Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Ekologik nazorat toʻgʻrisida” va “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida atrof muhitning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish yuzasidan masʼul etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-avgust,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 243-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida
NI3OM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida” va “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibini belgilaydi.
2. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarga “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq belgilangan sanitariya-muhofaza zonalariga tutash hududlar kiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi ayrim aholi punktlarini nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlar deb eʼtirof etish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi taqdimotiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Nizomga muvofiq vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlar deb eʼtirof etilgan hududlarda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiradilar.
II. Nurlanish olish belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
5. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolar:
a) salomatlikni muhofaza qilish va nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bilan bogʻliq kasalliklar profilaktikasi sohasida:
yashash joyi boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalarida har yili tibbiy koʻrikdan oʻtish;
yuqori nurlanish dozasini olgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dori vositalari;
korxonalar va muassasalar xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normalar boʻyicha korxonalar va muassasalar mablagʻlari hisobiga beriladigan sut;
b) aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish sohasida:
umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻquvchilari — har yili maktab taʼtillari vaqtida bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yoʻllanmalar;
I va II guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar — har ikki yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimi sanatoriylariga bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda korxonalar va muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda har yili nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan har bir hudud uchun fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakunlovchi qoida
8. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi uchun masʼuliyat tumanlar va shaharlar hokimlari, shuningdek tegishli vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 447-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)