻl transporti | |
| mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilar va yuklarni tashish | 250 |
| mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashish | 30 |
| xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni tashish | 45 |
| mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha yuklarni tashish | 50 |
| xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yuklarni tashish | 100 |
|
2.Havo transporti | |
| mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilar va yuklarni tashish | 3600 |
| mahalliy havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni tashish | 20 |
| xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni tashish | 1520 |
| mahalliy havo yoʻnalishlari boʻyicha yuklarni tashish | 20 |
| xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yuklarni tashish | 2020 |
| xalqaro aeroportlarda havo kemalariga havo transportida tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyati | 2900 |
| mintaqaviy aeroportlarda havo kemalariga havo transportida tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyati | 240 |
| aviatsiya ishlarini bajarish | 300 |
| moddalarni va biologik obyektlarni sepish | 50 |
| havodan suratga olish, kuzatish va patrullik qilish | 50 |
| qurilish-montaj ishlari | 50 |
| aholiga tibbiy yordam koʻrsatish va sanitariya tadbirlarini amalga oshirishga doir parvozlar | 50 |
| borish qiyin boʻlgan joylarga odamlar va yuklarni yetkazish | 50 |
| parashyutchilar desantini tashish | 50 |
|
3. Avtomobil transporti | |
| yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish | 250* |
| yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish: | |
| avtobuslarda | 8** |
| mikroavtobuslarda | 30** |
| yengil avtomobillarda | 40** |
| yoʻlovchilarni shaharda va shahar atrofidagi yoʻnalishlar boʻyicha tashish: | |
| avtobuslarda | 2** |
| mikroavtobuslarda | 10** |
| yengil avtomobillarda | 12** |
| yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish: | |
| avtobuslarda | 3** |
| mikroavtobuslarda | 12** |
| yengil avtomobillarda | 15** |
| yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish: | |
| avtobuslarda | 5** |
| mikroavtobuslarda | 15** |
| yengil avtomobillarda | 20** |
| yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish | 25*** |
| yuklarni shaharda, shahar atrofidagi yoʻnalishlar boʻyicha tashish | 6*** |
| yuklarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish | 9*** |
| yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish | 12*** |
|
4. Daryo transporti | |
| yoʻlovchilarni va yuklarni tashish | 70 |
| yoʻlovchilarni tashish | 50 |
| yuklarni tashish | 25 |
| | |
Izohlar: Davlat bojining miqdori eng kam oylik ish haqining davlat bojini toʻlash kunida belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda besh yilga belgilangan. Litsenziya besh yil muddatdan kam muddatga berilganda davlat boji miqdori litsenziyaning amal qilishi muddatining kamayishiga mutanosib ravishda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
*) Har bir transport vositasi birligi uchun davlat boji miqdori.
**) Davlat boji miqdori avtomobildagi har bir oʻrindiq uchun belgilanadi.
***) Davlat boji miqdori har bir yuk koʻtarish quvvati birligi uchun belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 14-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 34-modda) 1-bandining “d” va “e” kichik bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda)ning 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 28-iyuldagi 363-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 43-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 24-ilova.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarorida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(II-boʻlim 1-bandi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 99-modda)
b) 5-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinalari miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga muvofiq aviatsiya transporti xizmatlari koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji bir qismi (20 foiz)” soʻzlari “havo transporti sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlarining bir qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“havo transporti sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim”;
Oldingi tahrirga qarang.
(II-boʻlim 1-bandi “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 99-modda)
“avtomobil va daryo transportida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlarining bir qismi;
“avtomobil va daryo transportida faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida transport-ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda)ga ilovada:
12-banddagi “litsenziyalash” soʻzi chiqarib tashlansin;
VII bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
20-bandda ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
22-banddagi “va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan transport-ekspeditorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari shart” soʻzlari chiqarib tashlansin;
23-banddagi “va tegishli litsenziyaga ega boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martdagi 101-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 108-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 131-modda; 2004-y., 8-son, 99-modda, 9-son, 108-modda, 30-son, 344-modda, 43-son, 456-modda; 2006-y., 3-son, 12-modda, 20-21-son, 181-modda, 22-son, 194-modda, 28-29-son, 272-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)