Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmonini amalga oshirish yuzasidan va Respublika tibbiyot markazlari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
respublika aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan Markazlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
bir hafta muddatda — Markazlarning direktorligiga nomzodlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
4. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida ikki hafta muddatda Markazlarning mehnat jamoalari yigʻilishlari oʻtkazilishini taʼminlasinlar, yigʻilishlarda Markazlar kengashlari toʻgʻrisidagi Nizom hamda ularning shaxsiy tarkibi, Markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa zarur hujjatlar tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 265-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joriy xarajatlarga budjet mablagʻlari sarfini 2004-yildan boshlab bosqichma-bosqich pasaytirish, shuningdek 2008-yildan kechikmay oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻzini oʻzi qoplashga oʻtishni nazarda tutgan holda Markazlarni mablagʻ bilan taʼminlash tartibi va manbalari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Belgilansinki:
tashkil etiladigan Markazlar qayta tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
Markazlarga berilayotgan davlat mulki daromad (foyda) soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlarning davlat mulki hisoblangan mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda garov, almashtirish yoki oldi-sotdi mavzusi boʻlishi mumkin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
8. Tashkil etilayotgan Markazlarning zarur moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoxonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi balansiga;
Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazi balansiga bersin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
tashkil etilayotgan Markazlarning mol-mulkini puxta xatlovdan oʻtkazsin, asosiy vositalar (tibbiyot muassasalarining binolari va inshootlari, asbob-uskunalar, anjomlar, inventar va boshqalar) shaklidagi davlat mulki roʻyxati va qiymatini, muomaladan tashqari aktivlar hajmi va Markazlarning ustav fondlariga ishonchli boshqaruv huquqi bilan berilayotgan investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari hajmlarini aniqlasin;
har bir Markazning ustav fondi miqdorini, Markaz taʼsis etilayotgan paytda davlat mulki va mehnat jamoasi ulushi miqdorini belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻtkazilayotgan eksperiment borishining taʼsirchan monitoringini taʼminlasin hamda natijalar boʻyicha har yili yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-mart,
140-son
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari
tuzilmasi
|
T/r |
Markazning nomi |
Tarkibiy boʻlinmalar | |
|
Maslahat poliklinikasi |
statsionar (oʻrin) | ||
|
1. |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi |
300 |
100 |
|
2. |
Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi |
300 |
300 |
|
3. |
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazi |
250 |
70 |
|
4. |
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi |
250 |
160 |
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining faoliyatini tashkil etish va uni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori asosida urologiya boʻyicha davolash-profilaktika va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Urologiya ilmiy markazi negizida tashkil etilmoqda.
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi banklarda belgilangan tartibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi, oʻzining toʻliq nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga, oʻz ramziga (belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan vizual identifikatsiyalash vositalariga) ega boʻladi.
Markaz Toshkent shahri — 700109, S. Rahimov tumani, Xoʻjayev koʻchasi, 1-tor koʻcha, 1-uyda joylashgan.
II. Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi:
sifat darajasi yuqori va jahon standartlaridagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani hamda oʻz urologiya maktabini shakllantirish;
urologiya kasalliklari tashxisi, davolash va profilaktikasi boʻyicha aholining ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatishga boʻlgan talabini qondirish.
5. Markazning asosiy vazifalari:
a) quyidagi bemorlarga:
davlatning qoʻllab-quvvatlashiga ehtiyojmand boʻlgan shaxslarga (imtiyozli toifa) poliklinikaning mavjud oʻrin fondi va quvvatining 20 foizigacha hajmda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ustun darajada pulli asosda tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologiya yordam koʻrsatish;
b) mavjud tibbiyot texnikasi parki va apparatlarini doimiy ravishda yangilash va zamonaviylashtirishni taʼminlash, Markazni jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻzini oʻzi qoplash shartlarida taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish yuzasidan menejmentni va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning eng koʻp tarqalgan urologiya kasalliklari tashxisi va davolashning zamonaviy usullari boʻyicha yetakchi xorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkada boʻlishlarini tashkil etish hisobiga oshirish va takomillashtirish;
d) eng koʻp yoyilgan urologiya kasalliklari profilaktikasi, tashxisi va ularni davolashning oʻz ilgʻor usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
e) urologiya kasalliklarini davolash va tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro eʼtirof etilishiga erishish;
j) urologiya kasalliklari va ularning asoratlari tashxisi, ularni davolash va profilaktikasi boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
z) yetakchi xorijiy urologiya markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologiyali usullaridan foydalanish, shuningdek ularni takomillashtirish boʻyicha toʻplangan tajribani, mutaxassislar va axborotni keng ayirboshlashni taʼminlash.
6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
respublika aholisining urologiya kasalliklariga tashxis qoʻyish, davolash va ular profilaktikasining jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyalari usullariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
eng koʻp tarqalgan urologiya kasalliklari tashxisi, ularni davolash va ular profilaktikasining ilgʻor samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
oʻzining urolog mutaxassislar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi hamda respublikaning boshqa muassasalarini oʻz ixtisosi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlaydi;
dori-darmon preparatlari, tibbiy maqsaddagi vositalarni, shuningdek urologiya kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarini ishlab chiqadi, klinik sinovlar oʻtkazadi va amalga oshiradi;
ilmiy-tadqiqot faoliyatni amalga oshiradi hamda Markaz tomonidan ishlab chiqilgan urologiya kasalliklari tashxisi va ularni davolash metodikasining respublikadagi boshqa tibbiyot muassasalarida keng joriy etilishi yuzasidan metodologik ishlar olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga urologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
chet elda tibbiyot olamida urologiya boʻyicha oʻz ilmiy va texnologiya yutuqlarini ifodalaydi;
urologiya boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi;
tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi, ularning malakasini oshiradi.
