Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridining yagona tizimini yaratish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablagʻlari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tanlov savdolari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlov savdolari majburiy oʻtkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob beradilar;
sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi moddiy javob beradi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan sabablar natijasida soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga toʻlangan jarimalar va penyani pudratchiga toʻliq qoplaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning oʻzgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida kelishuv mavjudligidan qatʼi nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan deb hisoblanadi, ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hollardan tashqari;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari boʻyicha shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida tejalgan mablagʻlar pudrat tashkilotining tasarrufida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida kelishuv mavjudligidan qatʼi nazar, qurish va rekonstruksiya qilishning hisob-kitob (smeta) qiymati oshishiga yoʻl qoʻyilgan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning oʻzgarishi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Hukumat darajasida tasdiqlanishi kerak boʻlgan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan taqdirdagina qabul qilingan deb hisoblanadi.
(2-band Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
3. Belgilansinki, xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan va erkin muomaladagi valyutada haq toʻlanadigan xorijiy kreditlar va grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, agar xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan tuzilgan kredit shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tanlov hujjatlariga ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 50 foizi miqdorida ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari — rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-iyul,
302-son
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom kapital qurilish, shuningdek ilgari toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar qurilishini davom ettirish bilan bogʻliq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini (keyingi oʻrinlarda matnda ishlar, xizmatlar deb yuritiladi) bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish yuzasidan tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida markazlashtirilgan manbalar (davlatning kapital qoʻyilmalari), davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablagʻlari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishda majburiy hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. 2-bandda sanab oʻtilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilish obyektlari uchun mazkur Nizom talablari tavsiya xususiyatiga ega boʻladi.
4. Mazkur Nizom, agar xorijiy kreditlar va grantlar berish shartlariga koʻra oʻzgacha tartib belgilangan boʻlsa, tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga joriy etilmaydi.
5. Tanlov savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror buyurtmachi tomonidan faqat tanlov savdolari predmeti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank maʼlumotnomasi, qurilishlarning aniq roʻyxati, davlat boshqaruv organi qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan taʼminlangan taqdirda qabul qilinadi.
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
boshlangʻich narx – buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi boʻyicha jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari predmetining hisoblab chiqilgan qiymati;
baholovchi guruh – ofertani baholash uchun tanlov komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan vaqtinchalik organ;
baholovchi komissiya – erkin savdoda xaridni amalga oshirishda buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
baholash mezonlari – talabgorlarni tanlash hamda ofertani baholash va savdolar gʻolibini aniqlash uchun foydalaniladigan koʻrsatkichlar;
buyurtmachi – investor yoki tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda investor tomonidan belgilangan yuridik shaxs;
talabgorning malakasini oldindan aniqlash – tanlov savdolarida qatnashishga qoʻyish uchun talabgorlarni tanlash;
investor – tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga oʻz mablagʻlarini yoki qarz olingan mablagʻlarni (budjetdan moliyalashtirishda – nazarda tutilgan mablagʻlarni) qoʻyuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, obyektlar va asosiy vositalarni mukammal taʼmirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish;
tanlov savdolarida ishtirok etishga buyurtmanomalarni taʼminlash – oferent tomonidan buyurtmachining talabiga koʻra ular boʻyicha dastlabki majburiyatni bank beradigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkreditivlar, cheklar shaklidagi tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan istalgan majburiyatning, yoxud taʼminlashning boshqa turlarida taʼminlanishi;
talabgor – ofertasi savdo tashkilotchisi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar taklif etilgan shartlarda tanlov savdolarida qatnashish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tanlov buyurtmanomasi aksepti – uning yutgan ofertasi eʼtirof etilgan holda oferentga yuboriladigan va shartnoma tuzishga taklif hisoblanadigan buyurtmachining yozma bildirishnomasi;
tanlov komissiyasi – mazkur Nizomning 12-bandida sanab oʻtilgan funksiyalarni bajarish uchun buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
tanlov savdolari – tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan mezonlar va shartlarga muvofiq tovarning maqbul yetkazib beruvchisini, ishlarni bajaruvchini va xizmatlar koʻrsatuvchini tanlash usuli;
tanlov savdolari predmeti – tovarlar, ishlar va xizmatlar;
tanlov savdolari tashkilotchisi – buyurtmachi yoki tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan yuridik shaxs;
tanlov hujjatlari – tanlov savdolarining texnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy tavsiflari va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi hamda tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish shartlari, tartib-qoidalari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot mavjud boʻlgan hujjatlar turkumi;
tovar – xomashyo, buyum, konstruksiya, asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, qattiq, suyuq yoki gazsimon holatdagi predmetlar, energiyaning barcha turlari, shuningdek yetkazib beriladigan tovarga qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladigan xizmatlar, agar ularning qiymati tovar qiymatining oʻzidan ortiq boʻlmasa;
oferent – malaka tanlovidan oʻtgan va ofertasi tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan talabgor;
oferta – tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan tanlov savdolari predmetiga nisbatan talabgorning taklifi;
shartnomaviy joriy narx – tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilanadigan tanlov savdolari predmeti narxi;
shartnoma bajarilishini taʼminlash – buyurtmachining talabiga koʻra tanlov savdolari gʻolibi tomonidan ular boʻyicha birlamchi majburiyatni bank oʻz zimmasiga oladigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkredetivlar, cheklar shaklidagi, naqd mablagʻlardagi depozitlar, yoxud boshqa shakllardagi depozitlar shaklidagi shartnomadagi mavjud majburiyatlar bajarilishining taʼminlanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestri — qurilish-pudrat tashkilotlarining ixtisoslashuvga, tashkiliy tuzilmaga va bajariladigan qurilish-montaj ishlari xususiyatiga muvofiq doimiy ishlaydigan qurilish-ishlab chiqarish xodimlari bilan butlanganligi, ularda ishlab chiqarish fondlari (oʻz ishlab chiqarish bazasi, qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, shuningdek kichik mexanizatsiya vositalari) mavjudligi hisobga olingan holda ular toʻgʻrisidagi har yili yangilanadigan yagona elektron maʼlumotlar bazasi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-apreldagi 108-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 201-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Tanlov savdolari qatnashchilari
7. Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
8. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini oʻtkazish shakli, turi va sanasini belgilash;
tanlov savdolari tashkilotchisi funksiyasini amalga oshirish (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan tashkilotga berishi mumkin);
mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari predmetining boshlangʻich qiymatini belgilash.
