Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI ORGANLARI UChUN KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 296-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-502-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bojxona organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq va bojxona organlari akademiyasining “Bojxona ishi” fakulteti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kolleji negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Oliy harbiy bojxona institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oliy harbiy bojxona instituti bojxona ishi sohasida kadrlarning bazaviy kasb tayyorgarligini amalga oshiradi;
Oliy harbiy bojxona institutiga oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi;
bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha tinglovchilar 4 yil, magistrlar tayyorlash dasturi boʻyicha 2 yil oʻqitiladi;
tinglovchilarning Oliy harbiy bojxona institutida oʻqish davri bojxona organlaridagi xizmati stajiga qoʻshiladi;
Oliy harbiy bojxona institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Davlat bojxona qoʻmitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi;
Oliy harbiy bojxona instituti negizida bojxona organlari xodimlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
3. Quyidagilar Oliy harbiy bojxona institutining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kadrlarning bazaviy kasbiy tayyorgarligi, ularning bilimlarni zamonaviy talablar darajasida egallashi, bojxona organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek tinglovchilarda kasb vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan barqaror axloqiy-psixologik fazilatlarni va boshqa fazilatlarni qaror toptirish;
respublikaning iqtisodiy xavfsizligini vijdonan himoya qilishga qodir boʻlgan ijtimoiy faol, halol xodimlarni tarbiyalash;
oʻquv-tarbiya jarayonining bojxona organlari oldida turgan vazifalarni hal etishga eng yuqori darajada amaliy yoʻnaltirilganligini taʼminlash, shuningdek zamonaviy oʻquv texnologiyalarini, amaliy tayyorgarlikning interaktiv shakllari va usullarini joriy etish asosida oʻquv-tarbiya jarayonini uzluksiz takomillashtirish;
bojxona ishi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bojxona organlari faoliyatining shakllari va usullarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;
bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlashning ilgʻor xalqaro tajribasini oʻrganish va joriy etish, xorijiy mamlakatlarning shu kabi oʻquv boʻlinmalari bilan amaliy, metodik ayirboshlash boʻyicha aloqalar oʻrnatish;
bojxona ishi sohasida kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq normativ hujjatlarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
Oliy harbiy bojxona institutining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy, axborot-maʼlumotnoma adabiyotlari tayyorlash va nashr etish;
tinglovchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Bojxona kollejida taʼlim olayotgan kursantlar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturi boʻyicha oʻqishni qisqartirilgan kurs boʻyicha bir yil mobaynida oʻsha joyda tugallaydilar;
Soliq va bojxona organlari akademiyasining “Bojxona ishi” fakulteti tinglovchilari Oliy harbiy bojxona institutining tegishli kurslariga oʻtkaziladi.
5. Oliy harbiy bojxona institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oliy harbiy bojxona instituti boshliqlar va professor-oʻqituvchilar tarkibining shtatdagi xodimlari soni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kollejining mavjud shtatdagi 66 nafar xodimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq va bojxona organlari akademiyasidan berilayotgan 46 nafar xodim hisobiga 112 nafar (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin.