III. Markazning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Markaz faoliyatning barcha sohalarida oʻz munosabatlarini shartnomalar, bitimlar, kontraktlar asosida quradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik, shuningdek Markaz faoliyatining maqsadlari va sohasi doirasida ularni yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha koʻrsatilayotgan tibbiyot xizmatlarining, bajarilayotgan ishlarning, chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil belgilashga haqlidir.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning ustav fondiga berilayotgan davlat mulkini Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrtasida tuziladigan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqarish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
rivojlanishning biznes-rejalarini, oʻz budjetini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini, xarajatlarni shakllantirish va yoʻnaltirish manbalarini aniqlash;
aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologiya yordami koʻrsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish, kreditlar, qarzlar, grantlar va boshqa moliyaviy yordamni belgilangan tartibda jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlari va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil belgilash;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
urologiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yuridik shaxs boʻlmagan alohida boʻlinmalar (filiallar va vakolatxonalar) tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Markaz faoliyati sohasiga zid boʻlmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
(9-bandning oʻn biriinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Markaz quyidagilarga majbur:
yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordamga muhtoj bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash sifati va standartlarini zamonaviy jahon talablari darajasida saqlash va rivojlantirishni taʼminlash;
aholiga tasdiqlangan tariflar boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordam koʻrsatish;
imtiyozli bemorlar kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordam koʻrsatish;
Markaz xodimlarining yetakchi xorijiy urologik klinikalarda tor ixtisosli qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muntazam ravishda oʻtishini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va ish haqi toʻlash shart-sharoitlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy muhofaza qilishni va aniq moʻljalli ijtimoiy muhofazani taʼminlash;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning moddiy-texnika bazasini oʻz mablagʻlari hisobiga zamonaviy tibbiyot texnikasi hamda texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanish, ularning saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz direktori, shuningdek aloqador xodimlari odamlar salomatligiga zarar yetkazilishi yoki Markaz xodimlari aybi bilan sodir boʻlgan oʻlim hollari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻliq moddiy, maʼmuriy va jinoiy javob berishadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki va ustav jamgʻarmasi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi orqali davlat hamda manfaatini Markaz Kengashi ifodalaydigan Markaz mehnat jamoasi Markazning muassislari hisoblanadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
13. Markazning ustav jamgʻarmasi:
asosiy vositalar (tibbiyot muassasasi binolari va inshootlari, tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar, inventarlar va shu kabilar) va aylanmadan tashqari aktivlar tarzidagi davlat mol-mulki;
investitsiya maqsadlariga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari;
tibbiy xizmatlar, ishlarni amalga oshirishdan, mahsulotlar sotishdan olinadigan moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirishga, shuningdek tibbiy asbob-anjomlar va texnologiyalar sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
14. Markazning ustav jamgʻarmasiga beriladigan davlat mulki qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Markaz taʼsis etilayotgan vaqtda belgilanadi.
Davlat mulki Markazga ishonchli boshqaruv huquqlari bilan, Markazning maqsadi va vazifalariga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish uchun beriladi.
15. Markazning moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va mustahkamlashga va zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlari mehnat jamoasi ulushi sifatida ustav jamgʻarmasiga kiritiladi.
Mehnat jamoasining Markaz ustav jamgʻarmasidagi ulushi jamoa mulki hisoblanadi va boʻlinmaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra Markazning ustav jamgʻarmasiga berilgan davlat mulki imtiyozli shartlarda uning jamoasiga mulk sifatida sotilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Markaz, yuridik shaxs sifatida, egallab turgan yer uchastkalariga Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunchiligiga muvofiq doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqiga egadir.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Markazning davlat mulki hisoblanadigan mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda garov, almashtirish predmeti boʻlishi yoki sotilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Markazga ishonchli boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markaz tuzilmasi va uni boshqarish
20. Markaz tarkibiga kuniga 300 bemorga xizmat koʻrsata oladigan maslahat poliklinikasi va 100 oʻrinli statsionar kiradi.
21. Markaz Kengashi Markazni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz Kengashi tarkibida Markaz direktori, Markazning yetakchi tibbiy va ilmiy xodimlari boʻlgan 7 kishidan iborat boʻladi. Markaz Kengashi ishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligidan vakolatli vakillar ishtirok etishadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash aʼzolari obyektiv zarurat va/yoki mehnat jamoasi umumiy majlisi koʻpchilik qatnashchilari talabiga koʻra qayta saylanishi mumkin.
Markaz Direktori ayni bir vaqtda Markaz Kengashining raisi hisoblanadi.
Kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Markazni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning investitsiya va ilmiy-texnikaviy siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Markaz tuzilmasini va Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Markazning moliya-xoʻjalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
23. Markazning joriy faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
24. Markaz Direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning joriy moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnoma va kontraktlar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal qiladi;
direktor oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Markaz Kengashiga kiritadi, zarurat boʻlganda ilmiy-uslubiy va tibbiy Kengashlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, oʻz vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
Markaz direktori oʻrinbosarlari, filiallari va vakolatxonalari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga koʻra Markaz Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
25. Quyidagilar Markazning ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi: qabul qilish boʻlimi, konsultatsiya poliklinikasi, statsionar, laboratoriya-tashxis va patologoanatomiya boʻlimlari, shuningdek maʼmuriy-xoʻjalik va texnik xizmatlar, ilmiy-tadqiqot boʻlimi va boshqalar.
26. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalar belgilangan tartibda Markazning tashkiliy tuzilmasiga kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar va vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar amaldagi qonunchilikda va ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markaz tomonidan tasdiqlanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Markazning normativ bazani, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha faoliyati ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash
28. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
davlat budjeti mablagʻlari;
grantlar va homiylik yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmat koʻrsatish;
uning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
30. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlarga:
bemorlarning imtiyozli kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan urologik yordam koʻrsatish uchun Markaz xarajatlarini qoplashga;
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda har yilgi investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari va texnika bilan jihozlashga;
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar tarzida;
roʻyxati Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tibbiy yordamning ayrim murakkab yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari boʻyicha aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini qoplashga ajratiladi.
Markaz xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlaridan mablagʻ bilan taʼminlash tartibi tibbiy xizmatlarning ushbu turiga boʻlgan talabga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaz bilan birgalikda belgilanadi.
Bunda:
budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda, alohida qatorda, moddalarga boʻlmasdan ajratiladi;
davlat budjeti mablagʻlaridan mablagʻ bilan taʼminlash hajmini Markazning moliyaviy taʼminoti mustahkamlanishiga qarab bosqichma-bosqich kamaytirib borish nazarda tutiladi.
31. Markaz xodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari Markaz Kengashi tomonidan, bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil ravishda belgilanadi.
