Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGINING APELLYATSIYA KENGASHI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA PATENT VAKILLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida” hamda “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Patent vakillari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-iyul,
298-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida” hamda “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi (keyingi oʻrinlarda Apellyatsiya kengashi deb ataladi) vakolatlarini, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Apellyatsiya kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi kollegial organi sifatida amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
3. Apellyatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulkni muhofaza qilishga doir xalqaro shartnomalariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
II. Apellyatsiya kengashining vakolatlari
4. Apellyatsiya kengashi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Agentlikning talabnoma berilgan:
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
sanoat mulki obyektlari;
seleksiya yutuqlari;
integral mikrosxemalar topologiyalari;
tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlariga nisbatan qabul qilingan qarorlari yuzasidan apellyatsiyalarni koʻrib chiqadi;
b) manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning:
sanoat mulki obyektlariga;
seleksiya yutuqlariga patent berilishi yuzasidan apellyatsiyalarini koʻrib chiqadi;
v) manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning integral mikrosxemalar topologiyalarining roʻyxatdan oʻtkazilishi yuzasidan apellyatsiyalarini koʻrib chiqadi;
g) manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning:
sanoat mulki obyektlariga va seleksiya yutuqlariga berilgan patentlarning haqiqiyligi;
Oldingi tahrirga qarang.
tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, tovarning kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligi;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishining amal qilishi yuzasidan apellyatsiyalarini koʻrib chiqadi;
d) quyidagilarning:
integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarning;
tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga berilgan, tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilishi toʻxtatilishi yuzasidan apellyatsiyalarini koʻrib chiqadi;
e) tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilishi bekor qilinishi yuzasidan apellyatsiyalarini koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya kengashi Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi (keyingi oʻrinlarda “ariza” deb ataladi).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya yoki ariza koʻrib chiqilishi munosabati bilan:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslardan, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslardan apellyatsiyani yoki arizani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni soʻrab olishga;
qoʻshimcha ekspertiza tayinlash, uni oʻtkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik ixtiyoridagi patent hujjatlari va ilmiy-texnika adabiyotlari davlat fondlaridan foydalanish huquqiga egadir.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
III. Apellyatsiya kengashi tarkibi va uni shakllantirish tartibi
6. Apellyatsiya kengashi Kengash raisi, uning oʻrinbosari, kengash aʼzolari va kotibidan iborat tarkibda faoliyat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning bosh direktori Apellyatsiya kengashi raisi hisoblanadi. Apellyatsiya kengashi tarkibiga Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlari, Patent idorasining eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya kengashining shaxsiy va son tarkibi Agentlik bosh direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
7. Apellyatsiya kengashi raisi, uning topshirigʻiga koʻra esa – uning oʻrinbosari Apellyatsiya kengashining faoliyatini tashkil etadi.
8. Apellyatsiya kengashida ishlar kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Apellyatsiya kengashi kotibi Apellyatsiya kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas.
IV. Apellyatsiya kengashi faoliyatini tashkil etish
9. Apellyatsiya kengashi faoliyati majlislar oʻtkazish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Majlislar zaruriyatga koʻra Apellyatsiya kengashi raisi tomonidan, u boʻlmagan taqdirda esa uning oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi.
Apellyatsiya kengashi majlisida protokol yuritiladi, uni Apellyatsiya kengashi raisi va kotibi imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Apellyatsiya kengashi majlislarida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashishga haqlidirlar. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis boʻlishidan kamida oʻn kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishi kerak.
Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga binoan Apellyatsiya kengashi majlisi kengash qaroriga koʻra kechroq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga koʻchirilishi mumkin. Bunda apellyatsiyalarni yoki arizalarni koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi Apellyatsiya kengashi majlisining yangi sanasigacha toʻxtatib turiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
11. Intellektual mulk obyektiga huquqiy muhofaza berish toʻgʻrisidagi talabnomani koʻrib chiqishda va uning boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etgan Apellyatsiya kengashi aʼzolari xulosa berish yoki Apellyatsiya kengashining mazkur intellektual mulk obyekti bilan bogʻliq apellyatsiyalar koʻrib chiqilayotgan majlisida qatnashish huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar zarur boʻlgan taqdirda ular Apellyatsiya kengashi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etilishi kerak. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga koʻra qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni taqdim etish muddati Apellyatsiya kengashi tomonidan uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunda apellyatsiyalarni yoki arizalarni koʻrib chiqish belgilangan muddatining oʻtishi uzaytirish muddatigacha toʻxtatib turiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Apellyatsiyalar yoki arizalar berish va ularni Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqish qoidalari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Apellyatsiyalarni yoki arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya kengashi apellyatsiyalarni yoki arizalarni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki apellyatsiyalarni yoki arizalarni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Apellyatsiya kengashi qabul qilingan qarorlarning asoslanganligini va qonuniyligini taʼminlaydi.
