20.06.2014 yildagi 261-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.09.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlarida ishlarni koʻrishda ekspertizani tayinlash bilan bogʻliq masalalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlari sud ekspertizasi (bundan buyon matnda ekspertiza deb yuritiladi) tayinlash masalasini hal etish, sud eksperti xulosasini tekshirish va unga baho berishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (bundan buyon matnda Namunaviy nizom deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-martda 2202-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi), shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunning 3-moddasiga koʻra, ekspertiza deganda sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini oʻtkazish va xulosa berishdan iborat boʻlgan protsessual harakat tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertining xulosasi deganda sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlarga tushuntirilsinki, ekspertiza ish holatlarini atroflicha va har tomonlama, obyektiv oʻrganish hamda fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarga tushuntirish berish maqsadida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxsning yozma yoki ogʻzaki iltimosiga koʻra tayinlanishi mumkin. Sud oʻz tashabbusi bilan ekspertiza tayinlashga haqli emas, qoʻshimcha ekspertiza tayinlash (XPK 94-moddasining toʻrtinchi qismi), shuningdek qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlash (“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 48-moddasining yettinchi qismi) hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspertiza muassasasida ekspertizaning quyidagi turlari oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekologik ekspertizasi, sud-avtotexnika ekspertizasi, transport vositalarini va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yongʻin-texnikaviy ekspertiza, sud-iqtisodiy ekspertiza, sud-tovarshunoslik ekspertizasi, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlarining ekspertizasi va Yoʻriqnomada koʻrsatilgan boshqa turdagi ekspertizalar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud xatshunoslik ekspertizasi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa ekspertiza muassasalarida ularning ixtisosligidan kelib chiqib boshqa turdagi ekspertizalar ham oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. XPKning 47-moddasi va Qonunning 10 va 11-moddalari mazmuniga koʻra, ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti sifatida oliy maʼlumotga, alohida hollarda esa oʻrta-maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan, ekspertizaning tegishli sohasi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va sud eksperti malakasiga ega boʻlgan davlat sud-ekspertiza muassasasining xodimi (davlat sud-eksperti), sud tomonidan jalb etilgan boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi (sud-ekspertlik ixtisosiga ega boʻlmagan) yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar sud eksperti sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, qonun hujjatlarida ekspertiza muassasasining ixtisosligi yoki ekspertizaning turidan kelib chiqib, sud ekspertining nomzodiga nisbatan boshqa talablar va cheklovlar ham belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. XPK 122-moddasi birinchi qismining 6-bandiga koʻra birinchi instansiya sudi nafaqat xoʻjalik ishini koʻrishda, balki ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida ham ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosi boʻlgan taqdirda ekspertiza tayinlash masalasini koʻrib chiqishga haqlidir. Bunday holda ekspertiza tayinlash masalasi daʼvo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay hal etilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni mavjud va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar boʻyicha qayta koʻrishi sababli, ushbu instansiya sudi ham ishda ishtirok etuvchi shaxsning ogʻzaki yoki yozma iltimosnomasiga koʻra ekspertiza tayinlashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimi asoslantirilgan hamda XPKning 67, 681, 684-moddalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Ajrimda ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan holatlar, tarafning aynan qaysi vaji yoki ishning aynan qaysi holati tekshirilishi kerakligi va ushbu holatni tekshirish uchun qaysi sohadagi mutaxassis fikri zarurligi koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ekspertiza tayinlagan xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nizo predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish holatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ekspertiza tayinlash asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ekspertiza oʻtkazish yuklatilgan muassasaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi oldiga qoʻyilgan savollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari, shu jumladan ashyoviy dalillar, tekshirish uchun namunalar, hujjatlar, ish materiallari va hokazolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) ekspertizani har tomonlama va toʻliq oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Ekspertiza sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi lozim deb topilganda, ajrimda tekshiruv qaysi ixtisosdagi ekspertlar tomonidan oʻtkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil qilish qaysi ekspert muassasasiga yuklatilganligi, tekshirilishi lozim boʻlgan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilayotganligi ham koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ajrim nusxalari komissiyada vakili ekspert sifatida ishtirok etayotgan har bir ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. XPK 67-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspert tomonidan tushuntirish berilishi lozim boʻlgan savollarni hamda sud ekspertining nomzodlari boʻyicha takliflarini taqdim etishga haqli. Ekspertiza oldiga qoʻyiladigan savollarning uzil-kesil mazmunini sud belgilaydi. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan savollar sud tomonidan rad etilgan boʻlsa, ajrimda rad etish sabablari asoslantirilgan boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, tushuntirish berish uchun sud eksperti oldiga nizoni toʻgʻri hal qilishga qaratilgan, ekspertning vakolat doirasiga kiradigan hamda fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollar qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani takroran oʻtkazmaslik maqsadida sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi oldiga qoʻyilayotgan savollar ekspertizani toʻliq oʻtkazish uchun yetarli darajada boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qilinishi sudning vakolatiga kiradigan huquq toʻgʻrisidagi savollar ekspert oldiga qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimning faksimil va yorugʻ sezgir qogʻozga koʻchirilgan nusxasini yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. XPK 83-moddasining 1-bandiga muvofiq ekspertiza tayinlangan hollarda xoʻjalik sudi ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli. Bu haqda alohida ajrim chiqarilishi yoki ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) XPKda nazarda tutilmaganligi bois, sudlar inobatga olishlari lozimki, ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda ish yuritishni toʻxtatib turish ham koʻrsatilib, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) boʻlsa, shikoyat (protest)ning faqat ish yuritishni toʻxtatib turishga oid qismi koʻrib chiqiladi. Agar shikoyat (protest) ajrimning ekspertizani tayinlashga oid qismi ustidan berilgan boʻlsa, uni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar u ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, shikoyat (protest) koʻrib chiqilayotgan instansiya sudida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekspertizaning oʻtkazilishi XPKda ishni koʻrish uchun belgilangan protsessual muddatning buzilishiga olib kelmasa, sud ish yuritishni toʻxtatmasdan ekspertiza tayinlash haqida ajrim chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasiga ekspertiza tayinlash haqidagi sudning ajrimi hamda tekshirish obyekti, ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar aks etgan boshqa hujjatlar (sud majlisi bayonnomasi, shartnomalar, yuk xatlari, schyot-fakturalar, buxgalteriya hujjatlari, maʼlumotnomalar, koʻchirmalar, fotosuratlar va h.k.lar) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tekshirish obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan holda ekspertizaga taqdim etilishi kerak, tekshirish obyektlari ekspertizani tayinlagan sudning vakolatli xodimi tomonidan shaxsan topshirilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar ekspertga hujjatning kseronusxasi yuborilayotgan boʻlsa, unga hujjatning asliga mosligi haqida sudya tomonidan belgi qoʻyiladi, nusxasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish obyektini sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi ixtiyoriga yuborish mumkin boʻlmagan hollarda (bino, inshoot, katta hajmdagi predmetlar va boshqalar) uni koʻzdan kechirish va tekshirish obyekt joylashgan joyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlar tekshirish obyektlarini rasmiylashtirish va sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasiga taqdim etishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu tartibga rioya etmaslik ekspertiza oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilsa, ekspertiza muassasasi rahbari ekspertizani tayinlagan sudga yozma shaklda xabar berishga