18.08.2014 yildagi PQ-2224-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining grantidan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan ajratib berilayotgan grantdan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2013-yil uchun grant yordamini ajratish toʻgʻrisida 2013-yil 3-dekabrda imzolangan Hadli bitim (keyingi oʻrinlarda — Hadli bitim) doirasida Koreya Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun 5,5 mln AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya tomonidan mazkur loyihani amalga oshirishda “KOICA” xalqaro hamkorlik koreys agentligi masʼul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihaning asosiy vazifalari unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish, kelgusida uni interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portaliga birlashtirish, shuningdek uni amalga oshirish uchun zarur dasturiy taʼminot, yordamchi materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi ajratilayotgan grantdan maqsadli foydalanish va mazkur loyihani samarali amalga oshirish uchun Oʻzbekiston tomonidan masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirishga Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb qilish uchun belgilangan tartibda barcha zarur tartib-taomillar bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihani amalga oshirish doirasida amaldagi qonunchilikka muvofiq grant mablagʻlari hisobidan olib kirilayotgan va sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat)lar bojxona toʻlovlaridan, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadli bitimga muvofiq mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Koreya Respublikasi fuqarolari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasida unifikatsiyalashtirilgan “Bir oyna” bojxona axborot tizimini joriy etish yoʻli bilan bojxona xizmatini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari yuridik shaxslarning foyda soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi mazkur loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlarni tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlari va temir yoʻl stansiyalarida ortish- tushirish va saqlash ishlarini haq undirmasdan oʻtkazishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasining talabnomasiga binoan mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlarni undirmay rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasining talabnomasiga binoan mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda koʻp martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek ularni yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2224-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 34-son, 431-modda)