Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2003 YIL 30 IYuNDAGI PF-3270-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bir hafta muddatda Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
2003-yil 1-iyuldan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi oʻzgarganligi munosabati bilan ushbu korxonalarda oʻsha davrda amal qilgan tizimidan kelib chiqqan holda oʻtgan davr uchun soliqlar toʻlash boʻyicha majburiyatlar saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
4. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda isteʼmolchilar bilan hisob-kitob qilish uchun plastik kartalardan foydalanish boʻyicha zarur miqdorda maxsus jihoz oʻrnatish tavsiya etilsin.
5. Belgilansinki, yuridik shaxslar tomonidan bank kassasiga topshirilgan naqd mablagʻlarni qabul qilish va qayta hisoblash uchun, shuningdek ularga naqd mablagʻlar berilishida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlar uchun toʻlov undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 31-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 41-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 65-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qarorining 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qaroriga 4 va 5-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyundagi 270-son qaroriga ilovaning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin;
bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-iyul,
300-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 104-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)