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Apellyatsiya kengashi ayni paytda ushbu roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilishini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Apellyatsiya kengashi qarori yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Apellyatsiya kengashi qarorlari qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslarga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi, shuningdek Agentlikning rasmiy nashrida eʼlon qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Apellyatsiya kengashi faoliyatini moliyalashtirish apellyatsiyalarni yoki arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan patent bojlari hisobiga amalga oshiriladi. Patent bojlari Agentlikka toʻlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Patent bojlari miqdori, ularni toʻlash muddatlari, shuningdek ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Patent vakillari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Patent vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom talablariga muvofiq unga yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs patent vakili hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy shaxslar Agentlikda attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
intellektual mulk obyektini muhofaza qilish sohasida yoxud intellektual mulk obyektlariga huquqlarni muhofaza qilish sohasida advokat sifatida kamida toʻrt yil ish stajiga ega boʻlish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan belgilanadigan hajmda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari sohasida bilimlarga hamda malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan tegishli koʻnikmalarga va amaliy qoʻllanish tajribasiga ega boʻlish.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Agentlik va unga qarashli tashkilotlar xodimlari patent vakillari sifatida attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Patent vakili oʻz kasb faoliyatini ham mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida, ham yollanish boʻyicha ishlagan holda amalga oshirishi mumkin. Yollanish boʻyicha ishlaydigan patent vakili Agentlikka ushbu ish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Patent vakili ushbu ish bilan bogʻliq barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida Agentlikka bir oy muddatda xabar qilishi shart. Agentlik mazkur maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Patent vakilini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish Agentlik tomonidan Agentlik belgilaydigan patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Attestatsiya patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Attestatsiya malaka imtihoni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Agentlik tomonidan malaka va apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiyalar tarkibiga Agentlikning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Malaka komissiyasi malaka imtihonini oʻtkazish tartibini, imtihon topshiriqlarini tasdiqlaydi, imtihon oluvchilarni tayinlaydi, malaka imtihoniga qoʻyish toʻgʻrisida va nomzodning patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya komissiyasi patent vakilligiga nomzodlarning malaka komissiyasi qarori yuzasidan shikoyatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizom talablarini buzadigan xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Patent vakilligiga nomzodlar oʻzlarining malakasiga taalluqli masalalarning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishida shaxsan ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Patent vakilligiga nomzod Agentlikka oʻzini patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beradi. Arizaga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasida yoki advokat sifatida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya qilish sohasida zarur ish stajiga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar, attestatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligi haqidagi hujjat, shuningdek nomzodning istagiga koʻra uning kasb bilimlari darajasini tavsiflovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etgan va qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlgan shaxslar malaka imtihoniga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Patent vakilligiga nomzod imtihonga kelganda pasportini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar malaka komissiyasi qarori bilan patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkaziladi va ularga malaka komissiyasining attestatsiyadan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi qarori beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Malaka komissiyasi patent vakilligiga nomzodni attestatsiyadan oʻtkazishni quyidagi hollarda rad etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) ushbu Nizomning 3—5-bandlarida bayon qilingan talablarga rioya qilinmaganda;
b) attestatsiya uchun belgilangan toʻlov nomzod tomonidan toʻlanmaganda.
Ushbu bandning “a” kichik bandi asosida attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan patent vakilligiga nomzod kamida olti oydan keyin takroriy attestatsiyaga qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Patent vakilligiga nomzod attestatsiyadan oʻtkazishning, shu jumladan malaka imtihoniga qoʻyishning rad etilgani yuzasidan u attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgani toʻgʻrisidagi qarorni olgan sanadan boshlab 3 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya komissiyasi shikoyat boʻyicha u olingan sanadan boshlab bir oy muddatda qaror qabul qiladi.
