Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2017 13.08.2003 yildagi 350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2017
Hujjat 13.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BALIQChILIK TARMOGʻIDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik tarmogʻida xususiylashtirish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, baliq ovlash va baliqchilik korxonalari faoliyatini tashkil etishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, tarmoqni yanada monopoliyadan chiqarish hamda raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek baliq ovlashni, baliq va baliq mahsulotlarini sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining faoliyati tashkil etilishini tekshirish boʻyicha 2003-yil 18-martdagi F-1728-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus komissiyaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasini va “Qoraqalpoqbaliq” uyushmasini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi baliqchilik tarmogʻining baliq ovlash va baliqchilik korxonalarini toʻliq xususiylashtirish va asosan xususiy mulkchilikka aylantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tarkibida Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalarida esa — chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish boʻlimlari tashkil etilganligi, ularga baliqchilik xoʻjaligini rivojlantirish funksiyalari yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining faoliyati tashkil etilishini tekshirish boʻyicha Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi, baliqchilik tarmogʻining 1-ilovaga muvofiq xususiylashtirilgan korxonalari ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari va aksiyalar paketlarini birja va birjadan tashqari bozorlarda asosan jismoniy shaxslarga va xorijiy investorlarga sotishni nazarda tutgan holda, belgilangan tartibda tugatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida “Akvakultura” ilmiy-tadqiqot institutini va “Ixtiomarkaz” korxonasini birlashtirish hisobiga Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy davlat baliq pitomnigi Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markaziga shoʼba korxona sifatida berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqchilik tarmogʻini va uning ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha ilmiy va metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya-naslchilik ishlari, baliqchilik xoʻjaligi melioratsiyasi, baliqlar kasalliklarining oldini olish va davolash tadbirlarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish, nasl qoldiruvchi baliqlarning zot sifatlarini yaxshilash va baliqlarning yangi turlarini iqlimga moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlash va baliqchilik xoʻjaliklarini sifatli seleksiya-naslchilik materiali bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqchilik tarmogʻi uchun kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tuzilmasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy baliqchilik xoʻjaligi havzalari baliq ovlash korxonalariga tanlov asosida ijara shartlarida kamida 10 yil muddatga biriktirib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy suv havzalari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash korxonasi oʻrtasida tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasi tuzgan baliq ovlash korxonalari tomonidan tabiiy suv havzalarida baliq ovlash mavjud biologik resurslardan va vujudga kelayotgan talabdan hamda mahsuldorlikni saqlab qolish va baliq resurslarini zarur darajada koʻpaytirishdan kelib chiqqan holda kvotasiz asosda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy suv havzalari uchastkalarini ijaraga oluvchi baliq ovlash korxonalari tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlariga, respublika hududida baliq ovlashning belgilangan qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari, har yili baliqlarni oʻstirishga qoʻyib yuborish va baliq resurslari saqlanishini va koʻpaytirilishini taʼminlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijarachi baliq ovlovchi korxonalar tomonidan tabiatni muhofaza qilishga doir belgilangan qonun hujjatlari, baliq ovlash qoidalari va ijara shartnomasi shartlari qoʻpol ravishda va muntazam buzilgan taqdirda ijara shartnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qaroriga koʻra muddatidan oldin, belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalarini biriktirib qoʻyish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi huzurida ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini, ozuqalarning zamonaviy retseptlarini ishlab chiqishni va baliqchilik tarmogʻida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, baliqlar kasalliklarining oldini olish va davolashga, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha investitsiya dasturlarini shakllantirishga koʻmaklashishni moliyalashtirish uchun budjetdan tashqari Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarni Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirishga ruxsat berilsin, operatsiya xarajatlari, qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar va aksiyadorlarga “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining ilgari joylashtirilgan aksiyalari qiymati uchun toʻlovlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda respublika baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalarining baliq ovlash korxonalariga ijara shartnomasi shartlarida biriktirib qoʻyilgan uchastkalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini undirish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, respublika baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalarini ijaraga olishdan tushadigan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foizi — tegishli mahalliy budjetlarga, shu jumladan baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish tadbirlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi — Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi — mablagʻlarni baliq resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlariga maqsadli yoʻnaltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda 2004—2006-yillarda baliqchilik tarmogʻini va uning ozuqa bazasini rivojlantirish kompleks dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, baliq ovlash va baliqchilik korxonalari bilan birgalikda baliq va baliq mahsulotlarini sotish boʻyicha chakana savdo shoxobchalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda baliqchilik va baliq ovlash korxonalariga seleksiya-naslchilik materiali, ozuqa va boshqa resurslar bilan taʼminlashda koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda baliqchilik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan koʻllar va boshqa yer maydonlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi tabiiy suv havzalarida baliq resurslari muhofaza qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi, gʻayriqonuniy ov qilishga hamda baliq va baliq mahsulotlarining noqonuniy sotilishiga qarshi kurash ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar. Amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 289-son qarori, 9-banddan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalaridan foydalanishni yaxshilash va baliq resurslari muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 11 maydagi 198-son qarori, 6-banddan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalarini biriktirib qoʻyish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 2-iyuldagi 277-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
13-avgustdagi 350-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining ulushlari va aksiyalar paketlari birja va birjadan tashqari bozorlarda asosan xususiy mulk qilib sotiladigan korxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№№
‎p/p‎

Korxonalar nomi ‎

Sotiladigan ulush miqdori ‎
1.‎ “Andijonbaliq” OAJ‎ 25‎
2.‎ “Buxorobaliqsanoatsotish” OAJ‎ 25‎‎
3.‎ “Baliqchi” OAJ‎ 25‎‎
4.‎ “Navoiybaliqchilik” OAJ‎ 25‎‎
5.‎ “Damachi” OAJ‎ 25‎‎
6.‎ “Jizzaxbali�” OAJ‎ 25‎‎
7.‎ “Qashqadaryobaliqchilik” OAJ‎ 25‎‎
8.‎ “Qozoqdaryobaliq” OAJ‎ 25‎‎
9.‎ “Moʻynoq baliq-konserva kombinati” OAJ‎ 25‎‎
10.‎ “Namanganbaliq” OAJ‎ 25‎‎
11.‎ “Nukusbaliq” OAJ ‎ 25‎‎
12.‎ “Sirdaryobaliq” OAJ‎ 25‎‎
13.‎ “Su�xonbaliq” OAJ‎ 25‎‎
14.‎ “Toshkentbaliq” OAJ‎ 25‎‎
15.‎ “Uray” OAJ‎ 25‎‎
16.‎ “Xorazmbaliqmahsulotlari” OAJ‎ 25‎‎
17.‎ “Yangiyerbaliq” OAJ‎ 25‎‎
18.‎ “Chinoz omixta em zavodi” AJ‎ 25‎‎
19.‎ “Aydarkoʻl” MChJ‎ 25‎‎
20.‎ “Samarqandbali�” MChJ‎ 25‎‎
21.‎ “Beshariqbaliq” AJ‎ 16.4‎
22.‎ “Baliqsavdo” SIYoAJ‎ 10‎

(foizlarda)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
13-avgustdagi 350-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalarini biriktirib qoʻyish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom respublika baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalarini ijaraga berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Baliq va boshqa suv jonivorlarini ovlash yoki ularni koʻpaytirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan barcha tabiiy suv havzalari (dengiz, daryolar, suv omborlari, koʻllar va ularga yondosh suv havzalari — koʻl xoʻjaliklari va baliq pitomniklaridan tashqari) baliqchilik xoʻjaligi suv havzalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliq ovlanayotgan va ovlanishi mumkin boʻlgan baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalari ov qilinadigan suv havzalari hisoblanadi. Baliqchilik xoʻjaligi suv havzalari sport – ishqivozlik turidagi baliq ovlash uchun ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomga muvofiq ijara shartnomasi tuzgan yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda baliq ovlash korxonalari deb ataladi) tabiiy suv havzalarida baliq ovlash huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tabiiy suv havzalarini baliq ovlash korxonalariga ijaraga berish va biriktirib qoʻyish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Baliqchilik tabiiy suv havzalari ijaraga, qoidaga koʻra, xususiy mulkchilikka asoslangan baliq ovlash korxonalariga tanlov asosida ijara shartnomasida belgilangan, lekin kamida 10 yil muddatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Baliqchilik tabiiy suv havzalarini baliq ovlash korxonalariga ijaraga berish masalalarini koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan maxsus tanlov komissiyalari tuziladi. Komissiya tarkibiga “Davlatbionazorat” inspeksiyasi, hududiy moliya va soliq organlari, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, adliya va ichki ishlar organlari va boshqa manfaatdor tuzilmalar vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalarini yoki ularning uchastkalarini tanlovda gʻolib chiqqan baliq ovlash korxonalariga biriktirib qoʻyish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari (ijaraga beruvchilar) va baliq ovlash korxonalari (ijarachilar) oʻrtasida ijara shartnomasi tuzish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasiga baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzasi yoki uning uchastkasi pasporti ilova qilinadi, unda suv havzasining nomi, joylashgan joyi, suv havzasining oʻlchamlari va yerdan foydalanuvchilar chegaralari koʻrsatilgan xarita-sxema ilova qilingan chegaralari, boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzasi yoki uning uchastkasini ijaraga olish maqsadida tanlovda qatnashish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlash korxonasining yuridik shaxs sifatida yoki yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlash uchun zarur moddiy-texnika resurslarining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari arizachilar tomonidan hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda ularni koʻrib