O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI — FAQAT YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA AMALGA OShIRILADIGAN FAOLIYATNING AYRIM TURLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 8-band qo‘shilsin:
“8. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish (uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o‘tirish o‘rinlari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish bo‘yicha xizmatlar bundan mustasno)”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-mart,
129-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 5-6-son, 50-modda)