va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur boʻlgan choralarni koʻrishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan kamchiliklar oʻttiz kun ichida yoki ekspertiza muassasasi rahbarining xatida koʻrsatilgan boshqa muddat ichida bartaraf qilinmasa, ekspertiza muassasasi rahbari tekshirish obyektlari va boshqa materiallarni sudga ijrosiz qaytarishi mumkin. Shu bois bunday talab bildirilgan taqdirda, sudlar murojaatda koʻrsatilgan kamchiliklarni darhol bartaraf etish choralarini koʻrishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tadqiqot oʻtkazish uchun taqdim etilgan materiallar toʻliq boʻlmagan taqdirda, sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi ekspertiza muassasasi rahbari orqali ekspertizani tayinlagan sudga qoʻshimcha materiallarni taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha materiallar murojaatda koʻrsatilgan muddatda, muddat koʻrsatilmagan taqdirda — darhol taqdim qilinishi shart. Agar murojaatda soʻralayotgan qoʻshimcha materiallar boshqa shaxslarda saqlanayotgan boʻlsa, sud ularni XPKning 56-moddasiga muvofiq talab qilib olish va ekspertiza muassasasiga yuborish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarga tushuntirilsinki, ekspertiza muassasasi tomonidan ekspertizani oʻtkazish uning vakolatiga kirmasligi, muassasada tegishli mutaxassis mavjud emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ekspertizani oʻtkazish imkoniyati yoʻqligi vaj qilinib, tekshirish obyekti va boshqa materiallar xulosa berilmasdan sudga qaytarilgan hollarda, ekspertiza oʻtkazishni boshqa ekspertiza muassasasiga yuklash masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. XPK va Qonunga muvofiq qoʻshimcha, qayta, komissiyaviy yoki kompleks ekspertiza ham tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha ekspertizani oʻtkazish dastlabki ekspertizani oʻtkazgan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) yoki boshqa sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) tomonidan, qayta ekspertizani oʻtkazish esa har qanday holda boshqa sud ekspert (yoki sud ekspertlari komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 681-moddasining birinchi qismiga koʻra qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi turli boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi. Bu yerda boʻshliqlar deganda, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasining toʻliq va aniq emasligi, xulosadagi kamchiliklarni ekspert (ekspertlar komissiyasi aʼzolari)ni soʻroq qilish yoʻli bilan ham bartaraf etish imkoni mavjud boʻlmaganligi va shu kabi holatlar tushunilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 681-moddasining ikkinchi qismida ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaviy ekspertiza bir xil ixtisoslikdagi, kompleks ekspertiza esa turli ixtisoslikdagi ikki yoki undan ortiq sud ekspertlari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, qoʻshimcha, qayta, komissiyaviy yoki kompleks ekspertizalar faqat XPK va Qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda tayinlanadi va boshqa asoslar boʻyicha bunday ekspertizalarni tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspert xulosasi sudga yozma shaklda taqdim etiladi va u ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud eksperti xulosasining mazmuni va shakli boʻyicha qoʻyiladigan talablar XPKning 69-moddasi va Qonunning 23-moddasida koʻrsatilgan. Agar sud ekspertining xulosasi ushbu talablarga rioya qilinmagan holda tuzilgan boʻlsa, sud ushbu xulosani ishning holatlarini tasdiqlaydigan hujjat sifatida qabul qilmaydi. Shu bilan birga sud ekspert (sud ekspertlari komissiyasi)dan xulosani qonun talablariga mos holda rasmiylashtirishni talab qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar ekspert xulosasini baholashda shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari (imzo yoki hujjatlarning qalbakilashtirilishi va h. k.) mavjudligi aniqlansa, sud XPK 152-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xususiy ajrim yuborishi kerak. Xususiy ajrimga ekspertiza xulosasining asl nusxasi ilova qilinadi, xulosaning koʻchirma nusxasi esa xoʻjalik ishi hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. XPK 47-moddasining oltinchi qismiga koʻra sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari) bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar boʻladi. Shu munosabat bilan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari) jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi va bu haqda sudning ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi mazmuniga koʻra ekspert xulosasi tushunarli boʻlmagan holda oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar, oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi uchun sud ekspertni sud majlisiga chaqirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, bila turib notoʻgʻri tushuntirishlar berganlik, qoʻshimcha savollarga javoblarni berishni rad etganlik yoki berishdan boʻyin tovlaganlik uchun ham ekspert jinoiy javobgar boʻladi. Shu bois sud bunday hollarda ham sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari)ni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirib, undan yozma tilxat oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. XPK 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. Sud eksperti xulosasi sud tomonidan boshqa dalillar bilan bir qatorda, har tomonlama, toʻliq va xolis tekshirishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosasini baholashda sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari)ning malakasi, taraflarning manfaatlariga rioya qilinganligi, tadqiqotda qoʻllanilgan usullarning ishonchliligi, sud tomonidan qoʻyilgan savollarga berilgan javoblarning asoslantirilganligi hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning xulosasi noaniq boʻlgan, shuningdek u taxminlarga asoslangan taqdirda, xulosa sud tomonidan dalil sifatida baholanishi mumkin emas. Bunday holda sud hal qiluv qarori (qaror, ajrim)da xulosaning dalil sifatida qabul qilmaganligi sabablarini asoslab berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlarga tushuntirilsinki, ilgari koʻrilgan boshqa ish boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha ekspertiza xulosasi sifatida tan olinmaydi. Lekin ekspertiza xulosasi koʻrilayotgan ishga bevosita aloqador boʻlsa, u boshqa dalillar bilan bir qatorda dalil sifatida baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaning 12-bandiga muvofiq, ekspertizani oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlariga yuklangan taqdirda ekspertizani oʻtkazish muddatlari uning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻttiz kun ichida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizaning hajmi va murakkabligi, shuningdek sud ekspertining ish hajmidan kelib chiqib ekspertiza oʻtkazishning quyidagi muddatlari belgilanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam obyektli va murakkab boʻlmagan tekshiruv oʻtkazishga doir materiallar boʻyicha — oʻn kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp obyektli yoki murakkab tekshiruvlar oʻtkazishga doir materiallar boʻyicha — yigirma kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp obyektli va murakkab tekshiruvlar oʻtkazishga doir materiallar boʻyicha — oʻttiz kungacha boʻlgan muddat belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazishni oʻttiz kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda ekspertiza muassasasi rahbari muddat oʻtishidan uch kun oldin asoslangan xulosa tuzadi va bu toʻgʻrida ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yozma ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddatni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, Namunaviy nizomning 7-bandiga koʻra ekspertizani oʻtkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlarga tushuntirilsinki, XPKning 94-moddasi mazmuniga koʻra ekspertiza oʻtkazish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan, agar ikkala tomon bunday iltimosnoma bilan murojaat qilgan boʻlsa, ushbu summa ularning har ikkalasi tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan teng miqdorda oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkaziladigan summaning taxminiy miqdori sud tomonidan aniqlanadi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollar bundan mustasno. Toʻlanadigan uzil-kesil summa xulosa sudga taqdim etilgandan soʻng aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Plenum qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda sudning tashabbusi bilan ekspertiza tayinlangan taqdirda, uni oʻtkazish uchun toʻlanadigan summa sudning depozit hisobvaragʻidan oʻtkazilib, u ishni koʻrish natijalari boʻyicha taraflar oʻrtasida XPKning 95-moddasiga muvofiq taqsimlanadi va undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sudlarga tushuntirilsinki, Namunaviy nizom 8-bandining uchinchi xatboshisiga koʻra ekspertizani oʻtkazish boʻyicha xarajatlar toʻlanmaganligi materiallarni ekspertiza oʻtkazmasdan qaytarish uchun asos boʻladi. Shu bois ekspertizani oʻtkazish boʻyicha xarajatlar toʻlanmaganligi sababli tegishli materiallar ekspertiza oʻtkazilmasdan sudga qaytarilgan taqdirda, sud ekspertiza oʻtkazish boʻyicha xarajatlarning toʻlanganlik yoki toʻlanmaganlik holatini tekshirishi lozim. Bunday xarajatlar toʻlanmagan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ularni toʻlashga imkoni boʻlmagan taqdirda, nizo ishdagi mavjud dalillar asosida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasi K. DAVLETOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-son