15. Attestatsiyadan oʻtgan patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazish uning attestatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin boʻlgan arizasi asosida amalga oshiriladi. Arizaga patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qaror nusxasi, roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganligi va patent vakili guvohnomasi berilganligi uchun belgilangan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi. Agar roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmasa attestatsiyadan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Agentlik roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadan boshlab bir oy mobaynida tegishli maʼlumotlarni patent vakillarining davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) kiritadi, patent vakiliga guvohnoma beradi va roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qiladi. Guvohnoma shakli, eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Kasb faoliyatini amalga oshirish huquqi reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish sanasidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik attestatsiyadan oʻtmagan shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan, roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanmagan, shuningdek ushbu Nizomning 3—5-bandlariga muvofiq patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar paydo boʻlgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Patent vakili oʻz faoliyatini intellektual mulkning alohida obyektlari yoki xizmatlarning alohida turlari bilan cheklashi mumkin. Agar patent vakilligiga nomzod bunday cheklash toʻgʻrisida malaka imtihoni topshirishgacha maʼlum qilsa, u holda imtihon ushbu cheklashni hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Patent vakilining faoliyatini cheklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga va patent vakiliga beriladigan guvohnomaga kiritiladi.
19. Patent vakilining oʻz faoliyati cheklanishini rad etishiga u ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
III. Shikoyatlarni koʻrib chiqish va patent vakillarini reyestrdan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yuridik va jismoniy shaxslarning patent vakilining noqonuniy xatti-harakatlari yoki ushbu Nizomni buzuvchi xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlari Agentlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Agentlik patent vakilini ana shunday shikoyat tushganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oʻziga qoʻyilgan talablarni buzgan patent vakiliga nisbatan apellyatsiya komissiyasi qarori asosida quyidagi choralar koʻrilishi mumkin:
ogohlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Patent vakili oʻz malakasi va faoliyatiga taalluqli masalalar Agentlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilayotganda shaxsan qatnashish huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Patent vakili Agentlik tomonidan reyestrdan:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
patent vakilining oʻz arizasi;
patent vakilining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyidan koʻchib ketishi yoxud ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sudning qarori;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
patent vakilining patent vakili faoliyati bilan shugʻullanishini taqiqlash yoki bunday faoliyat imkoniyatini istisno qiluvchi boshqa jazolar toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Patent vakilini reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi axborot Agentlik tomonidan rasmiy axborotnomada reyestrdan chiqarish sabablari koʻrsatilgan holda eʼlon qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Patent vakili reyestrdan uning arizasi asosida chiqarilgan taqdirda takroriy roʻyxatdan oʻtkazish, qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazmasdan, reyestrdan chiqarilish sanasidan boshlab besh yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
26. Patent vakili oʻziga murojaat qilgan har qanday shaxs manfaatlarini ifoda qilish vakolatiga ega. Patent vakilining ishlarni olib borishga vakolatlari unga nomidan ish olib boriladigan shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Agentlik oldida vakillik qilishga ishonchnoma patent vakiliga ishonch bildiruvchi tomonidan oddiy yozma shaklda beriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxslar va xorijiy yuridik shaxslar tomonidan ishonchnoma ishonchnoma tuzilayotgan mamlakatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Patent vakili ishonch bildiruvchidan uning topshirigʻini bajarish munosabati bilan oladigan axborot, agar ishonch bildiruvchi tomonidan boshqacha holat maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa yoki uning xatti-harakatlaridan kelib chiqmasa, maxfiy deb eʼtirof etiladi.
Patent vakili, agar u manfaatlari ishni olib borish toʻgʻrisida iltimos qilgan shaxs manfaatlariga zid boʻlgan shaxslar nomidan mazkur ish boʻyicha vakillik qilgan boʻlsa yoki ularga maslahatlar bergan boʻlsa yoxud ishni koʻrib chiqishda boshqacha tarzda qatnashgan boʻlsa, shuningdek agar ishni koʻrib chiqishda patent vakiliga qarindosh boʻlgan mansabdor shaxs qatnashgan boʻlsa, topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
28. Patent vakillari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq patent vakillari agentligini va boshqa tashkilotlarni, shuningdek jamoat birlashmalarini tashkil etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Patent vakillarini attestatsiyadan, roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish, guvohnomalar berish, qoʻshimcha attestatsiya oʻtkazish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun Agentlik tomonidan Agentlik belgilaydigan va tegishli xarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan miqdorlarda toʻlov undiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)