9. Buyurtmachi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tanlov komissiyasi tarkibini va ish tartibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, uning ishida qatnashadi;
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etiladigan aniq tanlov shartlariga bogʻliq boʻladigan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni taʼminlash shaklini belgilaydi;
tanlov savdolarining tashkilotchisi boʻladi (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan ixtisoslashgan tashkilotga berishi mumkin);
tanlov hujjatlari tarkibini belgilaydi;
talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolariga qoʻyiladigan asosiy talablarni, tanlov savdolari predmetiga qoʻyiladigan va tanlov hujjatlari tarkibiga kiritiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda ekspertizaning oʻtkazilishi va tanlov hujjatlari tasdiqlanishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tanlov savdolari natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tanlov savdolari gʻolibi bilan shartnoma tuzadi;
tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Buyurtmachi investor bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
10. Quyidagilar tanlov savdolari tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tanlov savdolari oʻtkazish tartib-qoidalarini belgilash;
tanlov savdolari predmetiga qoʻyiladigan maxsus, texnik va tijorat talablarini hisobga olgan holda talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolarini oʻtkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;
belgilangan shakl boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni matbuotda chiqarish va/yoki potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborish;
agar tanlov hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, arizalar va ofertalarni qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini taʼminlash;
jalb etiladigan buyurtmachi bilan shartnoma asosida mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilarning ishlarini tashkil etish;
talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish;
ofertalarning asl nusxalarini ular ochilgandan keyin buyurtmachiga berish.
11. Tanlov savdolarini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilot jalb etilgan taqdirda tanlov savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari u bilan buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
12. Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzining ish tartibini belgilaydi;
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlov shartlariga bogʻliq boʻlgan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni taʼminlash shaklini tasdiqlaydi;
ofertani qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
talabgorning malakasini oldindan aniqlaydi, agar u tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa;
tegishli ravishda rasmiylashtirgan holda tanlov savdolarini oʻtkazish tartib-qoidalarini amalga oshiradi;
ichida ofertalar boʻlgan konvertlarni ochadi, ularning tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi (hujjatlarning toʻliq taqdim etilishi, rasmiylashtirish va hokazolar) va konvertlarni ochish toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi;
mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni) jalb etish zarurligini belgilaydi yoki tanlov komissiyasi aʼzolari orasidan baholash guruhini tuzadi;
tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq ofertalarni oʻrganadi, tekshiradi va koʻrib chiqadi, tanlov savdolari gʻolibini aniqlaydi yoki boshqa qaror qabul qiladi;
tanlov savdolarini oʻtkazish jarayonida paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi va tartibga soladi hamda ular boʻyicha tegishli xulosalar chiqaradi.
13. Tanlov komissiyasi aʼzolari soni toq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoidaga koʻra, tanlov komissiyasi tarkibiga investor, buyurtmachi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xizmat koʻrsatuvchi bank vakillari kiritiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlov savdolari predmetiga bogʻliq ravishda tanlov komissiyasi tarkibiga loyiha, ekspert tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
14. Tanlov komissiyasi tarkibida investor va buyurtmachining vakillari soni komissiya aʼzolari umumiy sonining toʻrtdan bir qismidan ortiq boʻlmasligi kerak.
15. Agar majlisda tanlov komissiyasi aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashsa tanlov komissiyasi huquqiy vakolatli hisoblanadi.
16. Tanlov savdolarini oʻtkazish tartib-qoidalari bosqichlari boʻyicha qaror tanlov takliflarini baholash mezonlarini hisobga olgan holda tanlov komissiyasi tomonidan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
17. Tanlov komissiyasi majlislarida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining vakolatli vakili ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Tanlov savdolari shakllari
18. Tanlov savdolari quyidagilarga boʻlinadi:
ochiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanmaydi;
yopiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanadi.
Yopiq tanlov savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
19. Ochiq yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning malakasi oldindan aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan, yoxud ikki bosqichli boʻlishi mumkin.
