OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467-1]
2014-yil 1-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish toʻgʻrisidagi 2002-yil 3-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi 44-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyul
2014-29-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyul,
01-02/19-15-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyul,
323-v-1-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2014-yil 17-iyul
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2014-yil 17-iyul
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v. b. B. ZILYAYEV
2014-yil 17-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 388-modda)