Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT XIZMATChILARINING LAVOZIM MAOShLARIGA YIGIRMA FOIZLI USTAMA HAQ BELGILASh TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 3 IYuLDAGI 339-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 28-fevral,
113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ilova qilinayotgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatiga muvofiq 1997-yil 1-iyuldan boshlab budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va sudlarning davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 20 foizli ustama haq (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) belgilansin.
Koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga muvofiq 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab prokuratura organlari davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga 25 foizli ustama haq (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) belgilansin”.
2. 3-banddagi “20 foizli ustama” soʻzlari “20 foizli (prokuratura organlari davlat xizmatchilariga 25 foizli) ustama” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Qarorga ilovaning prokuratura organlariga tegishli boʻlimlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Bosh prokuror
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari
Bosh prokuror oʻrinbosari
Yetakchi boʻlim (boshqarma) boshligʻi va uning oʻrinbosari
Ishlar boshqaruvchisi
Mustaqil boʻlim, yetakchi boshqarma boʻlimi boshligʻi va ularning oʻrinbosarlari
Alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchi
Prokurorning katta yordamchisi, prokuror yordamchisi
Qabulxona boshligʻi
Alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi
Boshqarma, boʻlimning katta prokurori
Katta prokuror-kriminalist, prokuror-kriminalist
Katta tergovchi, tergovchi
Boshqarma, boʻlim prokurori
Bosh mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
1-toifali mutaxassis
2-toifali mutaxassis
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Departament boshligʻi
Departament boshligʻining oʻrinbosari
Departament boshligʻining yordamchisi
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Katta inspektor
Inspektor
Boʻlinma boshligʻi
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Katta kriminalist
Kriminalist
Inspeksiya boshligʻi
Yetakchi mutaxassis
1-toifali mutaxassis
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Prokuror
Prokurorning birinchi oʻrinbosari
Prokurorning oʻrinbosari
Boshqarma, boʻlim boshligʻi va ularning oʻrinbosarlari
Alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi
Prokurorning katta yordamchisi, prokuror yordamchisi
Boshqarma, boʻlimning katta prokurori
Katta prokuror-kriminalist, prokuror-kriminalist
Katta tergovchi, tergovchi
Boshqarma, boʻlim prokurori
Bosh mutaxassis
1-toifali mutaxassis
2-toifali mutaxassis
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari
Katta inspektor
Inspektor
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Katta kriminalist
Kriminalist
Bosh mutaxassis
1-toifali mutaxassis
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Prokuror
Prokuror oʻrinbosari
Prokurorning katta yordamchisi
Katta tergovchi
Tergovchi
Prokuror yordamchisi
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimlari
Boʻlim boshligʻi
Bosh surishtiruvchi
Surishtiruvchi
Katta inspektor
Inspektor
Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuratura-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi
Markaz direktori
Direktor oʻrinbosari
Kafedra mudiri
Katta oʻqituvchi
Boʻlim boshligʻi
Ilmiy xodim”
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 43-modda)