05.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2606
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.07.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini (bundan buyon matnda Deklaratsiya deb yuritiladi) jismoniy shaxslar tomonidan toʻldirish va davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb yuritiladi) xodimi tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar — rezidentlar jumlasiga kirmaydigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi — muomalada boʻlgan hamda xorijiy davlatda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar koʻrinishidagi chet el pul belgilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Deklaratsiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlaridan oshadigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarga, bundan avtotransport vositalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan naqd koʻrinishdagi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi va valyuta boyliklariga;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududidan tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyoridan oshadigan tovarlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarga;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarga toʻldiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi Deklaratsiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovasini toʻldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yoʻli bilan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxslar tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtganda toʻldiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs oʻzi erkin ravishda Deklaratsiyani toʻldira olmasa (ruhiy holati buzilgan, aqli zaif, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs va boshqalar), Deklaratsiya uning nomidan ushbu shaxsni kuzatuvchi shaxs tomonidan toʻldiriladi. Bunda Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun Deklaratsiyani toʻldirgan va imzolagan shaxs javobgar boʻladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 10-oktabrdagi 01-02/12-58-son qarori (roʻyxat raqami 2606-5, 24.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Deklaratsiya bojxona organlarida rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Deklaratsiyani toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deklaratsiya mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada toʻldiriladi. Deklaratsiyaning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa Deklaratsiyani toʻldirgan shaxsga beriladi. Ushbu Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (bundan buyon matnda qimmatbaho buyumlar deb yuritiladi), tovarlar hamda transport vositasini olib kirish yoki olib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiya rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda bir nusxada toʻldirilishi mumkin. Bunda mazkur Deklaratsiya bojxona organida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Deklaratsiya blanklari va ilovasi oʻzbek, rus va ingliz tillarida, 210*99mm oʻlchamda tayyorlanadi. Shaxs oʻzi istagan tildagi Deklaratsiya blankini toʻldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti (www.bojxona.uz) orqali Deklaratsiyani chop etib qoʻlda toʻldirilgan holda yoki bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda toʻldirgan holda oʻz imzolari bilan tasdiqlab bojxona organlariga taqdim etishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Deklaratsiyada barcha bandlar toʻldirilishi va barcha savollarga javob berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli bandlardagi maʼlumotlar oʻzbek (kirill yoki lotin alifbosida), rus yoki ingliz tillarida qatʼiy belgilangan joylarga ruchka bilan qoʻlda aniq va tushunarli yoki yozuv moslamasi yordamida yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli savollardagi kerakli katakchalarga “X” belgisini chizish yoʻli bilan javob beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Deklaratsiya “A” va “B” sahifalardan iborat boʻlib, quyidagi tarzda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “A” sahifada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyaning yuqori oʻng qismida bojxona organi tomonidan deklaratsiyaning roʻyxatga olingan raqami yoziladi va bojxona organining muhri qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandda harakat turi (kirish, chiqish), qaysi mamlakatdan kelganligi, qaysi mamlakatga borayotganligi hamda deklaratsiyani toʻldirish sanasi (kun, oy, yil);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi, pasportining (identifikatsiya ID-kartasining) seriyasi va raqami), doimiy yashash mamlakati, fuqaroligi, birga harakatlanayotgan 16 yoshga toʻlmagan shaxslar mavjudligi (ularning soni va familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport (identifikatsiya ID-kartasining) maʼlumotlari);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandda bojxona chegarasi orqali qanday turdagi tovarlar (giyohvandlik, portlovchi moddalar va boshqa taqiqlangan yoki cheklangan buyumlar, oziq ovqat mahsulotlari, bojsiz olib kirish va olib chiqish meʼyoridan ortiq tovarlar, tijorat ahamiyatidagi tovarlar, dori vositalari, biologik faol qoʻshimchalar hamda boshqalar) olib oʻtilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandda 100 000 000 soʻm ekvivalentidan ortiq miqdorda naqd milliy va (yoki) chet el valyutasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” sahifaning yakunida eslatma qoidalar va deklaratsiya toʻldirgan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “B” sahifa “A” sahifaning 3 