Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-aprel,
197-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda; 1994-y., 9-son, 46-modda; 1997-y., 4-son, 14-modda; 2003-y., 1-son, 4-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilab qoʻyilsinki:
avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganligi uchun notarial idoralar tomonidan undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 70 foizi — mahalliy budjetlarga; 15 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga; 15 foizi — mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining maxsus hisob raqamida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy budjetlarga, qolgan 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) va unga 6-ilova chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 12-martdagi 132-son qarorining 9-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 9-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisobiga” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi Nizomni va ularni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlarni undirish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1993-yil 12-martdagi 133-son qarorining 7-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 10-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisobiga” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Adliya organlari xodimlariga martaba darajalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun 4-ilovaga muvofiq qoʻshimcha haq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga amalga oshirilsin”.
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 18-modda; 1999-y., 9-son, 53-modda; 2001-y., 6-son, 34-modda; 8-son, 47-modda) 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “respublika budjeti daromadiga” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 22-iyundagi 234-son qarorining 4-bandidagi “Adliya muassasalarini rivojlantirish fondi” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 12-modda):
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik va qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun undiriladigan mablagʻlar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
12-bandning ikkinchi xatboshidagi “mahalliy budjet daromadiga” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yigʻimini joriy qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Gerbli guvohnomalar tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 20-iyundagi 263-son qarori 3-bandining yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bank hisob raqamiga” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-avgustdagi 321-son qarorining 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 130-modda)
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-sentabrdagi 383-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 55-modda):
6-bandning birinchi xatboshidagi “Adliya muassasalari va sudlarni” soʻzlari “Sudlar va adliya organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti toʻgʻrisida nizomning 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya muassasalari va sudlarni” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-yanvardagi 4-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 1-modda) 1-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Adliya muassasalari va sudlarni” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
46-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamentining Ijro ishlarini” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-bandning uchinchi xatboshidagi “Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti Ijro ishlarini” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 14-ustunidagi “Adliya vazirligi departamenti” soʻzlari “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda, 15-16-son, 130-modda; 2006-y., 36-son, 360-modda; 2007-y., 50-51-son, 523-modda; 2009-y., 10-11-son, 113-modda; 2010-y., 22-son, 175-modda; 2012-y., 46-47-son, 522-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 05.06.2018-y., 09/18/409/1296-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)