01.07.2003 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NEFT MAHSULOTLARINI SOTISH VA ULARGA TARIFLARNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft bazalarining yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etilganligini, xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilgʻi qoʻyish xususiy shoxobchalari mavjudligini hisobga olgan holda neft mahsulotlari sotish mexanizmini takomillashtirish, ularning raqobat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2003-yil 1-iyuldan boshlab neft mahsulotlarining narxlarini va ularga ustamalarni shakllantirish tartibi joriy etilsin, unga koʻra respublikaning har bir mintaqasida neft mahsulotlari sotuvchi korxonalar (neft bazalari va AYQSH)ning cheklangan ustamalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan parametrlar doirasida mintaqaviy moliya organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, ulgurji isteʼmolchilar va xususiylashtirilgan AYQSHlarga neft mahsulotlari xarid qilish yuzasidan bir vaqtning oʻzida turli neft bazalari bilan shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi. Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ulgurji isteʼmolchi yoki chakana isteʼmolchilarga neft mahsulotlari sotuvchi AYQSH neft mahsulotlarining asosiy hajmini oladigan neft bazasini mustaqil ravishda tanlaydi. Boshqa neft bazasiga asosiy sifatida biriktirib qoʻyishga faqat oldingi asosiy neft bazasidan qarz mavjud boʻlmaganda yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha neft mahsulotlarini boshqa neft bazalaridan olishga faqat haqini 100 foiz oldindan toʻlash shartida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori (OʻR QT, 1998-y., 9-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandidagi “Toshshaharneftmahsulot” korxonasi” soʻzlari “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin va taqdim etsin, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
1-iyuldagi 296-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi korxonalari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda neft mahsulotlari sotish huquqiga litsenziyaga ega boʻlgan boshqa korxonalar tomonidan sotiladigan neft mahsulotlariga cheklangan ustamalarni shakllantirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mintaqalar” — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mintaqaviy moliya organlari” — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi, viloyatlar hokimliklari moliya boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Neft mahsulotlarini neft bazalarigacha tashish haqi miqdorini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi oʻz mahsulotini ichki bozorda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiya qilinadigan narxlar boʻyicha sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Neft mahsulotlarini “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga sotishda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi temir yoʻl orqali neft bazalarigacha tashish haqi miqdorini shunday tartibda belgilaydiki, bunda aynan bir turdagi bir tonna neft mahsulotining istalgan neft bazasigacha yoki neft bazasi filialigacha tashish summasi bir xil boʻlishi kerak. Bunda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining neft mahsulotlarini temir yoʻl orqali tashish boʻyicha mumkin boʻlgan salbiy moliyaviy natijasi belgilangan tartibda hisoblangan aksiz soligʻining bir qismini uning tasarrufida qoldirish hisobiga qoplanadi, salbiy moliyaviy natijaning oʻzi esa qaytadan soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Neft bazalari ustamalarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublikaning har bir mintaqasi doirasidagi neft bazalari uchun tegishli mintaqaviy moliya organi tomonidan ular tomonidan sotiladigan neft mahsulotlarining bir tonnasiga cheklangan ustamalar soʻmlarda deklaratsiya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bitta mintaqa doirasida neft mahsulotlarining har xil turlari uchun turlicha cheklangan ustamalarning deklaratsiya qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarining har xil turlari uchun qabul qilib olish, saqlash, sigʻimlardan chiqarib olish va tashish boʻyicha texnik shartlarda jiddiy tafovutlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarining har xil turlari boʻyicha qabul qilib olish, saqlash va sotishga ishlab chiqarish xarajatlari oʻrtasida jiddiy tafovutlarning paydo boʻlishiga olib keladigan boshqa obyektiv omillar mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Neft mahsulotlarini yetkazib berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarini isteʼmolchilarga bevosita neft bazalaridan avtotsisternalarda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlarini isteʼmolchilarga bevosita neftni qayta ishlash korxonalaridan temir yoʻl sisternalarida yetkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda neft mahsulotlarining aynan bir turi boʻyicha deklaratsiyalash yetkazib berish turiga qarab turli cheklangan ustamalar bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Neft bazalari ustamalarni deklaratsiyalangan cheklangan ustamalardan past darajada belgilash huquqiga ega. Aynan bitta neft bazasidan va neft mahsulotlarining aynan bir turini turli isteʼmolchilarga aynan bitta sanada turli ustamalar bilan sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Butun respublika boʻyicha markazlashtirilgan tartibda yagona chakana narxlar belgilanadigan neft mahsulotlarini AYQSH orqali va neft bazasi tarkibiga kiruvchi boshqa boʻlinmalar orqali sotishda sotish narxi va xarid narxi oʻrtasidagi ijobiy tafovut (neft bazasining cheklangan ustamasini hisobga olgan holda), qoʻshilgan qiymat soligʻini chegirib Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan summa fuqarolarning alohida toifalariga avtobenzin sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan organlarga oʻtkazilgan pul mablagʻlari summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar ajratilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Neft bazalarining cheklangan ustamalarini deklaratsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori hamda boshqa qonun hujjatlari bilan cheklangan narxlar va ustamalarni deklaratsiyalash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ustamalarni isteʼmolchilar bilan kelishish protokollari talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilgʻi quyish xususiy shoxobchalarida ustamalarni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har bir mintaqada xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilgʻi quyish xususiy shoxobchalari uchun ular ixtiyorida qoladigan, ular tomonidan chakana isteʼmolchilarga sotiladigan bir tonna neft mahsulotlariga soʻmlardagi ustamalarning cheklangan miqdori belgilanadi. Bunda bir mintaqa doirasida neft mahsulotlarining har xil turlari uchun har xil cheklangan ustamalar belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Cheklangan ustamalar mintaqaviy moliyaviy organlar tomonidan belgilanadi hamda xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilgʻi quyish xususiy shoxobchalariga tegishli cheklangan ustama kuchga kiradigan sanadan kamida 5 kun oldin yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilgʻi quyish xususiy shoxobchalari ustamalarni belgilangan cheklangan ustamalardan past darajada belgilash huquqiga egadir, biroq bu butun respublika boʻyicha yagona chakana narxlar markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan neft mahsulotlariga joriy etilmaydi. Shu bilan birga aynan bir avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasidan aynan bir sanada har xil isteʼmolchilarga bir xil turdagi neft mahsulotlarini har xil ustamalar bilan sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Butun respublika boʻyicha yagona chakana narxlar markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan neft mahsulotlari boʻyicha, agar chakana narx bilan sotib olish narxi oʻrtasidagi tafovut avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasining belgilangan cheklangan ustamasidan ortiq boʻlgan taqdirda, ortiq summa uch bank kuni mobaynida mahalliy budjetga oʻtkazilishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan muddat buzilgan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun mahalliy budjetga olib qoʻyiladigan 0,07 foizli stavka boʻyicha penya hisoblanadi. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasining belgilangan cheklangan ustamasidan ortiq boʻlgan, mahalliy budjetga oʻtkazilishi kerak boʻlgan chakana narx bilan sotib olish narxi oʻrtasidagi tafovut yalpi daromadga soliqni hisoblab chiqishda soliq solish obyektiga kiritilmaydi.
(14-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalari parametrlarini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Neft bazalari choraklik moliyaviy hisobotlar topshirish bilan bir vaqtda mintaqaviy moliya organlariga cheklangan ustamalarga deklaratsiya toʻldirish uchun taqdim etiladigan formatda tamom boʻlgan chorak uchun daromadlar va xarajatlarni moddalar boʻyicha koʻrsatgan holda koʻrsatib oʻtilgan hisobotlarning nusxalarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi har bir oy tamom boʻlishidan oldin oʻn besh kundan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga neft bazalari va ularning filiallari tomonidan oldingi oyda neft mahsulotlari turlari boʻyicha sotilgan neft mahsulotlari tonnasi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har bir mintaqada neft mahsulotlarining bozor fondini (tonnada) oʻzlariga tegishli xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilgʻi quyish xususiy shoxobchalari orqali mintaqa hududida sotish hajmida eng yuqori salmoqqa ega boʻlgan kamida 5 korxona moliyaviy natijalarining monitoringi olib boriladi. Koʻrsatib oʻtilgan korxonalar har chorakda mintaqaviy moliya organlariga tamom boʻlgan chorak uchun quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choraklik moliyaviy hisobotlar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va neft mahsulotlari turlari boʻyicha neft mahsulotlari sotishning fizik hajmlari toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mintaqaviy moliya organlari har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga neft bazalarining, xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilgʻi quyish xususiy shoxobchalarining cheklangan va amaldagi ustamalari oʻzgarishi dinamikasi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring jarayonida olingan maʼlumotlardan kelib chiqib miqdorni aniqlaydilar, ushbu miqdor doirasida respublika boʻyicha neft bazalari va avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarining cheklangan ustamalarini deklaratsiyalashga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu miqdor navbatdagi kalendar chorak uchun aniqlanadi va chorak boshlanishidan oldin bir haftadan kechikmay mintaqaviy moliya organlariga va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga yetkaziladi. Ushbu cheklangan miqdorlar shuningdek neftni qayta ishlash zavodlarining sotish narxlari yoxud butun respublika boʻyicha markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan yagona daraja boʻyicha neft mahsulotlariga chakana narxlar qayta koʻrib chiqilgan hollarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizomga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda ularning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ustamalarning belgilangan cheklangan darajalari korxonalar tomonidan oshirilgan taqdirda noqonuniy olingan daromad summasi belgilangan tartibda jarima solingan holda olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 102-modda; 2004-y., 52-son, 523-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2005-y., 52-son, 386-modda; 2006-y., 43-44-son, 429-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda, 31-son, 261-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda; 8-9-son, 85-modda; 2013-y., 11-son, 141-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)