32. Markaz mustaqil ravishda, ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida:
Markazning biznes-rejasini hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Markaz xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va Yagona tarif setkasi boʻyicha bazaviy maoshlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini hamda cheklangan miqdorlari chegaralanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
33. Markaz soliqlarning barcha turlaridan hamda oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun toʻlovlardan tashqari) 10 yilga — 2003-yil 1-martdan 2012-yil 31-dekabrgacha ozod qilinadi, boʻshab qolgan mablagʻlar Markazni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli ravishda yoʻnaltiriladi.
Markaz, shuningdek sotiladigan tibbiy xizmatlar hajmidan Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi.
34. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning oʻz moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olgan foydasi, tegishli majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, Markaz tasarrufida qoladi va undan belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, zamonaviylashtirish va kengaytirishda, zamonaviy tibbiy texnika, anjomlar va asbob-uskunalar sotib olishda;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasining mehnat jamoasi ulushi qismini koʻpaytirishda;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishda;
aylanma fondlarni toʻldirishda;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda;
mahsulot va xizmatlarni reklama qilishda;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Bunda Markaz ushbu bandda koʻrsatilgan xarajatlarning ustuvorligi, yoʻnaltirish tartibini va nisbatlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
35. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Sogʻliqni saqlash vazirligiga barcha zarur smeta-moliya hujjatlarini taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
36. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish soliq va moliya organlari, davlatning boshqa organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, zarur hollarda — auditorlik xizmatlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
37. Markazni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining faoliyatini tashkil etish va uni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori asosida koʻp profilli jarrohlik boʻyicha davolash-profilaktika va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami koʻrsatuvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Akademik V.Vohidov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi negizida tashkil etilmoqda.
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi banklarda belgilangan tartibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi, oʻzining toʻliq nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga, oʻz ramziga (belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan vizual identifikatsiyalash vositalariga) ega boʻladi.
Markaz Toshkent shahri — 700115, Chilonzor tumani, Farhod koʻchasi, 10-uyda joylashgan.
II. Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi:
yuqori darajada sifatli va jahon talablaridagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani hamda oʻz jarrohlik maktabini shakllantirish;
jarrohlik kasalliklari tashxisi, davolash va profilaktikasi boʻyicha aholining ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatishga boʻlgan talabini qondirish.
5. Markazning asosiy vazifalari:
a) turli jarrohlik kasalliklari boʻlgan quyidagi bemorlarga:
davlatning qoʻllab-quvvatlashiga ehtiyojmand boʻlgan shaxslarga (imtiyozli toifa) poliklinikaning mavjud oʻrin fondi va quvvatining 20 foizigacha hajmda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ustun darajada pulli asosda tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish;
b) mavjud tibbiyot texnikasi parki va apparatlarini doimiy ravishda yangilash va zamonaviylashtirishni taʼminlash, Markazni jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori malakali jarrohlik yordami koʻrsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻzini oʻzi qoplash shartlarida taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish yuzasidan menejmentni va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning eng koʻp tarqalgan jarrohlik kasalliklari tashxisi va davolashning zamonaviy usullari boʻyicha yetakchi xorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkada boʻlishlarini tashkil etish hisobiga oshirish va takomillashtirish;
d) eng koʻp yoyilgan jarrohlik kasalliklari profilaktikasi, tashxisi va ularni davolashning oʻz ilgʻor usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
e) jarrohlik kasalliklarini davolash va tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro eʼtirof etilishiga erishish;
j) koʻkrak organlari, qorin boʻshligʻi va tomir kasalliklari va ularning asoratlari tashxisi, ularni jarrohlik yoʻli bilan davolash yangi usullarini yaratish boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
z) yetakchi xorijiy jarrohlik markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologiyali usullaridan foydalanish, shuningdek ularni takomillashtirish boʻyicha toʻplangan tajribani, mutaxassislar va axborotni keng ayirboshlashni taʼminlash.
6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
respublika aholisining koʻkrak organlari, qorin boʻshligʻi va tomir kasalliklariga tashxis qoʻyish, ularni ilgʻor jahon yutuqlari darajasida jarrohlik yoʻli bilan davolashning eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
jarrohlik kasalliklari tashxisi, ularni davolashning ilgʻor samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
oʻzining jarroh vrachlar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi hamda respublikaning boshqa muassasalarini jarrohlik boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlaydi;
dori-darmon preparatlari, tibbiy vositalarni, shuningdek jarrohlik kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarini ishlab chiqadi, klinik sinovlar oʻtkazadi va amalga oshiradi;
jarrohlik kasalliklari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi hamda Markaz tomonidan ishlab chiqilgan jarrohlik kasalliklari tashxisi va ularni davolash metodikasining respublika boshqa tibbiyot muassasalarida keng joriy etilishi yuzasidan metodologik ishlar olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga urologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
chet elda tibbiyot olamida jarrohlik boʻyicha oʻz ilmiy va texnologiya yutuqlarini ifodalaydi;
jarrohlik boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi;
tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.
