Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ICHKI BOZORNI YOGʻOCH-TAXTA MATERIALLARI BILAN TOʻLDIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Uy-joy qurilishini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi va respublika korxonalarining yogʻoch-taxta materiallariga va yogʻochga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini ular bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yuridik va jismoniy shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi respublikaga yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch olib kelishning belgilangan tartibiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qatʼiy rioya qilinishi, bojxona rasmiylashtiruvining va bojxona toʻlovlari undirishning toʻgʻri amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-iyul,
305-son
Oldingi tahrirga qarang.
Chetdan keltirishda yuridik va jismoniy shaxslar import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan yogʻoch-taxta va arralangan materiallar, yogʻoch-taxta va yogʻochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari
roʻyxati
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
|
Tovarning nomi |
TIF TNkodi |
| 1. Ishlov berilmagan, shilingan yoki shilinmagan, xomaki bruslangan yoki bruslanmagan yogʻoch-taxta materiallari |
4403 |
| 2. Temir yoʻllar yoki tramvay yoʻllari uchun yogʻoch shpallar |
4406 |
| 3. Uzunasiga arralangan yoki yorilgan, randalangan yoki poʻsti olingan, yoʻnilgan yoki yoʻnilmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch-taxta materiallari |
4407 |
| 4. Yelimlangan fanera uchun bir qatlamli fanera va bir qavatli yupqa fanera uchun listlar (yelimlangan yoki yelimlanmagan) hamda uzunasiga arralangan, qismlarga kesilgan yoki poʻsti olingan, randalangan yoki randalanmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan, 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch |
4408 |
| 5. Har qanday qirrali yoki yassilikdagi, randalangan yoki randalanmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan, shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan, bir shaklga keltirilgan oʻlchovli (oʻrkachli, oʻyiqli, shpuntlangan, chetlari yoʻnilgan, yarim doira randalangan shaklda biriktirilgan, bir qolipdagi, dumaloqlangan yoki shunga oʻxshash) arralangan binokorlik materiallari (polni parket bilan qoplash uchun yigʻilmagan planka va friz ham shu jumlaga kiradi) (rasmlar, fotosuratlar, oynalar yoki shunga oʻxshash buyumlar uchun bir qolipdagi ramkalardan, shuningdek parket yoki polni yogʻoch bilan qoplash uchun yigʻilmagan brus, planka va frizlardan tashqari) |
4409 (440910110, 0440920110 va 440920910 dan tashqari |
| 6. Yogʻoch-payraxa plitalar va yogʻochdan yasalgan shunga oʻxshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bogʻlovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yogʻochsimon materiallar |
4410 (441032000 dan tashqari |
| 7. Yogʻochdan tayyorlangan yogʻoch-tolali plitalar yoki qatron yoki organik moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan yogʻochsimon boshqa materiallar |
4411 |
| 8. Yelimlanadigan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻxshash materiallar |
4412 |
| 9. Blok, plita, brus yoki bir qolipdagi (buyum) shakllardagi presslangan yogʻoch |
4413 |
(roʻyxatning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2003-yil 17-oktabrdagi 449-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 189-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 107-modda; 20-son, 189-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)