Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ikki hafta muddatda belgilangan tartibda:
litsenziyalar berish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiya haqidagi Nizomni va Komissiya tarkibini;
baholovchi malakasini berish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, 2003-yil 1-avgustgacha tegishli litsenziya olmagan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida xodimlarning cheklangan soni 5 nafardan iborat boʻlgan Baholash metodologiyasi va baholash faoliyatini litsenziyalash boʻlimi tashkil etilsin, boʻlimga quyidagi funksiyalar yuklansin:
baholashning milliy standartlarini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;
litsenziya talabgorlarining arizalarini qabul qilish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, litsenziya bitimlarini tuzish;
ekspert komissiya faoliyatini tashkiliy taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchilarning malaka imtihonlari oʻtkazilishini tashkil etish;
baholash faoliyatini litsenziyalash uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan belgilangan baholash standartlariga, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
(4-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, baholash faoliyatini litsenziyalaganlik uchun Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan undiriladigan yigʻimlar hamda uning yetmagan qismi — xususiylashtirishdan tushadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar tashkil etiladigan boʻlimni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 8-may,
210-son
Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom baholash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Baholash faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Litsenziyalar berish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlisi bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun baholash faoliyatining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi:
koʻchar mulkni baholash huquqi uchun, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari;
koʻchmas mulkni baholash huquqi uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari;
biznesni baholash huquqi uchun (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlari).
(4 va 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
II. Litsenziya talablari va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;
litsenziya olishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjudligi;
fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining mavjudligi;
faoliyatning faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan turini amalga oshirish;
baholovchi tomonidan baholash faoliyatini faqat bitta baholovchi tashkilotda amalga oshirish. Bunda baholash faoliyati baholovchi tomonidan boshqa baholovchi tashkilotda faqat u baholash faoliyatini amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma toʻxtatilgandan, bekor qilingandan yoki uning muddati tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
baholovchi tashkilot shtatida ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda baholovchilarning mavjudligi;
baholashni oʻtkazishda olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash;
baholashni oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
baholovchi tashkilotning rahbari lavozimiga faqat baholovchini tayinlash;
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belilangan tartibda mustaqillikni taʼminlash;
baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxs (shaxslar) tomonidan baholash toʻgʻrisida haqqoniy hisobot tuzish;
baholovchi tashkilotda oʻz baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjudligi;
litsenziyalovchi organni nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga belgilangan shaklda baholash faoliyati toʻgʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi talabiga koʻra baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotlarni taqdim etish.
(7-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar:
koʻchar mulkni (qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 1500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida ikkita baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak;
koʻchmas mulkni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida uchta baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlarini) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida toʻrtta baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablagʻlaridan iborat boʻlishi kerak.
Baholovchi tashkilotlar qoʻshimcha baholash faoliyati professional xizmatlarining faqat quyidagi turlarini koʻrsatishi mumkin:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini tarqatish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olish depozit hisob raqami;
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyatning litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanayotgan turi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
v) litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi uchun yigʻimning litsenziya talabgori toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori shtatida turgan ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdordagi baholovchilar malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
d) taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
e) baholovchilarni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;
j) shakllantirilgan ustav kapitali miqdori toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
z) pul mablagʻlarining ustav kapitaliga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlangʻich hisobga olish hujjatlari nusxalari);
i) oʻz baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari nusxalari.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tarkibiy boʻlinmasining (Baholash metodologiyasi va baholash faoliyatini litsenziyalash boʻlimining) masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
11. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Baholash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(13-band birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
15. Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ariza olingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
16. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
17. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi va uning yoʻnalishlari;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
18. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Baholash metodologiyasi va baholash faoliyatini litsenziyalash boʻlimi rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
20. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etadigan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
23. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
25. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyaning asl nusxasi va koʻrsatilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq V boʻlimning nomi va 29-bandning birinchi xatboshilariga oʻzgartirishlar kiritilgan, 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, , 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish tegishli ravishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, , 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga kiradi:
baholash toʻgʻrisida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan haqqoniy boʻlmagan hisobot tuzish;
haqqoniy boʻlmagan ekspert xulosasi tuzish;
baholash ishlarini oʻtkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni taʼminlamaganlik;
litsenziyalovchi organ tomonidan oʻtkaziladigan litsenziya talablari va shartlarini tekshirishlardan boʻyin tovlash;
baholash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik masʼuliyati sugʻurta polisining mavjud emasligi;
ushbu Nizomda nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirish.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori asosida xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossizligi eʼtirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
35. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
muassislarning ustav kapitaliga qoʻshgan mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
(35-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
38. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
39. Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibining sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 73-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2008-y., 24-25-son, 224-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)