III. Markazning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Markaz faoliyatning barcha sohalarida oʻz munosabatlarini shartnomalar, bitimlar, kontraktlar asosida quradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida, shuningdek Markaz faoliyatining maqsadlari va sohasi doirasida ularni yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning, bajarilayotgan ishlarning, chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil belgilashga haqlidir.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning ustav fondiga berilayotgan davlat mulkini Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrtasida tuziladigan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqarish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
rivojlanishning biznes-rejalarini, oʻz budjetini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini, xarajatlarni shakllantirish va yoʻnaltirish manbalarini aniqlash;
aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish, kreditlar, qarzlar, grantlar va boshqa moliyaviy yordamni belgilangan tartibda jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlari va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil belgilash;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
jarrohlik boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yuridik shaxs boʻlmagan alohida boʻlinmalar (filiallar va vakolatxonalar) tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Markaz faoliyati maqsadi va sohasiga zid boʻlmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Markaz quyidagilarga majbur:
yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamiga muhtoj bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash sifati va standartlarini zamonaviy jahon talablari darajasida saqlash va rivojlantirishni taʼminlash;
aholiga tasdiqlangan tariflar boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami koʻrsatish;
imtiyozli toifadagi bemorlar kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami koʻrsatish;
Markaz xodimlarining yetakchi xorijiy jarrohlik klinikalarida tor ixtisosli qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muntazam ravishda oʻtishini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va ish haqi toʻlash shart-sharoitlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy muhofaza qilishni va aniq moʻljalli ijtimoiy muhofazani taʼminlash;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning moddiy-texnika bazasini oʻz mablagʻlari hisobiga zamonaviy tibbiyot texnikasi hamda texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanish, ularning saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz direktori, shuningdek aloqador xodimlari odamlar salomatligiga zarar yetkazilishi yoki Markaz xodimlari aybi bilan sodir boʻlgan oʻlim hollari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻliq moddiy, maʼmuriy va jinoiy javob berishadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki va ustav jamgʻarmasi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi orqali davlat hamda manfaatini Markaz Kengashi ifodalaydigan Markaz mehnat jamoasi Markazning muassislari hisoblanadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
13. Markazning ustav jamgʻarmasi:
asosiy vositalar (tibbiyot muassasasi binolari va inshootlari, tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar, inventarlar va shu kabilar) va aylanmadan tashqari aktivlar tarzidagi davlat mol-mulki;
investitsiya maqsadlariga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari;
tibbiy xizmatlar, ishlarni amalga oshirishdan, mahsulotlar sotishdan olinadigan moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirishga, shuningdek tibbiy asbob-anjomlar va texnologiyalar sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
14. Markazning ustav jamgʻarmasiga beriladigan davlat mulki qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Markaz taʼsis etilayotgan vaqtda belgilanadi.
Davlat mulki Markazga ishonchli boshqaruv huquqlari bilan, Markazning maqsadi va vazifalariga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish uchun beriladi.
15. Markazning moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va mustahkamlashga va zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlari mehnat jamoasi ulushi sifatida ustav jamgʻarmasiga kiritiladi.
Mehnat jamoasining Markaz ustav jamgʻarmasidagi ulushi jamoa mulki hisoblanadi va boʻlinmaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra Markazning ustav jamgʻarmasiga berilgan davlat mulki imtiyozli shartlarda uning jamoasiga mulk sifatida sotilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Markaz, yuridik shaxs sifatida, egallab turgan yer uchastkalariga Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunchiligiga muvofiq doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqiga egadir.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Markazning davlat mulki hisoblanadigan mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda garov, almashtirish predmeti boʻlishi yoki sotilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Markazga ishonchli boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markaz tuzilmasi va uni boshqarish
20. Markaz tarkibiga kuniga 300 bemorga xizmat koʻrsatuvchi maslahat poliklinikasi va 300 oʻrinli statsionar kiradi.
21. Markaz Kengashi Markazni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz Kengashi tarkibida Markaz direktori, Markazning yetakchi tibbiy va ilmiy xodimlari boʻlgan 7 kishidan iborat boʻladi. Markaz Kengashi ishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligidan vakolatli vakillar ishtirok etishadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash aʼzolari obyektiv zarurat va/yoki mehnat jamoasi umumiy majlisi koʻpchilik qatnashchilari talabiga koʻra qayta saylanishi mumkin.
Markaz Direktori ayni bir vaqtda Markaz Kengashining raisi hisoblanadi.
Kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Markazni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning investitsiya va ilmiy-texnikaviy siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Markaz tuzilmasini va Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Markazning moliya-xoʻjalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
23. Markazning joriy faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
24. Markaz Direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning joriy moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnoma va kontraktlar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal qiladi;
direktor oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Markaz Kengashiga kiritadi, zarurat boʻlganda ilmiy-uslubiy va tibbiy Kengashlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, oʻz vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
Markaz direktori oʻrinbosarlari, filiallari va vakolatxonalari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga koʻra Markaz Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
25. Quyidagilar Markazning ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi: qabul qilish boʻlimi, konsultatsiya poliklinikasi, statsionar, laboratoriya-tashxis va patologoanatomiya boʻlimlari, shuningdek maʼmuriy-xoʻjalik va texnik xizmatlar, ilmiy-tadqiqot boʻlimi va boshqalar.
26. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalar belgilangan tartibda Markazning tashkiliy tuzilmasiga kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar va vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar amaldagi qonunchilikka va ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markaz tomonidan tasdiqlanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Markazning normativ bazani, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha faoliyati ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash
28. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
davlat budjeti mablagʻlari;
grantlar va homiylik yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmat koʻrsatish;
uning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
30. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlarga:
bemorlarning imtiyozli toifadagi kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami koʻrsatish uchun Markaz xarajatlarini qoplashga;
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda har yilgi investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari va texnika bilan jihozlashga;
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar tarzida;
roʻyxati Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tibbiy yordamning ayrim murakkab yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari boʻyicha aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini qoplashga ajratiladi.
Markaz xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlaridan mablagʻ bilan taʼminlash tartibi tibbiy xizmatlarning ushbu turiga boʻlgan talabga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaz bilan birgalikda belgilanadi.
Bunda:
budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda, alohida qatorda, moddalarga boʻlmasdan ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2011 — 2015-yillar mobaynida Markazning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha har yili budjetdan zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostika tibbiyot asbob-uskunalari (texnikalari) bilan toʻliq jihozlash va ularni xarajat materiallari, implantantlar bilan taʼminlashga mablagʻlar ajratilishini kamaytira borib, 2012-yilga budjetdan tashqari mablagʻlar ulushini 50 foizgacha yetkazgan holda budjetdan qisman dotatsiya qilinadigan ayrim yuqori texnologiyali operatsiyalar sonini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutiladi.
(30-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
31. Markaz xodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari Markaz Kengashi tomonidan, bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil ravishda belgilanadi.
32. Markaz mustaqil ravishda, ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida:
Markazning biznes-rejasini hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Markaz xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va Yagona tarif setkasi boʻyicha bazaviy maoshlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini hamda cheklangan miqdorlari chegaralanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
33. Markaz soliqlarning barcha turlaridan hamda oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun toʻlovlardan tashqari) 10 yil muddatga — 2003-yil 1-martdan 2012-yil 31-dekabrgacha ozod qilinadi, boʻshab qoladigan mablagʻlar Markazni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli ravishda yoʻnaltiriladi.