Talabgorning malakasini oldindan aniqlash tanlov savdolarining birinchi turi, tanlov savdolarining gʻolibini aniqlash – uning ikkinchi turi hisoblanadi.
20. Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov savdolari oʻtkazishda talabgorlarning umumiy roʻyxati tuziladi, talabgorning malakasi oldindan aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar oʻrtasida tanlov savdolari oʻtkaziladi.
21. Ikki bosqichli tanlov savdolari:
buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va oʻziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlmagan;
shartnomada ishlarni ularning rentabelligini taʼminlash uchun yetarli boʻlgan yoki tadqiq etish yoki ishlab chiqishga sarflangan xarajatlar qoplanishini taʼminlaydigan hajmlarda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar oʻtkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida boʻlgan hollarda oʻtkaziladi.
22. Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda konseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va tuzatilishi kerak boʻlgan, tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan shartlar asosida ishlab chiqilgan oferta bahosi koʻrsatilmagan holda taqdim etiladi. Tanlov savdolari predmeti parametrlari boʻyicha oferent bilan muzokaralar olib borilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida qatnashishga yoʻl qoʻyiladigan ofertalar tanlab olinadi;
ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda koʻrsatilgan holda ofertalari tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga oʻtgan qatnashchilarning takliflari va buyurtmanomalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Yopiq tanlov savdolari ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkabligi (yoki tor ixtisoslashuvi) bilan farqlanadigan va faqat pudratchilar (yetkazib beruvchilar)ning cheklangan soni bilangina bajarilishi mumkin boʻlgan hollarda tashkil etiladi.
24. Yopiq tanlov savdolarini oʻtkazishda tanlov savdolari tashkilotchisi pudratchilar (yetkazib beruvchilar) umumiy sonidan oldindan yetarlicha malaka maʼlumotlariga ega boʻlganlarni, biroq ularning kamida uchtasini tanlaydi va ularga tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Agar yopiq savdolarda qatnashishga rozilik bildirgan pudratchilar (yetkazib beruvchilar) soni uchtadan kam boʻlsa, u holda tanlov shartlari aniqlashtirilgan va/yoki unga tuzatishlar kiritilgan holda takroriy tanlov savdolari eʼlon qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
26. Yopiq tanlov savdolarini tashkil etishda matbuotda eʼlon berilmaydi, tanlov savdolari taklif etilgan talabgorlar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming AQSh dollariga teng summani tashkil etgan hollarda ular:
xarid qilinadigan tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi, miqdori, bajarish muddatlari va tovarni yetkazib berish punkti koʻrsatilgan holdagi takliflarni talabgorlarga yuborish;
yetkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan eʼlon qilingan baho va tavsiflarni taqqoslash yoʻli bilan erkin savdoda amalga oshirilishi mumkin.
(27-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 49-son, 480-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan 500 mln soʻmgacha qiymatda boʻlgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni bajarish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash faqat kichik biznes subyektlari oʻrtasida amalga oshiriladi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
28. Erkin savdoda xarid qilishda takliflarning yetkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan aloqa kanallari orqali yozma shaklda taqdim etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
29. Erkin savdoda xarid qilishda yetkazib beruvchi yoki pudratchini tanlash baholash komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
30. Baholash komissiyasi buyurtmachi tomonidan kamida besh nafar vakolatli mutaxassisdan iborat tarkibda tayinlanadi. Baholash komissiyasining qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
31. Quyidagi hollarda:
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori mavjud boʻlganda;
xarid qilinadigan tovar (ish, xizmatlar) yagona yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan ishlab chiqarilsa (realizatsiya qilinsa);
Oldingi tahrirga qarang.
import tovar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda xarid qilinganda shartnomaning toʻgʻridan toʻgʻri tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
32. Agar tanlov savdolari predmetining boshlangʻich qiymatiga nisbatan tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari iqtisodiy jihatdan foydali boʻlmasa, bunday ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar mustaqil lotlarga boʻlingan holda bitta tanlov savdolariga birlashtiriladi, bunda gʻolib, qoidaga koʻra, har bir lot boʻyicha aniqlanadi.
33. Buyurtmachining asoslangan qaroriga muvofiq tanlov savdolari predmetini lotlarga boʻlgan holda tanlov savdolari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi (qurilish va montaj ishlari, asbob-uskunalarni xarid qilish va montaj qilish, yuklarni transportda tashish va hokazo).
Bunda gʻolib, qoidaga koʻra, har bir lot boʻyicha aniqlanadi, bosh pudratchi tashkilot funksiyasini buyurtmachi bajaradi va loyihada nazarda tutilgan ishlar va xizmatlarning butun kompleksi bajarilishi uchun javob beradi. Investor va/yoki buyurtmachi tovarlarni xarid qilishda tanlov savdolari predmeti boʻlinishi uchun javob beradi.
