OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1773-1]
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 30-yanvardagi 16-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1773, 2008-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 21-iyul,
50-n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qoidalarning nomidan “Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi kutilayotgan shart-sharoitlarda, shuningdek murakkab fazoviy holatlarga tushib qolishning oldini olish va bunday vaziyatlardan chiqib ketishda oʻz vaqtida va toʻgʻri harakatlanish uchun ekipaj aʼzolarida zarur bilim va tajribani shakllantirish va ularni oshirib borish orqali parvozlarning yuqori xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.”.
3. 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“89. ShEHMda oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari malaka toifasini berishda (oshirishda, tasdiqlashda), parvozlarga ruxsat berishda, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda, shuningdek OʻMlarda (OʻMMlarda) oʻqitishda inobatga olinadi.”.
4. 100-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“100. HK komandirlari va ikkinchi uchuvchilarni safga kiritish aviakompaniyalarning UTTDlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
6. 117-bandning ikkinchi va uchinchi jumlalari chiqarib tashlansin.
7. 118-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“118. SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi aviakompaniyalarning FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirish va tekshirishni tashkil qilish boʻyicha hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan talablar asosida amalga oshiriladi.”.
8. 121-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Gʻarbda ishlab chiqarilgan va Il-114-100 HKlarining shturman-instruktorlari trenajyor tekshiruvidan oʻtkazilmaydi.”.
9. 125-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
10. 153-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“153. Mavsumiy tayyorgarlik 2 — 4 toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi uchun oʻtkaziladi.”.
11. 163-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“163. 2 — 4-toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi ishtirokidagi uchish-texnik anjumanlar bir yilda ikki marta (kuz-qish davri va bahor-yoz davrlari uchun tayyorgarlikning oxirida) oʻtkaziladi.”.
12. 168-bandda:
birinchi jumla chiqarib tashlansin;
ikkinchi jumladagi “samolyotlar” degan soʻz “HK” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
13. 233 va 234-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“233. Uchish va qoʻnish punkti orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari SAT-II-III hamda SAT-I minimumi boʻyicha parvozlarga ruxsat berilgan komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar bilan oʻtkaziladi, MNPS samoviy hududi, Shimoliy Atlantika ustidagi samoviy hudud hamda aviakompaniyalar tomonidan belgilangan maxsus va togʻli aerodromlar bundan mustasno.
Tanishtiruv parvozlari Gʻarbda ishlab chiqarilgan HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruxsati boʻlgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan oʻtkaziladi.
234. Il-114-100 HK komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar bilan uchish hamda qoʻnish punktlari orasidagi yoʻnalishlar boʻyicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari mazkur turdagi HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruxsati boʻlgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan oʻtkaziladi.”.
14. 248-banddan “YaK-40, AN-24,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15. 249-banddan “Yak-40, An-24,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16. 257-banddan “B-767/757” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
17. 358-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“358. Xalqaro parvozlarni bajaruvchi uchuvchilar tarkibi “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida sertifikatlangan OʻMlarda (OʻMMlarda) uch yilda bir marta chet tili, xalqaro parvozlar qoidalari va maxsus intizom kurslari boʻyicha malaka oshiradilar.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 391-modda)