Markaz, shuningdek sotiladigan tibbiy xizmatlar hajmidan Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi.
34. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning oʻz moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olgan foydasi, tegishli majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, Markaz tasarrufida qoladi va undan belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, zamonaviylashtirish va kengaytirishda, zamonaviy tibbiy texnika, anjomlar va asbob-uskunalar sotib olishda;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasining mehnat jamoasi ulushi qismini koʻpaytirishda;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishda;
aylanma fondlarni toʻldirishda;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda;
mahsulot va xizmatlarni reklama qilishda;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Bunda Markaz ushbu bandda koʻrsatilgan xarajatlarning ustuvorligi, yoʻnaltirish tartibini va nisbatlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
35. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Sogʻliqni saqlash vazirligiga zarur smeta-moliya hujjatlarini taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
36. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish soliq va moliya organlari, davlatning boshqa organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, zarur hollarda — auditorlik xizmatlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
37. Markazni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazining faoliyatini tashkil etish va uni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazi (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori asosida koʻz mikroxirurgiyasi boʻyicha davolash-profilaktika va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida Toshkent viloyat koʻz mikroxirurgiyasi markazi negizida tashkil etilmoqda.
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi banklarda belgilangan tartibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi, oʻzining toʻliq nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga, oʻz ramziga (belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan vizual identifikatsiyalash vositalariga) ega boʻladi.
Markaz Toshkent shahri — 700143, M. Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 178-uyda joylashgan.
II. Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi:
yuqori sifatli va xalqaro talablar darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani hamda oʻz oftalmologiya maktabini shakllantirish;
koʻz kasalliklari tashxisi, davolash va profilaktikasi boʻyicha aholining ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatishga boʻlgan talabini qondirish.
5. Markazning asosiy vazifalari:
a) koʻz organlari kasalliklari boʻlgan quyidagi bemorlarga:
davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan shaxslarga (imtiyozli toifa) poliklinikaning mavjud oʻrin fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ustun darajada pulli asosda tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan oftalmologiya yordami koʻrsatish;
b) mavjud tibbiyot texnikasi parki va apparatlarini doimiy ravishda yangilash va zamonaviylashtirishni taʼminlash, Markazni jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali oftalmologiya yordami koʻrsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻzini oʻzi qoplash shartlarida taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish yuzasidan menejmentni va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning eng koʻp tarqalgan koʻz kasalliklari (katarakt fakoemulsifikatsiyasi, vitreoretinal jarrohlik, uzoqdan va yaqindan yaxshi koʻrmaslik va astigmatizm holatlarida lazer jarrohligi) tashxisi va davolashning zamonaviy usullari boʻyicha yetakchi xorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkada boʻlishlarini tashkil etish hisobiga oshirish va takomillashtirish;
d) eng koʻp tarqalgan koʻz kasalliklari profilaktikasi, tashxisi va ularni davolashning ilgʻor oʻz usullari va texnologiyalarini yaratish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
e) oftalmologiya kasalliklarini davolash va tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro eʼtirof etilishiga erishish;
j) koʻrish zaifligi, koʻz ojizligi profilaktikasi va koʻrish boʻyicha nogironlikni kamaytirish boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
z) yetakchi xorijiy oftalmologiya markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologiyali usullaridan foydalanish, shuningdek ularni takomillashtirish boʻyicha toʻplangan tajribani, mutaxassislar va axborotlarni keng ayirboshlashni taʼminlash.
6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
respublika aholisining koʻz kasalliklariga tashxis qoʻyish va ular profilaktikasining jahon yutuqlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
eng koʻp tarqalgan koʻz kasalliklari tashxisi, ularni davolash va ular profilaktikasining ilgʻor samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
oʻzining oftalmolog vrachlar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi hamda respublikaning boshqa muassasalarini oʻz sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlaydi;
koʻz kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarini ishlab chiqadi, dori-darmonlarni tibbiy vositalarni ishlab chiqaradi va klinik sinovdan oʻtkazadi;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi hamda Markaz tomonidan ishlab chiqilgan koʻz kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarining respublikadagi boshqa tibbiyot muassasalarida keng joriy etilishi yuzasidan metodologik ishlar olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga urologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
chet elda tibbiyot olamida koʻz mikroxirurgiyasi boʻyicha oʻz ilmiy va texnologiya yutuqlarini ifodalaydi;
oʻzining koʻz mikroxirurgiyasi boʻyicha ilmiy, oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi;
tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.
III. Markazning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Markaz faoliyatning barcha sohalarida oʻz munosabatlarini shartnomalar, bitimlar, kontraktlar asosida quradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, shuningdek Markaz faoliyatining maqsadlari va sohasi doirasida ularni yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning, bajarilayotgan ishlarning, chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil belgilashga haqlidir.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning ustav fondiga berilayotgan davlat mulkini Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrtasida tuziladigan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqarish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
rivojlanishning biznes-rejalarini, oʻz budjetini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini, xarajatlarni shakllantirish va yoʻnaltirish manbalarini aniqlash;
aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish, kreditlar, qarzlar, grantlar va boshqa moliyaviy yordamni belgilangan tartibda jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlari va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilash;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
koʻz mikroxirurgiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yuridik shaxs boʻlmagan alohida boʻlinmalar (filiallar va vakolatxonalar) tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Markaz faoliyati maqsadi va sohasiga zid boʻlmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Markaz quyidagilarga majbur:
koʻz mikroxirurgiyasi boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash sifati va standartlarini zamonaviy jahon talablari darajasida saqlash va rivojlantirishni taʼminlash;
aholiga tasdiqlangan tariflar asosida koʻz kasalliklari boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
koʻz kasalliklari boʻlgan imtiyozli bemorlar kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish;
Markaz xodimlarining yetakchi xorijiy oftalmologiya klinikalarida tor ixtisosli qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muntazam ravishda oʻtishini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va ish haqi toʻlash shart-sharoitlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy muhofaza qilishni va aniq moʻljalli ijtimoiy muhofazani taʼminlash;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning moddiy-texnika bazasini oʻz mablagʻlari hisobiga zamonaviy tibbiyot texnikasi hamda texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanish, ularning saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz direktori, shuningdek aloqador xodimlari odamlar salomatligiga zarar yetkazilishi yoki Markaz xodimlari aybi bilan sodir boʻlgan oʻlim hollari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻliq moddiy, maʼmuriy va jinoiy javob berishadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki va ustav jamgʻarmasi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi orqali davlat hamda manfaatini Markaz Kengashi ifodalaydigan Markaz mehnat jamoasi Markazning muassislari hisoblanadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
13. Markazning ustav jamgʻarmasi:
asosiy vositalar (tibbiyot muassasasi binolari va inshootlari, tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar, inventarlar va shu kabilar) va aylanmadan tashqari aktivlar tarzidagi davlat mol-mulki;
investitsiya maqsadlariga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari;
tibbiy xizmatlar, ishlarni amalga oshirishdan, mahsulotlar sotishdan olinadigan, moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirishga, shuningdek tibbiy asbob-anjomlar va texnologiyalar sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning ustav jamgʻarmasiga beriladigan davlat mulki qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Markaz taʼsis etilayotgan vaqtda belgilanadi.