34. Tanlov savdolarini keyinchalik tanlov savdolari predmeti uchun nazarda tutilmagan turlar boʻyicha oʻtkazish imkonini beruvchi uning qiymatini pasaytirish maqsadida tanlov savdolari predmetini ongli ravishda boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
IV. Talabgorga qoʻyiladigan malaka talablari
35. Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tanlov savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablagʻlarning yoki koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni berishga bank kafolatnomasi, ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur boʻlgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligi;
(35-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 49-son, 480-modda)
shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala huquqiy layoqat va vakolatlar;
ustav sarmoyasining miqdori;
tanlov obyektiga oʻxshash obyektlarda ishlash tajribasining mavjudligi;
oʻz kuchlari bilan ilgari bajarilgan ish hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tanlov obyektida oʻz kuchlari bilan bajariladigan ishlarning moʻljallanayotgan hajmi (foizlarda).
Tanlov savdolarida qatnashish talabgoriga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan boshqa talablar ham qoʻyilishi mumkin.
36. Agar tanlov savdolari predmeti hisoblanadigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan bogʻliq faoliyat qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak boʻlsa belgilangan tartibda berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan talabgorlar tanlov savdolarida qatnashishga qoʻyiladi.
37. Tanlov komissiyasi talabgor (oferent)dan uning malaka maʼlumotlariga muvofiqligini tasdiqlovchi dalillarni hujjatli shaklda taqdim etishni talab qilishga haqlidir.
38. Talabgorlarga tanlov savdolarida qatnashishga malaka talablari tanlov hujjatlari tarkibida koʻrsatib oʻtiladi.
39. Malaka talablariga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarni baholash tanlov hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
40. Tanlov komissiyasi:
talabgorlarning oʻz intellektual mulkini yoki tijorat sirini muhofaza qilish huquqini buzishga;
talabgorlar (oferentlar)ning tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan malaka maʼlumotlariga nisbatan mezonlar va talablarni belgilashga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Quyidagilarning:
taʼsis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bogʻliq boʻlgan qurilish tashkilotlarining;
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilmagan qurilish tashkilotlarining tanlov savdolarida qatnashishi taqiqlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-apreldagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 201-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
42. Buyurtmachining tor ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlari ochiq tanlov savdolarida umumiy asoslarda qatnashadilar, yopiq tanlov savdolarida esa tanlov savdolari tashkilotchisi kamida ikkita chet qatnashchini taklif qilishi shart.
43. Malaka maʼlumotlari toʻgʻrisida notoʻgʻri axborot aniqlangan taqdirda tanlov komissiyasi qarori bilan talabgor (oferent) bundan keyin tanlov savdolari tartibotida qatnashishdan chetlatiladi.
44. Malaka maʼlumotlari toʻgʻrisida tanlov savdolari natijasiga taʼsir qilmaydigan unchalik muhim boʻlmagan noaniqliklar mavjud boʻlgan axborotni taqdim etgan talabgor (oferent)ga tanlov komissiyasi qarori bilan aniqlangan noaniqliklarni uning ofertasini koʻrib chiqish davomida tuzatishiga ruxsat etilishi mumkin.
45. Qayta tashkil etish (boʻlinish, birlashish), tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan, mulki xatlab qoʻyilgan talabgorlar tanlov savdolari tartibotlarida qatnashishga qoʻyilmaydi.
V. Tanlov savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik
46. Tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi yoki potensial pudratchilarga (yetkazib beruvchilarga) tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda yoki tanlov savdolarida qatnashishga taklifnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
tanlov savdolari tashkilotchisining nomi va manzili;
tanlov savdolari predmetini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari;
tanlov savdolari predmetining tavsifi va uni sotish joyi;
tanlov savdolari predmetini sotish muddati;
talabgorlarga qoʻyiladigan asosiy shartlar;
tanlov hujjatlarini sotib olish joyi va uning uchun toʻlov miqdori;
ofertalarni taqdim etish joyi, oxirgi kuni va vaqti;
ofertalarni ochish joyi, kuni va vaqti.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov savdolari va /yoki talabgorning malakasini oldindan aniqlash toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida chop etiladi. Buyurtmachining qaroriga koʻra xorijiy pudratchilar (yetkazib beruvchilar) tanlov savdolarida qatnashishga taklif etilishi mumkin. Bunda mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilari, xizmatlar koʻrsatuvchilari) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan narx preferensiyalari shuningdek qonunchilikka muvofiq kichik biznes subyektlari uchun ajratiladigan kvotalar miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan eʼlon, qoidaga koʻra, eng ommaviy davriy nashrlarda, gazetalarda, web-caytda va /yoki BMTning Development Business nashrida, shuningdek xorijiy mamlakatlarning elchixonalari orqali taklifnomalar joʻnatish vositasida amalga oshiriladi.
(47-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Ofertalarni taqdim etish muddati eʼlon ommaviy axborot vositalarida berilgan kundan boshlab kamida oʻttiz kunni yoki taklifnomalar joʻnatilgan kundan boshlab oʻttiz besh kunni tashkil etishi kerak.
“Melioratsiya obyektlarida taʼmirlash-tiklash ishlari obyektlari uchun ofertalarni taqdim etishning eng qisqa muddati ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilgan kundan boshlab 15 kunni yoki taklifnomalar joʻnatilgan kundan boshlab 20 kunni tashkil etadi”.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 49-son, 480-modda)
49. Tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon faqat tanlov hujjatlariga ijobiy ekspert xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina chop etilishi mumkin.
