Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2017 11.06.2003 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

VALYUTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA ALMAShTIRISh KURSLARINI BIRXILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta savdolarida operatsiyalar oʻtkazilishini soddalashtirish va almashtirish kurslarini birxillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2003-yil 16-iyundan boshlab import isteʼmol tovarlari va xizmatlarni (shu jumladan transport va aloqa) sotishdan olingan soʻmdagi tushumni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilish shakllanayotgan talab va taklifdan kelib chiqib belgilangan tartibda banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 39-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-son qaroriga ilova)ning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 58-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 87-modda)