Davlat mulki Markazga ishonchli boshqaruv huquqlari bilan, Markazning maqsadi va vazifalariga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish uchun beriladi.
15. Markazning moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va mustahkamlashga hamda zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlari mehnat jamoasi ulushi sifatida ustav jamgʻarmasiga kiritiladi.
Mehnat jamoasining Markaz ustav jamgʻarmasidagi ulushi jamoa mulki hisoblanadi va boʻlinmaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra Markazning ustav jamgʻarmasiga berilgan davlat mulki uning jamoasiga mulk sifatida imtiyozli shartlarda sotilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Markaz, yuridik shaxs sifatida, egallab turgan yer uchastkalariga Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunchiligiga muvofiq doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqiga egadir.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Markazning davlat mulki hisoblanadigan mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda garov, almashtirish predmeti boʻlishi yoki sotilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Markazga ishonchli boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markaz tuzilmasi va uni boshqarish
20. Markaz tarkibiga kuniga 250 bemorga xizmat koʻrsata oladigan maslahat poliklinikasi va 70 oʻrinli statsionar kiradi.
21. Markaz Kengashi Markazni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz Kengashi tarkibida Markaz direktori, Markazning yetakchi tibbiy va ilmiy xodimlari boʻlgan 7 kishidan iborat boʻladi. Markaz Kengashi ishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligidan vakolatli vakillar ishtirok etishadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash aʼzolari obyektiv zarurat va/yoki mehnat jamoasi umumiy majlisi koʻpchilik qatnashchilari talabiga koʻra qayta saylanishi mumkin.
Markaz Direktori ayni bir vaqtda Markaz Kengashining raisi hisoblanadi.
Kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Markazni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning investitsiya va ilmiy-texnikaviy siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Markazni boshqarish tuzilmasini va Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Markazning moliya-xoʻjalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
23. Markazning joriy faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
24. Markaz Direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning joriy moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnoma va kontraktlar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal qiladi;
direktor oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Markaz Kengashiga kiritadi, zarurat boʻlganda ilmiy-uslubiy va tibbiy Kengashlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, oʻz vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
Markaz direktori oʻrinbosarlari, filiallari va vakolatxonalari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga koʻra Markaz Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
25. Quyidagilar Markazning ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi: qabul qilish boʻlimi, konsultatsiya poliklinikasi, statsionar, laboratoriya-tashxis boʻlimlari, shuningdek maʼmuriy-xoʻjalik va texnik xizmatlar, ilmiy-tadqiqot boʻlimi va boshqalar.
26. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalar belgilangan tartibda Markazning tashkiliy tuzilmasiga kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar va vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar amaldagi qonunchilikda va ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markaz tomonidan tasdiqlanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Markazning normativ bazani, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha faoliyati ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash
28. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
davlat budjeti mablagʻlari;
grantlar va homiylik yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmat koʻrsatish;
uning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
30. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlarga:
bemorlarning imtiyozli kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan oftalmologiya yordami koʻrsatish uchun Markaz xarajatlarini qoplashga;
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda har yilgi investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari va texnika bilan jihozlashga;
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar tarzida;
roʻyxati Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari boʻyicha aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini qoplashga ajratiladi.
Markaz xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlaridan mablagʻ bilan taʼminlash tartibi tibbiy xizmatlarning ushbu turiga boʻlgan talabga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaz bilan birgalikda belgilanadi.
Bunda:
budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda, alohida qatorda, moddalarga boʻlmasdan ajratiladi;
davlat budjeti mablagʻlaridan mablagʻ bilan taʼminlash hajmini Markazning moliyaviy taʼminoti mustahkamlanishiga qarab bosqichma-bosqich kamaytirib borish nazarda tutiladi.
31. Markaz xodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari Markaz Kengashi tomonidan, bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil ravishda belgilanadi.
32. Markaz mustaqil ravishda, ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida:
Markazning biznes-rejasini hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Markaz xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va Yagona tarif setkasi boʻyicha bazaviy maoshlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini hamda cheklangan miqdorlari chegaralanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
33. Markaz soliqlarning barcha turlaridan hamda oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun toʻlovlardan tashqari) 10 yil muddatga — 2003-yil 1-martdan 2012-yil 31-dekabrgacha ozod qilinadi, boʻshab qolgan mablagʻlar Markazni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli ravishda yoʻnaltiriladi.
Markazlar ham sotiladigan tibbiy xizmatlar hajmidan Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi.
34. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning oʻz moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olgan foydasi, tegishli majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, Markaz tasarrufida qoladi va undan belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, zamonaviylashtirish va kengaytirishda, zamonaviy tibbiy texnika, anjomlar va asbob-uskunalar sotib olishda;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasining mehnat jamoasi ulushi qismini koʻpaytirishda;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishda;
aylanma fondlarni toʻldirishda;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda;
mahsulot va xizmatlarni reklama qilishda;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Bunda Markaz ushbu bandda koʻrsatilgan xarajatlarning ustuvorligi, yoʻnaltirish tartibini va nisbatlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Sogʻliqni saqlash vazirligiga zarur smeta-moliya hujjatlarini taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish soliq va moliya organlari, davlatning boshqa organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, zarur hollarda — auditorlik xizmatlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
37. Markazni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining faoliyatini tashkil etish va uni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi (keyingi oʻrinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kardiologiya sohasi boʻyicha davolash-profilaktika va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi mustaqil, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoxonasi negizida tashkil etilmoqda.