VI. Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
50. Tanlov hujjatlari, qoidaga koʻra, uch qismdan: umumiy, texnik va tijorat qismidan iborat boʻladi.
51. Umumiy qismga quyidagilar kiradi:
tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma;
tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish yuzasidan shartnomaning umumiy shartlari;
talabgorlarning tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalari shakli;
talabgorning malakasini hamda uning texnik va moliyaviy ahvolini baholash talablari va mezonlarini, takliflarni moliyaviy baholash va tanlov savdolari gʻolibini aniqlash mezonlari, tanlov savdolari tartibotiga taalluqli boshqa hujjatlardan iborat boʻlgan yoʻriqnoma.
52. Texnik qism Qurish, rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash, loyihalash, qurilish obyektlari uchun materiallar, konstruksiyalar va jihozlar xarid qilishga doir tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Tanlov hujjatlarining tijorat qismi tovar (ishlar, xizmatlar) narxidan, ishlar (xizmatlar)ni bajarish va/yoki tovarni yetkazib berish shartlaridan, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va shartlaridan, tanlov savdolari predmetini sotish muddatidan, shartnoma loyihasidan iborat boʻladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda)
54. Buyurtmachi tomonidan eʼlon qilingan narx bilan tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tanlov savdolari predmetining boshlangʻich narxi eʼlon va taklifnomada koʻrsatiladi. Bunda tanlov savdolari tanlov savdolari predmetining boshlangʻich narxini pasaytirish yuzasidan oʻtkaziladi.
55. Ofertalarni taqdim etish tartibi tanlov hujjatlarida belgilanadi.
Taqdim etilayotgan oferta tanlov hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
56. Xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan va erkin muomaladagi valyutada haq toʻlanadigan xorijiy kreditlar va grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, agar xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan tuzilgan kredit shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tanlov hujjatlariga ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 50 foizi miqdorida ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari — rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi.
57. Tanlov va talabgorning malakasini oldindan aniqlash hujjatlariga, ofertani joylashga va markirovka qilishga, takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlariga shartlar va talablar tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ofertalarni taqdim etish muddati tugagungacha tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir, tashkilotchi ular toʻgʻrisida tanlov hujjatlarini olgan talabgorlarga darhol xabar qilishi, ofertalarni taqdim etish muddatini ofertaga tuzatish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqtga uzaytirishi kerak.
58. Tanlov hujjatlari ular uchun toʻlov toʻlangandan keyin taqdim etiladi.
Toʻlov miqdori buyurtmachi va/yoki tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan, tanlov hujjatlarini koʻpaytirish va tarqatish qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
59. Tanlov savdolari tashkilotchisi talabgorning soʻroviga koʻra tanlov hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan savollarga yozma ravishda javob berishi, tanlov savdolarining barcha qatnashchilariga javobni soʻrov manbaini koʻrsatmasdan yuborishi shart.
60. Tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari va /yoki talabgorlar oʻrtasida xabarlar, bildirishnomalar va boshqa axborotlarni almashish tanlov hujjatlari tarkibida tasdiqlangan shakl boʻyicha yozma ravishda amalga oshiriladi.
VII. Ofertalarni taqdim etish
61. Ofertaning amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.
Oferta uni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagungacha qaytarib olinishi mumkin.
62. Talabgorning imzosi va muhri qoʻyilgan oferta savdolar tashkilotchisiga konvertga solib yelimlangan holda joʻnatiladi.
63. Taqdim etish muddati tugagandan keyin olingan oferta koʻrib chiqilmaydi.
Ofertani taqdim etish sanasi tanlov savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasidagi oferta olinganligi toʻgʻrisidagi qayd boʻyicha yoki tanlov savdolari tashkilotchisining oferentga berilgan (oferta chopar orqali yetkazib beriladigan hol) oferta olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi sanasi boʻyicha belgilanadi.
64. Talabgor oferta tarkibida tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan, lekin tanlov savdolari predmeti hisoblab chiqilgan qiymatining koʻpi bilan 2 foizi miqdorida taʼminlashni taqdim etadi.
Taʼminlashning amal qilish muddati ofertaning amal qilish muddatidan kam boʻlmasligi kerak.
65. Buyurtmachi tanlov hujjatlarida taʼminlash kafilining ishonchliligi boʻyicha talablarni, uning shakllarini va tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani taʼminlashdan foydalanish tartibini belgilashi mumkin.
66. Tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani taʼminlash:
tanlov savdolari gʻolibiga – shartnoma tuzilgandan keyin, shartnoma ijrosini talab qilinadigan taʼminlash taqdim etilgach;
qolgan oferentlarga – tanlov savdolari gʻolibi bilan shartnoma tuzilgandan keyin, lekin ofertaning amal qilish muddatidan kechikmay;
ofertani qaytarib olgan oferentga – uni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagungacha qaytariladi.
Buyurtmanomani taʼminlash uni qaytarish uchun asos paydo boʻlgan vaqtdan boshlab oʻn kun mobaynida qaytariladi.
67. Tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani taʼminlash:
ofertani taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagach ofertani oʻzgartirgan yoki uni qaytarib olgan oferentga;
tanlov savdolari gʻolibiga – oferta uning amal qilish davrida qaytarib olinganda, tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda shartnoma tuzish yoki shartnoma ijrosining talab qilinadigan taʼminlanishini taqdim qilish rad etilganda qaytarilmaydi.
VIII. Tanlov savdolarini oʻtkazish va ularni yakunlash
68. Tanlov savdolari, qoidaga koʻra, buyurtmachi joylashgan joyda oʻtkaziladi.
69. Tanlov komissiyasi majlisi ushbu Nizomning 48-bandida belgilangan muddat tugagandan keyin oʻtkaziladi.
Majlis vaqtida ofertalar solingan konvertlar ochiladi, shartlar va tartibotlarga rioya qilinishi, tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
70. Ofertalar solingan konvertlarni ochish qatnashish istagini bildirishgan oferentlar yoki ularning vakolatli vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Tanlov komissiyasi majlisi natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Tanlov komissiyasi majlislari natijalari toʻgʻrisidagi axborot qatnashmagan oferentga yozma shaklda yetkaziladi.
71. Hujjatlar paketida tanlov hujjatlari talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda hujjatlar ularning mazmuni eʼlon qilinmasdan oferentga qaytariladi.
72. Tanlov komissiyasi tanlov hujjatlarining eʼlon qilingan shartlarga nomuvofiqligini yoki ofertani rasmiylashtirishdagi noaniqliklarni ular boshqa qatnashchilarning reytingiga taʼsir koʻrsatmaydigan va ularga yoʻl qoʻygan tanlov savdolari qatnashchisiga ustunlik bermaydigan hollarda eʼtiborga olmasligi mumkin.
73. Tanlov hujjatlari shartlariga javob beradigan ofertalar boʻyicha oferentning ismi (nomi), malaka maʼlumotlari, taklif qilingan narxlar va bajarish muddatlari, shuningdek oferent tomonidan tanlov hujjatlari talablariga muvofiq kiritilgan qoʻshimcha takliflar hisobga olinadi.
74. Tanlov komissiyasi majlisida ofertani koʻrib chiqish davomida oferent tomonidan ofertaning mazmuni tushuntirib berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda ofertaning mazmunini, shu jumladan narxi yoki bajarish muddatini oʻzgartiruvchi tushuntirishlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
741. Qatnashchilarning tijorat takliflarini teng shartlarga keltirish maqsadida ular boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq import qiluvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni importga yetkazib beriladigan tender takliflari qatnashchilarning tender takliflarini baholashda koʻrsatib oʻtilgan soliq summasi qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi.
(741-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 50-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda)
75. Ofertada arifmetik xatolar mavjudligi aniqlangan taqdirda soʻzlar bilan koʻrsatilgan yakuniy summa toʻgʻri miqdor sifatida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Savdolarning turidan qatʼi nazar, tanlov savdolari gʻolibi tanlov komissiyasining yopiq majlisida aniqlanadi. Tender komissiyasi gʻoliblarni eng koʻp raqobatli narxlar, yetkazib berish va ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) shartlari, toʻlov hamda tender shartlarida belgilangan boshqa mezonlar boʻyicha, shuningdek tender savdolarida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga narx preferensiyalari berish tartibini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq aniqlaydi. Tanlov savdolari gʻolibi tanlov qatnashchilari ishtirokida eʼlon qilinadi, ishtirok etmagan qatnashchilar belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 50-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda)
77. Ofertalarni koʻrib chiqish, baholash va taqqoslash natijalari toʻgʻrisidagi axborot oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
78. Tanlov komissiyasining har bir majlisida protokol yuritiladi.
Qoidaga koʻra, bu – talabgor malakasini oldindan aniqlash, konvertlarni ochish, tanlov savdolari gʻoliblarini aniqlash va tanlov savdolari oʻtkazish tartiboti bilan bogʻliq boʻlgan boshqa protokollardir.
79. Tanlov savdolari buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin tugallangan hisoblanadi.
80. Buyurtmachi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilgan kundan boshlab besh kun muddatda ommaviy axborot vositalarida tanlov savdolari natijalari (predmeti, gʻolibi, investitsiya loyihasining shartnomaviy narxi va uni amalga oshirish muddati) toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Tanlov savdolari agar:
Oldingi tahrirga qarang.
ofertalarni taqdim etish muddatida uchtadan kam oferta tushsa ;
(81-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
ofertalar tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmasa;
ofertalarda tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani taʼminlash kafolati mavjud boʻlmasa;
oferentlar tomonidan taklif etilgan narxlar tanlov savdolari predmeti boshlangʻich qiymatidan ancha ortiq boʻlsa;
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha tanlov komissiyasi tomonidan asoslangan boshqa holatlar paydo boʻlsa oʻtkazilmagan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan kvotalar boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari qatnashchilari oʻrtasida ushbu toifa korxonalar mavjud boʻlmasa.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
82. Tanlov savdolarining oʻtkazilmagan deb eʼlon qilinishi asosiy qatnashchilardan birontasining mulkiy yoki boshqacha tusdagi javobgarligiga olib kelmaydi.