chiqadilar, tanlov komissiyasining yigʻilishini oʻtkazadilar va tanlov gʻoliblariga baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzasi yoki uning uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingandan keyin 10 kun mobaynida tanlov gʻolibi bilan ijara shartnomasi tuziladi va ov faoliyati uchun guvohnoma (ov bileti) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov natijalariga koʻra tabiiy suv havzasini ijaraga berish rad etilgan ariza beruvchilar tanlov komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzasi yoki ularning uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ijara shartnomasi tuzgan baliq ovlash korxonalari qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda ijara haqi toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzasi yoki uning uchastkasini ijaraga olish shartnomasi baliq ovlash korxonasining oʻz xohishiga koʻra yoki baliq ovlash korxonasi tomonidan baliq ovlashning belgilangan qoidalari qoʻpol ravishda va muntazam buzilishi, baliq resurslarini saqlash va koʻpaytirish boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarga rioya qilinmasligi natijasida muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijaraga beruvchi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari quyidagilarga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlari, shartnoma shartlari, ayniqsa har yili baliqlarni oʻstirishga qoʻyib yuborishni, baliqchilik resurslarini saqlash va koʻpaytirishni taʼminlash boʻyicha shartlari buzilishi aniqlanganda baliq, boshqa suv jonivorlarini ovlashni va oʻsimliklar tayyorlashni toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlovchi korxona — ijarachi tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligining, belgilangan baliq ovlash qoidalarining muntazam va qoʻpol ravishda buzilishi aniqlanganda tuzilgan shartnomani tabiatni muhofaza qilish organlarining taqdimnomasiga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatidan oldin bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy baliqchilik xoʻjaligi suv havzasini yoki uning uchastkasini ijaraga olish uchun tanlovda qatnashish istagini bildirgan yuridik va jismoniy shaxslardan ariza hamda boshqa hujjatlarni koʻrib chiqish uchun bepul asosda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan arizalarni koʻrib chiqish va tanlovni oʻtkazishni oʻz vaqtida, qatʼiy belgilangan muddatlarda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov qatnashchilarini uning natijalaridan oʻz vaqtida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov yakunlari boʻyicha 10 kun mobaynida gʻolib bilan tabiiy baliqchilik xoʻjaligi suv havzasidan yoki uning uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasi tuzish va baliq ovlash faoliyati bilan shugʻullanishga guvohnoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ijarachining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Baliq ovlovchi korxona — ijarachi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan tabiiy baliqchilik xoʻjaligi suv havzasi yoki uning uchastkasidan tuzilgan ijara shartnomasiga muvofiq foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvotasiz miqdorda baliq ovlash va mahsulotni ixtiyoriy ravishda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozuqa va asosiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan boshqa mahsulotlar, shuningdek baliqchilik mahsulotlari etishtirish uchun suvni muhofaza qilish hududi tashqarisida yordamchi xoʻjaliklar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ovchilik-baliqchilik xoʻjaligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Baliq ovlovchi korxona – ijarachi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birkitilgan suv havzasini subijaraga bermaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili baliqlarni oʻstirishga qoʻyib yuborish, baliqchilik melioratsiyasi, baliqlarning ovlanadigan turlari nasllarini saqlab qolish ishlarini hamda baliqchilik resurslarini saqlash va koʻpaytirish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga va Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markaziga tabiiy suv havzalaridagi baliq zaxiralarining ahvoli va ularni koʻpaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovlangan baliqlarning hammasini namunaviy ov daftarida qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqlarning tovar-transport xati boʻyicha tashilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlash vositalarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va baliq ovlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan shakl boʻyicha statistik hisobot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy suv havzasi ijara toʻlovini oʻz vaqtida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Baliq va boshqa suv jonivorlarini ovlash faqat ijara shartnomasiga ilova qilinadigan biriktirilgan tabiiy baliqchilik xoʻjaligi suv havzasi yoki uning uchastkasi pasportida koʻrsatilgan tabiiy suv havzalari yoki ularning uchastkalari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baliq ovlovchi korxona – ijarachi tomonidan tabiatni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlari, baliq ovlash qoidalari va ijara shartnomasi shartlari qoʻpol ravishda va muntazam buzilgan taqdirda ijara shartnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijara shartnomasi shartlari ijaraga beruvchilar va ijarachilar tomonidan buzilganda tomonlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan baliq, baliq mahsulotlari, boshqa suv jonivorlarini sotish faqat belgilangan tartibda shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda, mahsulotning qonuniy ovlanganligini yoki olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hamda mahsulot uchun sifat sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 127-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)