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi banklarda belgilangan tartibda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi, oʻzining toʻliq nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga, oʻz ramziga (belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan vizual identifikatsiyalash vositalariga) ega boʻladi.
Markaz Toshkent shahri — 700052, M. Ulugʻbek tumani, Murtozoyev koʻchasi, 4-uyda joylashgan.
II. Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi:
yuqori sifatli va xalqaro talablar darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani hamda oʻz kardiologiya maktabini shakllantirish;
kardiologiya kasalliklari tashxisi, davolash va profilaktikasi boʻyicha aholining ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatishga boʻlgan talabini qondirish.
5. Markazning asosiy vazifalari:
a) yurak-qon tomiri sistemasi kasalliklari boʻlgan quyidagi bemorlarga:
davlatning qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan shaxslarga (imtiyozli toifa) poliklinikaning mavjud oʻrin fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ustun darajada pulli asosda tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
b) mavjud tibbiyot texnikasi parki va apparatlarini doimiy ravishda yangilash va zamonaviylashtirishni taʼminlash, Markazni jahon yutuqlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori malakali kardiologiya yordami koʻrsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻzini oʻzi qoplash shartlarida taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish yuzasidan menejmentni va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning yurak-qon tomiri patologiyasi (koronar angioplastika, ritmni yuritish implantatsiyasi, yurakning oʻtkazish sistemasi destruksiyasi va ablatsiyasi) tashxisi va davolashning zamonaviy usullari boʻyicha yetakchi xorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkada boʻlishlarini tashkil etish hisobiga oshirish va takomillashtirish;
d) asosiy yurak-qon tomiri kasalliklari (yurakning ishemik kasalligi, miokard infarkti, yurak aritmiyasi, arteriya gipertoniyasi) boʻlgan bemorlar profilaktikasi, tashxisi va ularni davolashning ilgʻor oʻz usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
e) kardiologiya kasalliklarini davolash va tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro eʼtirof etilishiga erishish;
j) arteriya gipertoniyasi, yurak ishemik kasalligi va ularni rivojlantirish xavfini tugʻdiruvchi omillar (chekish, gipodinamiya, ortiqcha alkogol isteʼmol qilish, ortiqcha vazn va boshqalar) profilaktikasi boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
z) yetakchi xorijiy kardiologiya tibbiy muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologiyali usullaridan foydalanish, shuningdek ularni takomillashtirish boʻyicha toʻplangan tajribani, mutaxassislar va axborotlarni keng ayirboshlashni taʼminlash.
6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
respublika aholisining yurak-qon tomiri kasalliklariga tashxis qoʻyish, ularni davolash va ular profilaktikasining ilgʻor jahon yutuqlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
yurak-qon tomiri kasalliklari tashxisi, ularni davolash va ular profilaktikasining ilgʻor samarali usullari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
oʻzining kardiolog vrachlar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi, respublikaning boshqa muassasalarini kardiologiya sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlaydi;
dori-darmonlarni, tibbiy vositalarni, hamda yurak-qon tomiri kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarini ishlab chiqadi, klinik sinovdan oʻtkazadi va amalga oshiradi;
kardiologiya kasalliklari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi hamda Markaz tomonidan ishlab chiqilgan yurak kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullarining respublikadagi boshqa tibbiyot muassasalarida keng joriy etilishi yuzasidan metodologik ishlar olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga urologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
chet elda tibbiyot olamida kardiologiya sohasi boʻyicha oʻz ilmiy va texnologiya yutuqlarini ifodalaydi;
yurak-qon tomiri kasalliklari boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi;
tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi, ularning malakasini oshiradi.
III. Markazning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Markaz faoliyatning barcha sohalarida oʻz munosabatlarini shartnomalar, bitimlar, kontraktlar asosida quradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligigi, shuningdek Markaz faoliyatining maqsadlari va sohasi doirasida ularni yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning, bajarilayotgan ishlarning, chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil belgilashga haqlidir.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning ustav fondiga berilayotgan davlat mulkini Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrtasida tuziladigan mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqarish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
rivojlanishning biznes-rejalarini, oʻz budjetini mustaqil ravishda shakllantirish, ularning hajmlarini, xarajatlarni shakllantirish va yoʻnaltirish manbalarini aniqlash;
aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish, kreditlar, qarzlar, grantlar va boshqa moliyaviy yordamni belgilangan tartibda jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlari va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilash;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
kardiologiya sohasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yuridik shaxs boʻlmagan alohida boʻlinmalar (filiallar va vakolatxonalar) tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Markaz faoliyati maqsadi va sohasiga zid boʻlmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Markaz quyidagilarga majbur:
yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologiya yordamiga muhtoj bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash sifati va standartlarini zamonaviy jahon talablari darajasida saqlash va rivojlantirishni taʼminlash;
aholiga tasdiqlangan tariflar boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologiya yordami koʻrsatish;
imtiyozli bemorlar kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologiya yordami koʻrsatish;
Markaz xodimlarining yetakchi xorijiy kardiologiya klinikalarida tor ixtisosli qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muntazam ravishda oʻtishini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va ish haqi toʻlash shart-sharoitlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy muhofaza qilishni va aniq moʻljalli ijtimoiy muhofazani taʼminlash;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning moddiy-texnika bazasini oʻz mablagʻlari hisobiga zamonaviy tibbiyot texnikasi hamda texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanish, ularning saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz direktori, shuningdek aloqador xodimlari odamlar salomatligiga zarar yetkazilishi yoki Markaz xodimlari aybi bilan sodir boʻlgan oʻlim hollari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻliq moddiy, maʼmuriy va jinoiy javob berishadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki va ustav jamgʻarmasi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi orqali davlat hamda manfaatini Markaz Kengashi ifodalaydigan Markaz mehnat jamoasi Markazning muassislari hisoblanadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
13. Markazning ustav jamgʻarmasi:
asosiy vositalar (tibbiyot muassasasi binolari va inshootlari, tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar, inventarlar va shu kabilar) va aylanmadan tashqari aktivlar tarzidagi davlat mol-mulki;
investitsiya maqsadlariga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari;
tibbiy xizmatlar, ishlarni amalga oshirishdan, mahsulotlar sotishdan olinadigan, moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirishga, shuningdek tibbiy asbob-anjomlar va texnologiyalar sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning ustav jamgʻarmasiga beriladigan davlat mulki qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Markaz taʼsis etilayotgan vaqtda belgilanadi.
