Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IChKI VALYUTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha milliy valyutaning konvertatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutada hisob raqamlarini yuritishning amaldagi tartibiga Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Bitimi Moddalarining VIII moddasi talablari doirasida savdo xususiyatiga ega boʻlmagan toʻlovlar va oʻtkazmalar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritish tavsiya qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Bitimi Moddalarining VIII moddasi talablariga zid boʻlgan hukumatlararo bitimlarni qayta koʻrib chiqish va bekor qilish toʻgʻrisida 2004-yil 1-yanvargacha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin;
bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-iyul,
317-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
3-bandning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avans toʻlovlari tuzilgan import kontraktlariga muvofiq oʻtkazilsin”;
qolgan summa import qiluvchi korxona tomonidan bankka tovarlar tushganligi toʻgʻrisida bojxona xizmatining tegishli yozuvlari qayd etilgan holda tovarlar olib kelinishi kartochkalari taqdim etilgandan keyin oʻtkazilsin”;
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-ilovaning 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-ilovaning 19-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
“Kelgan tovar uchun bank tomonidan xorijiy valyutadagi mablagʻlarni oʻtkazish uchun import qiluvchi korxona tomonidan har bir oʻtkazish oldidan tovar kelganligi toʻgʻrisida bojxona xizmatining bankka topshiriladigan tegishli yozuvlari mavjud boʻlgan tovarlar olib kelinishi kartochkasi asos boʻlib hisoblanadi. Bunda import kontraktlar boʻyicha avans toʻlovlari import kontraktlari import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida hisobga qoʻyilgandan keyin vakolatli bankka tovarlar olib kelinishi kartochkasi taqdim etilmasdan amalga oshiriladi.”.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markaziga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 286-son qarori 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
4-ilova 1-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 180-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha operatsiyalar birjadan tashqari valyuta bozorida vakolatli banklar orqali barcha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”;
29-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 25-oktabrdagi 422-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 58-modda) 1-ilovaning II boʻlimi 2-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 10-oktabrdagi 354-son qaroriga ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar” boʻlimi 7-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 58-modda) chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 14-son, 115-modda, 17-18-son, 161-modda; 2013-y., 14-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)