Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOJIKISTON RESPUBLIKASI YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDI ORQALI OʻTGANLIGI UChUN YIGʻIMLARNI BIRXILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlatlar boshliqlarining 2001-yil dekabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvida erishilgan kelishuvga muvofiq, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishi va tranziti uchun yigʻimlar stavkalarini birxillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2002-yil 10-yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi har bir yuk avtotransport vositasi va avtobusning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelganligi va tranziti uchun:
bitta yuk avtotransport vositasi va avtobusdan — 130 AQSh dollariga;
yuk avtotransport vositasi va avtobusning Oʻzbekiston Respublikasi hududida 8 sutkadan ortiq har bir kuni uchun — 50 AQSh dollariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali yuk avtotransport vositasi va avtobusning uchinchi mamlakatlarga (MDH mamlakatlaridan tashqari) tranziti uchun — 90 AQSh dollariga teng miqdordagi summada erkin muomaladagi valyutada yigʻimlar belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Tojikistonning avtotransport vositalaridan yigʻim undirish olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkazilgan holda bevosita bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining boʻlimlari tomonidan erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2003-y., 24-son, 241-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-sentabrdagi 429-son qarorining 2-bandi;
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-sentabrdagi 431-f-son farmoyishi 2-bandining Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 8-yanvar,
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 1-son, 9-modda; 2003-y., 24-son, 241-modda; 2008-y., 51-son, 502-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)