OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI DIREKTORINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2242-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 19-apreldagi 233-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2242-4, 19.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2011-yil 6-iyuldagi 01-222/1-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2242, 2011-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-avgust,
01-264-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 6-avgustdagi 01-264-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 15-banddagi “ularni xatosiz toʻldiradi” degan soʻzlar “abituriyentlarga taalluqli maʼlumotlarni printerda xatosiz chop etadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Qabul komissiyalari harbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili, javoblar varaqasi raqami koʻrsatilgan holda 1-avgust kuni mazkur Nizomning 5-ilovasi 4-shakli boʻyicha Davlat test markazi orqali Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi boʻlimlar uchun taqdim etadilar.”.
3. 49-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditoriyalar taqsimotiga muvofiq test sinovi yakuni boʻyicha qaytarib keltirilgan javoblar varaqalari boʻyicha test sinovi natijalarini hisoblaydi;”.
4. 71-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“abituriyentning javoblar varaqasi raqamini titul varaqasiga koʻchirib yozganligini tasdiqlash maqsadida titul varaqasining maxsus joyiga imzo qoʻyadi.”.
5. 86-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani boʻyicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha oxirgi 6 ta savoldan iborat boʻladi.”.
6. 88-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varagʻini yirtsa abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.”.
7. III bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III bob. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
92. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent test sinovlari natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kun davomida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq shaklda yozma tartibda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻgʻrisida abituriyentga mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq xabarnoma beriladi.
Apellatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi.
93. Apellatsiya komissiyasi tarkibidagi ekspertlardan fanlar boʻyicha ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida qabul komissiyasi aʼzolarini, Davlat test markazi vakillarini hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilishga haqli.
94. Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
95. Apellatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test sinovida yoʻl qoʻygan notoʻgʻri javoblari roʻyxati hamda testda tushgan savollar kitobi beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining har bir notoʻgʻri chiqqan savoliga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
96. Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
97. Abituriyent tomonidan javoblar varaqasi, savollar kitobi yoki titul varaqasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda toʻldirilmagan, shuningdek test sinovidan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
98. Apellatsiya shikoyati koʻrilayotgan auditoriyaga abituriyent uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lugʻat, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirsa, apellatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, abituriyentlarga yordam bersa yoki yordam olsa, auditoriyaga xalaqit bersa, savollar kitobi varagʻini yirtsa, abituriyent apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish tartibini buzgan hisoblanadi va apellatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan dalolatnoma tuzilib, apellatsiya jarayonidan chetlashtiriladi va uning eʼtirozi qayta koʻrib chiqilmaydi.
99. Apellatsiya komissiyasi qarori boʻyicha maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga apellatsiya jarayoni toʻliq tugagandan soʻng 5 ish kuni ichida taqdim etadi.
100. Apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.”.
8. 18-ilovada:
sakkizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani boʻyicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha oxirgi 6 ta savoldan iborat boʻladi.”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varagʻini yirtsa abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.”.
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXOBOV
2014-yil 4-avgust
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 4-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 4-avgust
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XADJIMATOV
2014-yil 4-avgust
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 4-avgust
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 4-avgust
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2014-yil 4-avgust
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK raisi A. RAMATOV
2014-yil 4-avgust
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2014-yil 4-avgust
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2014-yil 4-avgust
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2014-yil 4-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
17-ILOVA
17-ILOVA
Javoblar varaqasi (old tomoni)
JAVOBLAR VARAQASI
(orqa tomoni)
(orqa tomoni)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 430-modda)