Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ASILLIK DARAJASI TOʻLOVI VA ASILLIK DARAJASI TOʻLOVINI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-sonli “Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Quyidagilar:
Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovi miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-may,
232-son
Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovi miqdorlari
|
T/r |
Ishlarning nomi |
Oʻlchov birligi |
Asillik darajasi toʻlovi miqdori, soʻm |
|
I. Asillik darajasini belgilaganlik va tamgʻalaganlik uchun toʻlov | |||
| 1.1 | Fonddagi metalldan tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash | | |
| | oltindan yasalgan buyumlar | g | 150 |
| | kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari | g | 32 |
| | kumushdan yasalgan maishiy buyumlar | g | 18 |
| | platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 145 |
| 1.2 | Fonddan tashqari manbalardan tushgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | dona | 490 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | dona | 145 |
| 1.3 | Jismoniy shaxslardan tushayotgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning as�llik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 160 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | g | 36 |
| | oltindan yasalgan soat korpusi | dona | 650 |
| | platina va palladiydan yasalgan soat korpusi | dona | 740 |
| | kumushdan yasalgan soat korpusi | dona | 160 |
| 1.4 | Xorijdan sotib olingan va Oʻzbekiston Respublikasida sotish uchun moʻljallangan xorijda tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash, bojxona deklaratsiyasi mavjud boʻlganda | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 175 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | g | 50 |
| 1.5 | Xorijdan sotib olingan va Oʻzbekiston Respublikasida sotish uchun moʻljallangan xorijda tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash, bojxona deklaratsiyasi boʻlmaganda | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 350 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | g | 100 |
|
II. Muzeylar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlaganlik uchun toʻlov | |||
| 2.1 | Tarkibida 1-5 element mavjud boʻlgan kichik oddiy buyumlar (tangalar, uzuklar va shunga oʻxshash buyumlar) | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan kichik oddiy buyumlar | g | 72 |
| | kumushdan yasalgan kichik oddiy buyumlar | g | 18 |
| 2.2 | Har qanday massadagi murakkab buyumlarning asillik darajasini belgilash qiymati buyum tarkibida: | | |
| | 6 tadan 15 tagacha element boʻlganda — 2 baravar; | | |
| | 16 tadan 50 tagacha element boʻlganda — 3 baravar; | | |
| | 51 tadan 100 tagacha element boʻlganda — 4 baravar; | | |
| | 100 tadan ortiq element boʻlganda — 5 baravar koʻpayadi. | | |
| 2.3 | Ayrim hollarda noyob buyumlar, asillik darajasini belgilash murakkab boʻlgan buyumlar yoki tarkibidagi elementlar sonini aniqlash imkoni boʻlmagan buyumlarning asillik darajasini belgilashda toʻlov miqdori shartnoma asosida belgilanadi. | | |
|
III. Buyumlarni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov | |||
| 3.1 | Mulkchilik shakllaridan va moliyalashtirish turidan qatʼi nazar, tashkilotlar, korxonalar va jismoniy shaxslar uchun tamgʻalarning izlari, shaxsiy tamgʻalarning asillik darajasi, haqiqiyligi va sifatini belgilash: | | |
| | zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlar | g | 500 |
| | texnik maqsaddagi buyumlar | g | 20 |
| | stomatologiya muassasalari uchun buyumlarni ekspertizadan oʻtkazish | g | 65 |
| 3.2 | Tekshirish jarayonida muomaladagi nazorat qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari boʻlmagan yoki asillik darajasi tamgʻalari va shaxsiy tamgʻalarning izlari qalbaki boʻlgan buyumlarni ekspertizadan oʻtkazish | g | 750 |
| 3.3 | Qalbaki tamgʻalar va soxta shaxsiy tamgʻalar izlarini yoʻqotish (taqdim etuvchining yozma roziligi bilan) | dona | 750 |
| 3.4 | Shaxsiy tamgʻa berilganligi uchun toʻlov | dona | 14400 |
|
IV. Tekshirib chiqilganligi uchun toʻlov | |||
| 4.1 | Zargarlik, yasama tish qotishmalari va boshqa qotishmalardagi: | | |
| | kupelyatsiya usuli bilan oltinni aniqlash (nazorat tartibida) | 1 tekshiruv | 3200 |
| | kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| | atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash | 1 tekshiruv | 5610 |
| 4.2 | elektrolitlar, yuvish uchun suvlar va eritmalar (suyuq oltin)dagi: | | |
| | oltinni aniqlash (soʻngida kupelyatsiya usuli bilan) | 1 tekshiruv | 3200 |
| | kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| | atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash | 1 tekshiruv | 5610 |
| 4.3 | qoplamalar, zargarlik kretslari, shliflar va shlamlardagi: | | |
| | oltinni aniqlash (soʻngida kupelyatsiya usuli bilan) | 1 tekshiruv | 3200 |
| | kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| 4.4 | yorugʻlikni sezadigan turli kino-foto-rentgen materiallar va fiksaj eritmalardagi kumushni aniqlash (titrlash usuli bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| 4.5 | Rudalar, jinslar, konsentrantlarni eritish usuli bilan asillik darajasini tekshirish: | | |
| | oltin va kumushning asillik darajasini tekshirish | 1 tekshiruv | 4015 |
| | oltin va kumushning asillik darajasini kvartlab tekshirish | 1 tekshiruv� | 4820 |