83. Agar tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilsa tanlov savdolari takroran oʻtkaziladi, bunda tanlov hujjatlari shartlarining qaytadan koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
84. Tanlov savdolari tashkilotchisi ular tugallangandan keyin tanlov savdolari gʻolibiga besh kundan kechikmay yozma bildirishnoma joʻnatadi.
85. Shartnoma tanlov savdolari gʻolibi bildirishnomani olgan kundan boshlab oʻn kun muddatda tuziladi.
86. Agar tanlov savdolari gʻolibi shartnoma tuzishni rad etsa yoki shartnoma ijrosini taʼminlashni belgilangan muddatda taqdim etmasa, u holda buyurtmachi tanlov komissiyasi bilan birgalikda ofertasi ikkinchi bahoni olgan oferentni tanlov savdolari gʻolibi deb eʼtirof etishi yoki takroriy tanlov savdolari oʻtkazishni tayinlashi mumkin.
87. Shartnoma ijrosini taʼminlash miqdori buyurtmachi tomonidan, lekin tanlov savdolarida belgilangan qiymatning koʻpi bilan 10 foizi miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
88. Tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan, erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladigan shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida amalga oshiriladi.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
IX. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish hamda tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi monitoringi
89. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolarini oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi hamda uning metodlari va usullarining asoslanganligini aniqlash, tanlov savdolarini tashkil etish, tanlov savdolarini oʻtkazish shartlari va tartibotiga rioya qilish monitoringi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
90. Tanlov hujjatlari ekspertizasi shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar shartlariga hamda ushbu Nizomga rioya qilinishi tanlov hujjatlari ekspertizasi predmeti hisoblanadi.
91. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
tanlov savdolari predmeti va tashkilotchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tanlov hujjatlari;
tanlov komissiyasini tayinlash va uning tarkibi toʻgʻrisidagi buyruq;
moliyaviy resurslarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank maʼlumotnomasi, qurilishlarning aniq manzilli roʻyxati, davlat boshqaruv organi qarori va boshqalar). Zarur hollarda ekspertiza organi savdolar tashkilotchisidan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Import tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilishda buyurtmachi tanlov hujjatlari tarkibida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining narxlar konyunkturasi boʻyicha xulosasini taqdim etadi.
(91-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
92. Tanlov hujjatlari ekspertizasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Qurilish, rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash, loyihalash, qurilish obyektlari uchun materiallar, konstruksiyalar va jihozlar xarid qilishga doir tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
93. Tanlov hujjatlari ekspertizasi va ekspertiza organi tomonidan tegishli xulosani berish ushbu Nizomning 91-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Takroriy ekspertiza besh kun muddatda oʻtkaziladi.
94. Quyidagilar monitoring obyekti hisoblanadi:
tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, shartnoma tuzish;
loyihani amalga oshirishda tanlov savdolari shartlarining bajarilishi;
ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallarining ijrosi;
qurilishi tugallangan obyektni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish.
95. Monitoring buyurtmachi va pudratchi tomonidan tomonlarning tanlov savdolari shartlarini bajarishi toʻgʻrisida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hududiy boshqarmasiga har oyda taqdim etiladigan axborotlarni tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlov hujjatlariga buyurtmachi va pudratchi tomonidan axborotlar taqdim etish boʻyicha majburiyatlarni kiritish tanlov savdolari shartlarining uzviy qismi hisoblanadi.
Monitoring natijalarini umumlashtirish “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
96. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnomani takliflar bilan birga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
X. Narxlarga tuzatishlar kiritish va sugʻurta
97. Tanlov savdolarida belgilangan narx qatʼiy narx hisoblanadi.
98. Birinchi moliyaviy yil mobaynida narxlarga hamda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish yuzasidan shartnomani bajarish muddatiga tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
99. Ikkinchi yil va undan keyingi yillar uchun shartnoma narxlariga tuzatishlar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
100. Tanlov savdolari gʻolibi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obyekt qurilishining sugʻurta qilinishini taʼminlaydi.
XI. Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari
101. Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, tanlov hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
102. Tanlov savdolari tanlov savdolari predmetini sotishning maqsadga muvofiq emasligi sababli bekor qilingan taqdirda ularni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar amaldagi xarajatlar boʻyicha buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
XII. Tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi
103. Tanlov savdolari qatnashchilari qonun hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga muvofiq javob beradilar.
104 Buyurtmachi:
tanlov komissiyasini shakllantirishda uning tarkibiga oid talablarga rioya etilishi;
tanlov savdolari predmeti uchun nazarda tutilmagan shakllar boʻyicha tanlov savdolarini amalga oshirish imkonini beradigan uning qiymatini kamaytirish maqsadida tanlov savdolari predmetini boʻlishga yoʻl qoʻyilishi;
tanlov savdolari gʻolibi bilan shartnoma tuzish muddatining buzilishi;
shartnomada kelishilgan muddatlarda fizik, sifatga doir va texnik parametrlar boʻyicha shartnoma shartlarining bajarilmaganligi;
tanlov shartlarining bajarilishi monitoringi uchun notoʻgʻri axborot taqdim etilganligi;
tomonlar oʻrtasidagi shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi tugallangandan keyin uch yil mobaynida ofertalar originallarining saqlanmaganligi;
tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibotlarining boshqacha buzilishlari uchun javob beradi.