Davlat mulki Markazga ishonchli boshqaruv huquqlari bilan, Markazning maqsadi va vazifalariga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish uchun beriladi.
15. Markazning moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va mustahkamlashga va zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlari mehnat jamoasi ulushi sifatida ustav jamgʻarmasiga kiritiladi.
Mehnat jamoasining Markaz ustav jamgʻarmasidagi ulushi jamoa mulki hisoblanadi va boʻlinmaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra Markazning ustav jamgʻarmasiga berilgan davlat mulki uning jamoasiga mulk sifatida imtiyozli shartlarda sotilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Markaz, yuridik shaxs sifatida, egallab turgan yer uchastkalariga Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunchilikka muvofiq doimiy egalik qilish va ulardan foydalanish huquqiga egadir.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Markazning davlat mulki hisoblanadigan mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda garov, almashtirish predmeti boʻlishi yoki sotilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Markazga ishonchli boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markaz tuzilmasi va uni boshqarish
20. Markaz tarkibiga kuniga 250 bemorga xizmat koʻrsata oladigan maslahat poliklinikasi va 160 oʻrinli statsionar kiradi.
21. Markaz Kengashi Markazni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz Kengashi tarkibida Markaz direktori, Markazning yetakchi tibbiy va ilmiy xodimlari boʻlgan 7 kishidan iborat boʻladi. Markaz Kengashi ishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligidan vakolatli vakillar ishtirok etishadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy majlisi qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash aʼzolari obyektiv zarurat va/yoki mehnat jamoasi umumiy majlisi koʻpchilik qatnashchilari talabiga koʻra qayta saylanishi mumkin.
Markaz Direktori ayni bir vaqtda Markaz Kengashining raisi hisoblanadi.
Kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
22. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Markazni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning investitsiya va ilmiy-texnikaviy siyosati asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Markaz tuzilmasini va Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Markazning moliya-xoʻjalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
23. Markazning joriy faoliyatiga Direktor rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
24. Markaz Direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning joriy moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnoma va kontraktlar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal qiladi;
direktor oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Markaz Kengashiga kiritadi, zarurat boʻlganda ilmiy-uslubiy va tibbiy Kengashlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari ishlarini tashkil qiladi va boshqaradi, oʻz vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
Markaz direktori oʻrinbosarlari, filiallari va vakolatxonalari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga koʻra Markaz Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
25. Quyidagilar Markazning ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi: qabul qilish boʻlimi, konsultatsiya poliklinikasi, statsionar, laboratoriya-tashxis va patologoanatomiya boʻlimlari, shuningdek maʼmuriy-xoʻjalik va texnik xizmatlar, ilmiy-tadqiqot boʻlimi va boshqalar.
26. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalar belgilangan tartibda Markazning tashkiliy tuzilmasiga kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar va vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar amaldagi qonunchilikda va ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markaz tomonidan tasdiqlanadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Markazning normativ bazani, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha faoliyati ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash
28. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
davlat budjeti mablagʻlari;
grantlar va homiylik yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
uning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
30. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlarga:
bemorlarning imtiyozli kontingentiga poliklinikaning mavjud oʻrinlar fondi va qabul qilish quvvatining 20 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kardiologiya yordami koʻrsatish uchun Markaz xarajatlarini qoplashga;
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda har yilgi investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-anjomlari va texnika bilan jihozlashga;
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar tarzida;
roʻyxati Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari boʻyicha aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini qoplashga ajratiladi.
Markaz xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlaridan mablagʻ bilan taʼminlash tartibi tibbiy xizmatlarning ushbu turiga boʻlgan talabga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaz bilan birgalikda belgilanadi.
Bunda:
budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda, alohida qatorda, moddalarga boʻlmasdan ajratiladi;
davlat budjeti mablagʻlaridan mablagʻ bilan taʼminlash hajmini Markazning moliyaviy taʼminoti mustahkamlanishiga qarab bosqichma-bosqich kamaytirib borish nazarda tutiladi.
31. Markaz xodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari Markaz Kengashi tomonidan, bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil ravishda belgilanadi.
32. Markaz mustaqil ravishda, ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida:
Markazning biznes-rejasini hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Markaz xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va Yagona tarif setkasi boʻyicha bazaviy maoshlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini hamda cheklangan miqdorlari chegaralanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
33. Markaz soliqlarning barcha turlaridan hamda oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun toʻlovlardan tashqari) 10 yil muddatga — 2003-yil 1-martdan 2012-yil 31-dekabrgacha ozod qilinadi, boʻshab qolgan mablagʻlar Markazni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli ravishda yoʻnaltiriladi.
Markazlar ham sotiladigan tibbiy xizmatlar hajmidan Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi.
34. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning oʻz moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olgan foydasi, tegishli majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, Markaz tasarrufida qoladi va undan belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, zamonaviylashtirish va kengaytirishda, zamonaviy tibbiy texnika, anjomlar va asbob-uskunalar sotib olishda;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasining mehnat jamoasi ulushi qismini koʻpaytirishda;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishda;
aylanma fondlarni toʻldirishda;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda;
mahsulot va xizmatlarni reklama qilishda;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Bunda Markaz ushbu bandda koʻrsatilgan xarajatlarning ustuvorligi, yoʻnaltirish tartibini va nisbatlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
35. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Sogʻliqni saqlash vazirligiga zarur smeta-moliya hujjatlarini taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
36. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish soliq va moliya organlari, davlatning boshqa organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, zarur hollarda — auditorlik xizmatlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
37. Markazni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6, 7, 8-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 265-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 53-modda; 2004-y., 22-23-son, 265-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)