Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ICHKI BOZORNI YOGʻOCH-TAXTA MATERIALLARI BILAN TOʻLDIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Uy-joy qurilishini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi va respublika korxonalarining yogʻoch-taxta materiallariga va yogʻochga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini ular bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yuridik shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi respublikaga yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch olib kelishning belgilangan tartibiga yuridik shaxslar tomonidan qatʼiy rioya qilinishi, bojxona rasmiylashtiruvining va bojxona toʻlovlari undirishning toʻgʻri amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-iyul,
305-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Chetdan keltirishda yuridik shaxslar import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan yogʻoch-taxta materiallari, yogʻoch-taxta va yogʻochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ROʻYXATI
|
Tovarning nomi |
TIF TNkodi |
| 1. Ishlov berilmagan, shilingan yoki shilinmagan, xomaki bruslangan yoki bruslanmagan yogʻoch-taxta materiallari |
4403 |
| 3. Uzunasiga arralangan yoki yorilgan, randalangan yoki poʻsti olingan, yoʻnilgan yoki yoʻnilmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch-taxta materiallari |
4407 |
| 4. Yelimlangan fanera uchun bir qatlamli fanera va bir qavatli yupqa fanera uchun listlar (yelimlangan yoki yelimlanmagan) hamda uzunasiga arralangan, qismlarga kesilgan yoki poʻsti olingan, randalangan yoki randalanmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan, 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch |
4408 |
| 6. Yogʻoch-payraxa plitalar va yogʻochdan yasalgan shunga oʻxshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bogʻlovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yogʻochsimon materiallar |
4410 (441032000 dan tashqari |
| 7. Yogʻochdan tayyorlangan yogʻoch-tolali plitalar yoki qatron yoki organik moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan yogʻochsimon boshqa materiallar |
4411 |
| 8. Yelimlanadigan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻxshash materiallar |
4412 |
| 9. Blok, plita, brus yoki bir qolipdagi (buyum) shakllardagi presslangan yogʻoch |
4413 |
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 107-modda; 20-son, 189-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)