| | platina guruhiga kiruvchi metallarning asillik darajasini jamlash | 1 tekshiruv | 3130 |
| 4.6 | Atom-emissiya spektometrida 1-8 element boʻyicha miqdoriy tekshirish | 1 tekshiruv | 5610 |
| 4.7 | Asillik darajalaridagi namlikni aniqlash | 1 tekshiruv | 725 |
| 4.8 | Asillik darajalaridagi qizdirish paytidagi kamomadni aniqlash | 1 tekshiruv | 725 |
| 4.9 | Katalizatorlarda platinani spektrofotometrik tekshirish | 1 tekshiruv | 4825 |
| 4.10 | Rentgen-fluoressent spektrometrda asillik darajasining kimyoviy tarkibini tekshirish (60 elementgacha) |
| |
| | tezkor tekshirish (asosiy qismlar) | 1 tekshiruv | 4475 |
| | aralashmalarni tekshirish | 1 tekshiruv | 13815 |
| 4.11 | Rentgen-fluoressent spektrometrda buyumlar, qotishmalar va zargarlik sanoati parchalarini miqdoriy tekshirish | 1 tekshiruv | 990 |
| 4.12 | Rentgen mikroanalizatorda bir nuqtada namunaning (metal�, qotishma, buyumning) kimyoviy tarkibini tekshirish | 1 tekshiruv | 4575 |
| 4.13 | ICP-mass-spektrometrda namunada kimyoviy elementlar tarkibini miqdoriy tekshirish | 1 tekshiruv | 14080 |
Asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Nizom
1. Mazkur Nizom Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi oʻrinlarda matnda Asillik darajasini belgilash palatasi deb yuritiladi) tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi belgilaganligi, tekshirilganligi va ular tamgʻalaganligi uchun asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Asillik darajasi toʻlovi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3. Asillik darajasi toʻlovi qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga olmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar asillik darajasi toʻlovini toʻlovchilar hisoblanadi.
5. Toʻlovchilar tomonidan toʻlangan asillik darajasi toʻlovi qaytarib berilmaydi.
6. Asillik darajasi toʻlovi Oʻzbekiston Respublikasi banklari orqali Asillik darajasini belgilash palatasi hisob raqamiga toʻlanadi, keyinchalik respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Asillik darajasini belgilash ishlari uchun toʻlov oltin, kumush va boshqa qimmatbaho boyliklarning massasi aniq koʻrsatilgan holda, ushbu qimmatbaho boyliklarning zargarlik korxonalaridan, boshqa tashkilotlardan yoki jismoniy shaxslardan tushishidan qatʼi nazar, buyumlarning toshlar bilan birgalikdagi umumiy massasidan undiriladi.
8. Davlat zargarlik korxonalari uchun asillik darajasini belgilash va tamgʻalashning tezkorligi uchun asillik darajasi toʻlovi:
xulosa bir sutka mobaynida berilganda — uch baravar;
xulosa ikki sutka mobaynida berilganda — ikki baravar koʻpayadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalashning tezkorligi uchun asillik darajasi toʻlovi:
xulosa bir sutka mobaynida berilganda — olti baravar;
xulosa ikki sutka mobaynida berilganda — toʻrt baravar;
xulosa uch sutka mobaynida berilganda — uch baravar koʻpayadi.
9. Nomaʼlum qotishmadan yasalgan buyumlarni qabul qilishda asillik darajasi toʻlovi:
sariq rangli metalldan yasalgan buyumlar uchun — oltin buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
oq rangli metalldan yasalgan buyumlar uchun — kumush buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
kulrang metalldan yasalgan buyumlar uchun — platina buyumlar uchun belgilangan miqdorda undiriladi.
10. Barcha parallel belgilashlar bitta tekshirish sifatida hisobga olinadi.
11. Asillik darajasini belgilash palatasi xodimlari tomonidan tanlab olingan materiallarning nazorat namunalarini tekshirganlik va ekspertizadan oʻtkazganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan asillik darajasi toʻlovi miqdoriga muvofiq toʻlov toʻlanadi.
12. Tashqi nazorat* boʻyicha tekshirish oʻtkazilganligi uchun tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi toʻlovining ikki baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
*Tashqi nazorat — oʻlchovlarning mushtarakliligiga erishish, turli laboratoriyalarda bajarilgan tekshirishlar natijalaridagi muntazam tafovutlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida asillik darajasini kimyoviy tekshirish natijalarining aniqlik koʻrsatkichlarini boshqa korxona (tashkilot) laboratoriyasida tekshirish.
13. Arbitraj* tekshirishlari oʻtkazilganligi uchun tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi toʻlovining uch baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
* Arbitraj nazorati — aynan bitta asillik darajasini kimyoviy tekshirish natijalari boʻyicha laboratoriyalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish maqsadida kimyoviy tekshirishlar natijalarining aniqlik koʻrsatkichlarini xolis laboratoriyada tekshirish.
14. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi uchun oʻtkaziladigan tekshirish va ekspertizalar toʻlovsiz bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Asillik darajasi toʻlovining toʻgʻri undirilganligi uchun javobgarlik Asillik darajasini belgilash palatasiga yuklanadi.
16. Asillik darajasi toʻlovining toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi va budjetga toʻlanganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
17. Asillik darajasi toʻlovi nazarda tutilmagan boshqa yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlar uchun toʻlov shartnomaviy narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 79-modda;2005-y., 3-4-son, 24-modda)