va 4-bandlaridagi maʼlumotlar kiritilgandagina toʻldiriladi. “B” sahifada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandda naqd milliy va chet el valyutasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (buyumi nomi, metall turi, ogʻirligi, oʻlchov birligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandda tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (farqlash xususiyatlari, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi, bergan organ, miqdori, oʻlchov birligi va qiymati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandda transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (identifikatsiya raqami yoki davlat raqam belgisi, turi va rusumi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 7-bandlarida taqiqlangan va cheklangan tovarlar hamda bojsiz olib kirish (olib chiqish) meʼyorlari toʻgʻrisidagi eslatma qoidalar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71.Deklaratsiya ilovasi quyidagi tarzda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan naqd valyuta kimga tegishli ekanligi haqidagi maʼlumot (jismoniy shaxsning F.I.O va pasport (identifikatsiya ID-kartasining) raqami, agar naqd valyuta eksport uchun toʻlangan boʻlsa, eksportyor tashkilotning STIRi, shartnoma raqami va sanasi yoziladi) kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy va (yoki) chet el valyutasining kelib chiqish manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumot “X” belgisini qoʻyish orqali (“boshqa” qatoriga izohi keltirgan holda qoʻl bilan) toʻldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandda Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy va (yoki) chet el valyutasidan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “X” belgisini qoʻyish orqali toʻldiriladi (“boshqa” qatoriga izohi keltirgan holda qoʻl bilan) toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovadagi maʼlumotlar toʻliq toʻldirilgandan soʻng, shaxsning imzosi bilan imzolanadi va bojxona organining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovaning orqa tarafida jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy va (yoki) chet el valyutasini olib kirish va olib chiqish meʼyorlari nazarda tutiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan va yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutalari, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular bilan birga harakatlanayotgan ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi boshqa shaxslarning Deklaratsiyalarida koʻrsatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Deklaratsiyaning “B” sahifasi 3-bandida koʻrsatilgan tovarlarni tavsiflash imkon qadar ularning nomi, farqlash xususiyatlari, miqdori hamda ularning AQSH dollaridagi qiymatlarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, shuningdek tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3 bandlaridagi satrlarga sigʻmagan taqdirda, mazkur maʼlumotlar qoʻshimcha Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3 bandlarida koʻrsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda, qoʻshimcha Deklaratsiyaning “A” sahifasi toʻldirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Deklaratsiyaning “B” sahifasi 4-bandidagi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida toʻldiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Deklaratsiya Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etishga qadar uni toʻldirgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyani rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun Deklaratsiya bojxona organi xodimi tomonidan unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etish bilan bir vaqtda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Deklaratsiyada boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Notoʻgʻri toʻldirilgan bandlar aniqlangan taqdirda, Deklaratsiyani bojxona nazoratidan oʻtkazgunga qadar shaxs ushbu bandlardagi xato maʼlumotlarni toʻgʻri chiziq bilan oʻchirib, tegishli maʼlumotlarni qoʻlda yozib toʻgʻrilashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday bunday toʻgʻrilash Deklaratsiyani toʻldirgan shaxsning imzosi hamda bojxona organi xodimining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3-bandlaridagi (tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qismi) hamda ilovasining 1-bandidagi yozuvlar bojxona organi xodimi tomonidan biror-bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini oldini olish maqsadida uzluksiz chiziq bilan doiraga olinadi hamda yozuv uchun nazarda tutilgan barcha boʻsh joylar esa chizib qoʻyiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyaning orqa tomoniga va ilovasiga shaxsiy muhrini qoʻyish bilan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan bojxona organlarining axborot tizimida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olingan qimmatbaho buyumlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har oyning yettinchi sanasiga qadar Bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etiladi.
(161-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Deklaratsiya yoʻqotilgan taqdirda tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiya yoʻqotilgan taqdirda shaxs Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazgan bojxona organiga murojaat qilganda, Deklaratsiya nusxasini va unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar hamda tovarlarni olib oʻtilganligini tasdiqlovchi maʼlumotni olish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-iyul
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(Orqa tomoni)

