Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-iyun,
270-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda; 1996-y., 1-son, 1-modda; 2000-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisida Nizom 5-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda; 1999-y., 11-son, 64-modda; 2000-y., 8-son, 45-modda, 2001-y., 6-son, 34-modda; 2002-y., 7-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash Tartibi I boʻlimi 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “chiqindilar tashlaganlik, tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlaganlik uchun toʻlov” soʻzlari “atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1.5.1.5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarib tashlaganlik, oqizganlik uchun toʻlovlar” soʻzlari “atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 92-modda; 13-son, 104-modda; 2005-y., 52-son, 386-modda)