Agar uning uchun qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma tuzish shart boʻlgan buyurtmachi shartnomani tuzishdan voz kechsa yoki bosh tortsa tanlov savdolari gʻolibi shartnomani tuzish yoki yetkazilgan zararni va boy berilgan foydani undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qiladi.
105. Tanlov savdolari tashkilotchisi:
ofertalar taqdim etish muddati tugagungacha tanlov hujjatlariga tanlov hujjatlarini olishgan talabgorlarga oʻz vaqtida xabar qilmasdan va ofertaga tuzatishlar kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqt uchun ofertalarni taqdim etish muddatini uzaytirmasdan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi;
tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni tanlov hujjatlariga ijobiy ekspert xulosasisiz chop etganlik;
arizalar va ofertalarni qabul qilib olishni rad etganlik, ularni hisobga olishni taʼminlamaganlik, konvertlarni ochishgacha ularning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlamaganlik;
tanlov savdolarini oʻtkazish tartiboti buzilganligi;
tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibotining boshqacha buzilishlari uchun javob beradi.
106. Tanlov komissiyasi:
tanlov savdolarini oʻtkazish tartibotlari bosqichlari boʻyicha kam ovoz bilan va/yoki tanlov takliflarini baholash mezonlarini hisobga olmasdan qaror qabul qilinganligi;
talabgor (oferent)dan uning malaka maʼlumotlariga muvofiqligini tasdiqlovchi dalillarni hujjatli shaklda taqdim etishning asossiz talab qilinishi;
talabgorlarning oʻz intellektual mulki yoki tijorat sirini muhofaza qilishga boʻlgan huquqi buzilganligi;
talabgorlar (oferentlar)ning malaka maʼlumotlariga nisbatan tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar va talablar belgilanganligi;
tanlov savdolarida qatnashishga:
Oldingi tahrirga qarang.
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilmagan qurilish tashkilotlarining;
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-apreldagi 108-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 201-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
muassislik hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bogʻliq boʻlgan tashkilotlarning;
qayta tashkil etish (boʻlinish, birlashish) tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan, mulki xatlab qoʻyilgan talabgorlarning qoʻyilganligi;
talabgor (oferent)ning tanlov savdolari tartibotida qatnashishdan asossiz ravishda chetlatilganligi;
tanlov savdolarining boshqa qatnashchilari reytingiga taʼsir qilmaydigan, ularga yoʻl qoʻygan tanlov savdolari qatnashchisiga ustunlik bermaydigan hollarda tanlov hujjatlarining eʼlon qilingan shartlarga yoki ofertani rasmiylashtirishdagi noaniqliklarga nomuvofiqligi eʼtiborga olinganligi;
oferta mazmunini oʻzgartiradigan tushuntirishlar va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilganligi, shu jumladan narxlar yoki bajarish muddati oʻzgartirilganligi;
ofertani tanlov komissiyasi majlisida koʻrib chiqish davomida oferentning tushuntirish berishiga asossiz ravishda yoʻl qoʻyilmaganligi;
axborotning oshkor qilinganligi, savdolar qatnashchilarining oʻzaro yoki jalb etilgan mutaxassislar bilan kelishuviga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek qonunga zid boshqa xatti-harakatlar qilinganligi;
tanlov savdolari gʻolibining tanlov komissiyasining ochiq majlisida aniqlanganligi, tanlov savdolari gʻolibini eʼlon qilish tartiboti buzilganligi, ishtirok etmagan qatnashchilarning oʻz vaqtida xabardor qilinmaganligi;
tanlov savdolari tartibotining boshqacha buzilishlari uchun javob beradi.
107. Tanlov savdolari gʻolibi:
fizik, sifatga doir va texnik parametrlar boʻyicha shartnoma shartlarining shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganligi;
tanlov shartlarining bajarilishi monitoringi natijalarining buzilganligi;
tanlov shartlari va shartnomaning boshqacha buzilishlari uchun javob beradi;
Agar tanlov savdolari gʻolibi shartnoma tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda shartnoma bajarilishi taʼminlanishini taqdim etmasa, u holda buyurtmachi tanlov komissiyasi bilan birgalikda ofertasi ikkinchi bahoni olgan oferentni tanlov savdolari gʻolibi deb eʼtirof etishi yoki takroriy tanlov savdolari oʻtkazishni tayinlashi mumkin.
108. Tanlov savdolari tartibotidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar va nizolar, buyurtmachi, savdolar tashkilotchisi yoki tanlov savdolari boshqa qatnashchilarining xatti-harakatlari va qarorlar yuzasidan shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
XIII. Yakunlovchi qoida
109. Tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, oʻrganishlar oʻtkazishda, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari murojaatlari va tegishli organlarning taqdimnomasi asosida nazorat qilinadi. Ushbu nazorat va oʻrganishni amalga oshirish tartibi monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilanadi.
(XIII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 105-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 34-36-son, 264-modda; 2008-y., 49-son, 480-modda; 2009-y., 9-son, 89-modda; 52-son, 560-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2012-y., 8-9-son, 79-modda, 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 18-son, 201-modda; 2015-y., 44-son, 564-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 26-son, 592-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son; 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)