6. Oliy harbiy bojxona institutining boshliqlari, professor-oʻqituvchilari tarkibiga va tinglovchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari, imtiyozlar, buyumlar va oziq-ovqat bilan taʼminlash hamda boshqa zarur normalar, shuningdek xizmatni oʻtash tartibi joriy etiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (B. Parpiyev) Mudofaa vazirligi (Q. Gʻulomov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S. Gʻulomov) va Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) bilan birgalikda bir oy muddatda Oliy harbiy bojxona instituti toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. Davlat bojxona qoʻmitasi (B. Parpiyev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S. Gʻulomov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida bojxona ishi yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat test markazi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Oliy harbiy bojxona institutiga saralash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taqdim etsin;
2003/2004 oʻquv yili boshlangunga qadar Oliy harbiy bojxona instituti professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlov asosida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan toʻldirsin;
Oliy harbiy bojxona institutida oʻquv mashgʻulotlari joriy yilning 1-sentabridan boshlanishini taʼminlasin;
2003/2004 oʻquv yilida Oliy harbiy bojxona institutiga bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha 125 nafar tinglovchi qabul qilinishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (J. Sayfiddinov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining mablagʻlari hisobiga olingan mol-mulk va avtotransportning tegishli qismi balansdan balansga tekin berilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov):
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq va bojxona organlari akademiyasining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin hamda Oliy harbiy bojxona instituti taʼminoti uchun budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
2004-yildan boshlab Oliy harbiy bojxona instituti taʼminoti uchun zarur budjet mablagʻlari belgilangan tartibda ajratilishini nazarda tutsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Belgilab qoʻyilsinki, Oliy harbiy bojxona instituti binolari, inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va uning moddiy-texnika taʼminoti Davlat bojxona qoʻmitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish va bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
11. Davlat bojxona qoʻmitasi (B. Parpiyev) Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) bilan birgalikda Oliy harbiy bojxona institutini bir oy muddatda oziq-ovqat, ashyoviy mol-mulklar, oʻquv anjomlari, mebel va kazarma jihozlari, oziq-ovqat xizmati ashyolari bilan taʼminlash normasini hamda tegishli avtotransport vositalari tabelini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyalari va “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilarini xizmat kiyim-boshi va oziq-ovqat bilan taʼminlashda koʻmaklashsinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-son qarori tahririda—Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (J. Sayfiddinov) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S. Gʻulomov) Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) bilan birgalikda “Bojxona ishi” fakultetining Oliy harbiy bojxona institutiga berilishi munosabati bilan Soliq va bojxona organlari akademiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga, shuningdek Toshkent, Buxoro va Fargʻona shaharlaridagi soliq kollejlari toʻgʻrisidagi nizomlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq kollejini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son, “Buxoro va Fargʻona shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining soliq kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 4-maydagi 178-son hamda “Soliq va bojxona organlari akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 10-yanvardagi 16-son qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kollejini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 13-iyuldagi 297-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 22-may,
229-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Oliy harbiy bojxona instituti
tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq kollejini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son qarorida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“kollej oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasasi hisoblanadi”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soliq kollejining maʼmuriy va oʻqituvchilar tarkibiga Davlat soliq qoʻmitasi xodimlari tegishli toifalari uchun xizmatni oʻtash shartlari tatbiq etiladi”;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Soliq kolleji maʼmuriy va oʻqituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro va Fargʻona shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining soliq kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 4-maydagi 178-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Soliq kollejlari maʼmuriy va oʻqituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq va bojxona organlari Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 10-yanvardagi 16-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 1-modda):
qarorning nomidagi “Soliq va bojxona organlari Akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
qarorning kirish qismidagi “va bojxona” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining oʻquv markazi negizida soliq kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilsin”;
uchinchi xatboshidagi “harbiylashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Akademiyaga soliq kollejlarini tamomlaganlar 4 yil muddat bilan bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun, oliy oʻquv yurtlarini tamomlaganlar qisqartirilgan bir yillik dastur boʻyicha qayta tayyorlash va 2 yil oʻqitish muddati bilan magistrlar tayyorlash uchun qabul qilinadi”;
oltinchi xatboshidan “va bojxona” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Akademiyaning maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga Davlat soliq qoʻmitasi xodimlarining tegishli toifalari uchun xizmatni oʻtash shartlari tatbiq etiladi”;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Akademiyaning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari va professor-oʻqituvchilar tarkibining shtatlar soni 105 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) iborat etib belgilansin.
Akademiya rektoriga Akademiyaning tuzilmasi va shtatlar soniga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2003-yil 1-sentabrgacha Akademiya tuzilmasida Rezerv va zaxira ofitserlarini tayyorlash harbiy kafedrasini tashkil etsinlar”;
ikkinchi xatboshidagi “va Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Soliq va bojxona organlari Akademiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band chiqarib tashlansin;
2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 10-yanvardagi
16-son qaroriga
1-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-maydagi
229-son qarori tahririda)
2001-yil 10-yanvardagi
16-son qaroriga
1-ILOVA
(Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-maydagi
229-son qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi
tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 77-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 09/18/704/1828-son)