1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini (bundan buyon matnda Deklaratsiya deb yuritiladi) jismoniy shaxslar tomonidan toʻldirish va davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb yuritiladi) xodimi tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi — muomalada boʻlgan hamda xorijiy davlatda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar koʻrinishidagi chet el pul belgilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Deklaratsiya jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (bundan buyon matnda qimmatbaho buyumlar deb yuritiladi), tovarlar hamda transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini har gal kesib oʻtganda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs oʻzi erkin ravishda Deklaratsiyani toʻldira olmasa (ruhiy kasal, aqli zaif, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs va boshqalar), Deklaratsiya uning nomidan ushbu shaxsni kuzatuvchi shaxs tomonidan toʻldiriladi. Bunda Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun Deklaratsiyani toʻldirgan va imzolagan shaxs javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Deklaratsiyani toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deklaratsiya mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada toʻldiriladi. Deklaratsiyaning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa Deklaratsiyani toʻldirgan shaxsga beriladi. Ushbu Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini olib kirish yoki olib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiya rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda bir nusxada toʻldirilishi mumkin. Bunda mazkur Deklaratsiya bojxona organida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Deklaratsiya blanklari oʻzbek, rus va ingliz tillarida A-5 formatida tayyorlanadi. Shaxs oʻzi istagan tildagi Deklaratsiya blankini toʻldirishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-yanvardagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-1, 26.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Deklaratsiyada barcha bandlar toʻldirilishi va barcha savollarga javob berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli bandlardagi maʼlumotlar oʻzbek (kirill yoki lotin alifbosida), rus yoki ingliz tillarida qatʼiy belgilangan joylarga ruchka bilan qoʻlda aniq va tushunarli yoki yozuv moslamasi yordamida yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandda shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi, pasportining seriyasi va raqami), doimiy yashash mamlakati, fuqaroligi, birga harakatlanayotgan 16 yoshga toʻlmagan shaxslar mavjudligi va ularning soni koʻrsatiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-yanvardagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-1, 26.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 45-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda harakat turi (kirish, chiqish) hamda qaysi mamlakatdan kelganligi, qaysi mamlakatga borayotganligi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandda safar maqsadi koʻrsatiladi (xizmat, oʻqish, ish, sayohat, qarindoshlarni yoʻqlash, davolanish, doimiy yashash joyi, tijorat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandda bagaj mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandda Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda qimmatbaho buyumlarning mavjudligi va miqdori koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutalari, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular bilan birga harakatlanayotgan ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi boshqa shaxslarning Deklaratsiyalarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Deklaratsiyaning 6-bandida koʻrsatilgan tovarlarni tavsiflash imkon qadar ularning nomi, farqlash xususiyatlari, miqdori hamda ularning AQSH dollaridagi qiymatlarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, shuningdek tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi satrlarga sigʻmagan taqdirda, mazkur maʼlumotlar qoʻshimcha Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlarida koʻrsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda qoʻshimcha Deklaratsiyaning 1 — 4-bandlari toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Deklaratsiyaning 6-bandidagi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Deklaratsiya Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etishga qadar uni toʻldirgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyani rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun Deklaratsiya bojxona organi xodimi tomonidan unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etish bilan bir vaqtda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Deklaratsiyada boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Notoʻgʻri toʻldirilgan bandlar aniqlangan taqdirda, Deklaratsiyani bojxona nazoratidan oʻtkazgunga qadar shaxs ushbu bandlardagi xato maʼlumotlarni toʻgʻri chiziq bilan oʻchirib, tegishli maʼlumotlarni qoʻlda yozib toʻgʻrilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi yozuvlar (tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qismi) bojxona organi xodimi tomonidan biror-bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini oldini olish maqsadida uzluksiz chiziq bilan doiraga olinadi hamda yozuv uchun nazarda tutilgan barcha boʻsh joylar esa chizib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyaning orqa tomoniga shaxsiy muhrini qoʻyish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiya yoʻqotilgan taqdirda shaxs Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazgan bojxona organiga murojaat qilganda, Deklaratsiya nusxasini va unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar hamda tovarlarni olib oʻtilganligini tasdiqlovchi maʼlumotni olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(old tomoni)
_______-sonli YOʻLOVCHI BOJXONA DEKLARATSIYASI
Mazkur Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxs tomonidan toʻldiriladi. Tegishli savollardagi kerakli katakchalarga “X” belgisini chizish yoʻli bilan javob beriladi. Mazkur Deklaratsiyani Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki undan chiqishning butun davri davomida saqlab turish tavsiya etiladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
T/r
Valyuta nomi
Miqdori
Raqam bilan
Yozuv bilan
1.
2.
3.
Har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar:
1.
2.
6. Tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
T/r
Tovarning nomi (farqlash xususiyatlari, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi va uni bergan organ)
Miqdori
Qiymati, AQSH dollarida
Raqam bilan
Yozuv bilan
Umumiy qiymati (jami)
Transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
Davlat raqami ______________________
turi, rusumi ______________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(orqa tomoni) ESLATMA
Mazkur Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar tovarlar va transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki undan olib chiqish uchun asos boʻladi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar roʻyxati: a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar; b) Davlat va jamiyat qurilishiga raxna solishga, hududiy yaxlitlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverinitetini buzishga, urush, terrorizm, zoʻravonlik, milliy ustunlik va diniy nafrat, irqchilik va uning turlarini (antisemitizm, fashizm) hamda pornografik mazmundagi materiallarni targʻib etishga qaratilgan bosma asarlar, qoʻlyozmalar, klishelar, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlari, gramzapislar, ovoz yozilgan materiallar; v) portativ lazerli nur tarqatgichlar; g) portlovchi moddalar va portlatish vositalari; d) uchuvchisiz uchish apparatlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar roʻyxati: a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar; b) don (bugʻdoy, suli, arpa, guruch, makkajoʻxori, grechixa); non mahsulotlari (undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, piroglar, oʻzi ishlab chiqargan pishiriqlardan tashqari); un, yormalar; uy hayvonlari, parrandalar; goʻsht va isteʼmolbop goʻshtli qoʻshimcha mahsulotlar, uy parrandasining isteʼmolbop mahsulotlari; shakar; oʻsimlik yogʻlari; teri xom ashyosi (nostandart terilar ham), teri-moʻyna, shu jumladan qorakoʻl terisi (nostandart terilar ham) xom ashyosi; rangli metall parchalari va chiqindilari; chuvatish imkoni boʻlgan pilla, xom ipak (eshilmagani), ipak chiqindilari (shu jumladan chuvatish imkoni boʻlmagan pilla, pilla ipi chiqindilari va yumshatilgan chiqindilari); polietilentereftalat (PET) chiqitlari, qiyqindilari va skrap (qirindi)lari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxatga asosan respublikadan olib chiqib ketilishi mumkin boʻlmagan biologik obyektlar.
3. Vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari (litsenziyalar) talab etiladigan tovarlar roʻyxati: Qurol, oʻq-dorilar; hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari; radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar; madaniy boyliklar (rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, anʼanaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari va boshqalar) vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari boʻlgan taqdirda Deklaratsiyada majburiy ravishda koʻrsatish sharti bilan olib oʻtilishiga ruxsat etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi: Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan rezidentlar va norezidentlar tomonidan eng kam ish haqining 5 baravaridan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi olib oʻtilayotgan boʻlsa Deklaratsiyada majburiy tarzda koʻrsatilishi lozim. Rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishda belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmagan miqdorigacha ruxsat etiladi.
5. Naqd chet el valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi: Rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan naqd chet el valyutasi miqdoridan qatʼi nazar, Deklaratsiyada majburiy tarzda koʻrsatilishi lozim. Norezidentlarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vaqtida Deklaratsiyada koʻrsatilgan miqdorda naqd chet el valyutasini respublika hududidan olib chiqilishiga ruxsat etiladi.
6. Rezidentlar va norezidentlar tomonidan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishdagi bojsiz olib oʻtish meʼyorlari: Rezidentlar va norezidentlar tomonidan oʻz ehtiyoji uchun tovarlarni bojsiz olib kirish meʼyorlari quyidagilarni tashkil etadi: 10 AQSH dollari — isteʼmol tovarlarini chegaradosh davlatlardan (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston) olib kirishda; 1000 AQSH dollari — tovarlarni chegaradosh boʻlmagan davlatlar hududidan olib kirishda (tijorat maqsadida olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno). Qiymati 1000 AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlgan tovarlar (tijorat maqsadida olib chiqilayotgan tovarlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotganda Deklaratsiyaning 6-bandida koʻrsatiladi. Tovarlarning qiymati 1000 AQSH dollaridan oshadigan boʻlsa, bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilishi lozim. Eslatmaning 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan tovarlar hamda bojsiz olib kirish meʼyorlaridan oshgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumot Deklaratsiyaning 6-bandida koʻrsatilishi shart. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi yoki naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliqlari, har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar, shuningdek tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi satrlarga sigʻmagan taqdirda, mazkur maʼlumotlar qoʻshimcha Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlarida koʻrsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda qoʻshimcha Deklaratsiyaning 1 — 4-bandlari toʻldirilmaydi.
Deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilish toʻgʻrisida xabardorman.
20___ yil “___” ________
Shaxsning shaxsiy imzosi _________
Bojxona organi xodimining shaxsiy muhri oʻrni.
(ilovaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-yanvardagi 01-02/12-04-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-1, 26.01.2015-y.) asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 45-modda)