(-B-)

(Agar siz A sahifaning 3 va 4 bandlarida “Yoʻq” deb javob bergan boʻlsangiz, bu qismni toʻldirish talab etilmaydi)

1. Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd milli va (yoki) chet el valyutalari toʻgʻrisida

T/r

Valyuta nomi

Miqdori

Raqam bilan

Soʻz bilan

1.

2.

3.

2. Har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar

T/r

Buyumning nomi

Metall turi

(oltin, kumush va boshqa)

Oʻlchov birligi

Miqdori

1.

2.

3.

3. Tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

T/r

Tovarning nomi

(farqlash xususiyatlari, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi va bergan organ)

Miqdori

Tovarning oʻlchov birligidagi miqdori

(dona, kg, litr,m2)

Qiymati

(AQSH dollarida)

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

* Tovarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar ushbu jadvalga sigʻmagan taqdirda qoʻshimcha deklaratsiya toʻldirilishi mumkin.

4. Transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Identifikatsiya raqami / Davlat raqami

Turi

Rusumi

5. Taqiqlangan buyumlar:

 Giyohvandlik moddalari va ularning analoglari;

 Portlovchi moddalar, kimyoviy qurollar va ularning materiallari;

 Davlat va jamiyat tuzumini qoʻporishga, hududiy yaxlitlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetini buzishga yoʻnaltirilgan, urush, terrorizm, zoʻravonlik, milliy ustunlik va diniy nafratni, irqchilik va uning turlari (antisemitizm, fashizm)ni targʻib qiluvchi bosma asarlar, qoʻlyozmalar, klishelar, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audiomahsulotlar, gramzapislar, ovozli materiallar, shuningdek, pornografiya mazmunidagi materiallar.

6.Cheklangan tovarlar:

 Oʻqotar qurollar, uning qismlari va oʻq dorilar, ov va pnevmatik qurollar;

 Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan dori vositalari;

 Xalqaro himoyadagi hayvonlar, oʻsimlik yoki ularning mahsulotlari;

 Tirik hayvonlar va goʻsht mahsulotlari, oʻsimliklar va karantin nazoratidagi boshqa tovarlar;

 Uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron) va ularning butlovchi qismlari;

 Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar (ratsiya, sunʼiy yoʻldoshli telefon va boshqa);

 Tarixiy va madaniy boyliklar.

7. Bojsiz olib kirish meʼyori

Bojsiz olib chiqish meʼyori

Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirilayotgan tovarlar qiymati:

xalqaro aeroportlar orqali -1000 $;

temir yoʻl va daryo bojxona chegarasi orqali — 500 $;

avtomobil (piyoda) oʻtkazish punkti orqali — 300 $.

Jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiya taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyori 5000 $.

Guruch — 3 kg;

Non-bulka mahsulotlari — 5 kg;

Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari — 2 kg;

Shakar — 2 kg;

Oʻsimlik moylari — 2 kg;

Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, poliz ekinlar, dukkakli oʻsimliklar va quritilgan sabzavot va mevalar — 40 kg;

tayyor zargarlik buyumlari — 65 gr oltin va 200 gr kumush.

alkogol — 2 litr

tamaki mahsulotlar:

sigaret 200 dona;

sigara 5 dona;

tamaki 100 gr;

atir va ifor taratuvchi suvlar — 3 dona (300 ml oshmagan) va qonunchilikda belgilangan boshqa meʼyorlar.

Bunda notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs temir yoʻl, daryo transporti va avtomobil oʻtkazish punktlari orqali 2 kalendar kundan kam, xalqaro aeroportlar orqali 3 kalendar kundan kam muddat boʻlgan va (yoki) bir kalendar oy davomida xorijiy davlatda uch va undan ortiq marotaba boʻlganda bojsiz olib kirish normalari qoʻllanilmaydi.

(ilovaning “B” sahifasi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 28-maydagi 263-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-9, 05.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2025-y., 10/25/2606-9/0503-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(Orqa tomoni)

Valyutani bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartib qoidalari

1. Jismoniy shaxslar 100 000 000 soʻm ekvivalentidan ortiq boʻlmagan naqd valyutadagi mablagʻlarini deklaratsiya toʻldirmasdan Oʻzbekiston hududidan olib chiqishlari mumkin.

2. Jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga cheklanmagan miqdorda naqd valyuta mablagʻlarini olib kirishi mumkin. Bunda 100 000 000 soʻm ekvivalentidan ortiq boʻlgan naqd valyuta mablagʻlari deklaratsiyalanishi lozim.

Valyuta mablagʻlarini olib chiqish cheklangan holatlar

Jismoniy shaxslar tomonidan 100 000 000 soʻm ekvivalentidagi naqd milliy va chet el valyutadagi pul mablagʻlardan ortiq summani olib chiqilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bunda quyidagi hollar mustasno:

 rezidentlar tomonidan — xorij davlatlariga xizmat safariga ketayotgan hukumat delegatsiyasi aʼzolari uchun Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida;

 norezidentlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida rasmiylashtirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida deklaratsiya qilingan mablagʻlar doirasida, shuningdek respublikada tashkil etilgan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiada) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablagʻlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida

ESLATMA

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy va chet el valyutadagi pul mablagʻlarini bojxona chegarasidan noqonuniy tarzdan oʻtkazish yoki deklaratsiyada va unga ilova qilingan hujjatlarda maʼlumotlarni notoʻgʻri taqdim etish javobgarlik keltirib chiqarishi mumkin.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 411-modda; 2015-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 41-son, 476-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son, 09.03.2018-y., 10/18/2606-4/0874-son, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 23.09.2024-y., 10/24/2606-7/0739-son; 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son; 07.06.2025-y., 10/25/2606-9/0503-son; 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)