Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011 23.05.2003 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAZORAT-KASSA MAShINALARIDAN FOYDALANIShDA JAVOBGARLIKNI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-kassa mashinalarining texnik holati va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun javobgarlikni oshirish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda ulardan noqonuniy foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, nazorat-kassa mashinalarini mamlakatimizda ishlab chiqaruvchilar, ularni yetkazib beruvchilar va ulardan foydalanuvchilar, shuningdek ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash korxonalari foydalanilayotgan nazorat-kassa mashinalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi, mashinaning daromad yashirilishiga ko‘maklashuvchi fiskal xotirasiga xizmat ko‘rsatuvchi dasturning noqonuniy o‘zgartirilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatishni va ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ularni ta’mirlash hamda plombalash bo‘yicha talablarga qat’iy rioya etilishi uchun javob beradilar, fiskal xotiraga xizmat ko‘rsatish dasturlarining noqonuniy o‘zgartirilishi hollari to‘g‘risida soliq organlariga darhol xabar qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomni ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash va ulardan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 9-10-son, 78-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; 46-47-son, 458-modda)