22.02.2003 yildagi 99-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING SAFARBARLIK CHAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni samarali tashkil etish, muddatli xizmat harbiy xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2003-yil bahorgi chaqiruvdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar yigirma yetti yoshgacha safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatida boʻladilar va uni oʻtagandan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga oʻtkaziladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda pul badallarini toʻlashi va xizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yigʻinda xizmatni oʻtashi safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilish sharti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar Moliya vazirligining ochiladigan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda matnda “Maxsus hisob raqami” deb yuritiladi) jamlanadi hamda maqsadli ravishda muddatli xizmat harbiy xizmatchilarining pul taʼminotini oshirishga va ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslar bilan harbiy yigʻinlar oʻtkazishga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadigan fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga pul badallari oʻtkazish shartlari Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiriq davrida ular tomonidan Mudofaa vazirligi bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida Davlat-tijorat Xalq banki muassasalari orqali toʻlanadi. Tomonlarning kelishuviga koʻra toʻlov toʻliq hajmda bir yoʻla yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlari hududiy prinsip asosida Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisob raqamiga belgilangan badalni toʻlagan va harbiy yigʻinlardan oʻtgan shaxslar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqami toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vazirligi (M.B. Nurmurodov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamini ochsin, mablagʻlarni mazkur hisob raqamida jamlash va ulardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-aprelgacha Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Milliy xavfsizlik xizmati va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarda Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun zarur boʻlgan talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamlari ochsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-iyungacha Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida takliflar kiritsin, ularda muddatli xizmat harbiy xizmatchilarining pul taʼminotini va joriy taʼminotini oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutsin. Har yili 15-dekabrgacha muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning buyurtmanomalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha takliflar kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatga chaqiriladigan hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan chaqiriluvchilar toifalari aniqlashtirilishini hamda ularning roʻyxati tuzilishini 2003-yil 25-martgacha taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatga test sinovlari va professional tanlovning zamonaviy usullaridan foydalangan holda jismoniy va aqliy jihatdan eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan chaqiriluvchilar tanlab olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-aprelgacha Qurolli Kuchlarga bahorgi chaqiriq davrida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan shaxslar bilan shartnomalarni tayyorlash va tuzishga doir kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqsin hamda ularning amalga oshirilishi nazorat qilinishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Milliy xavfsizlik xizmati va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirliklar va idoralar Maxsus hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlaridan muddatli xizmat harbiy xizmatchilari taʼminotini yaxshilash, ularni buyumlar bilan taʼminlash, qoʻshilmalar va qismlarni sport anjomlari va trenajyorlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, oʻquv materiallari, kutubxona fondi bilan jihozlash uchun maqsadli foydalanilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamida jamlanadigan mablagʻlar soliq solishning barcha turlaridan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining kotibi Gʻ.D. Oblayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashini tashkil etish va oʻtash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat — muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq navbatdagi chaqiriq davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga chaqirilmaydigan shaxslar tomonidan oʻtaladigan harbiy xizmat turidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning pul badali toʻlashlari, shuningdek xizmat mobaynida oylik harbiy yigʻinlardan oʻtishlari fuqarolar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash shartlari hisoblanadi. Agar navbatdagi toʻlovni toʻlash paytida tasdiqlangan eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgarsa, u holda badalning qolgan qismi eng kam oylik ish haqining yangidan belgilangan miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan toʻlangan pul badallari summasi Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda matnda “Maxsus hisob raqami” deb yuritiladi) jamlanadi va muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning pul va moddiy taʼminotini oshirish, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidaga xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlarini oʻtkazishga aniq maqsadli yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining maxsus hisob raqami Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazida ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga yigirma yetti yoshga toʻlgunga qadar olinadilar. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash davrida oylik harbiy yigʻinlarni oʻtashga jalb etilishlari, shuningdek favqulodda vaziyatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz roʻy bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Harbiy yigʻinlar Mudofaa vazirligining harbiy qismlari bazasida (keyingi oʻrinlarda matnda “harbiy qismlar” deb yuritiladi) hududiy prinsip boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda pul badalini toʻlagan va safarbarlik chaqiruvi rezervida boʻlgan davrda oylik yigʻinlardan oʻtgan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan shaxslar yigirma yetti yoshga toʻlganlaridan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish va uni oʻtash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish boʻyicha belgilangan naryad bajarilgandan keyin jismoniy va aqliy jihatdan eng yaxshi tayyorlangan chaqiriluvchilarni tanlash yoʻli bilan qolgan chaqiriluvchilarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilgandan keyin Mudofaa vazirligi tomonidan Maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yozma shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisob raqamiga badallar toʻlash muddatlari, miqdori va tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan shaxslarning butun xizmat davri mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni vijdonan bajarish majburiyatini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligining qonun hujjatlariga muvofiq fuqaroga safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashini, xizmat tamom boʻlgandan keyin esa uni Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga oʻtkazishni taʼminlash majburiyatini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs (kafil) tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan tegishli moliyaviy majburiyatlar zarur tarzda bajarilishi kafolatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani toʻxtatish shartlarini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi: safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxsning va uning kafilining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid maʼlumotlar; Mudofaa vazirligi nomidan shartnomani imzolagan mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining harbiy unvoni, familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari; shartnoma imzolangan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni navbatdagi chaqirish muddati davomida mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs va kafil tomonidan imzolanishi hamda mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan va muhrlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarning roʻyxati tuziladi. Roʻyxatning birinchi nusxasi unga ilova qilingan shartnomalar bilan birgalikda mudofaa ishlari boʻlimida saqlanadi. Roʻyxatning ikkinchi nusxasi viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar) mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs yoki uning kafili (yuridik va jismoniy shaxs) tomonidan Davlat-tijorat Xalq bankining filial tarmogʻi orqali toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablagʻlari hisobiga pul badali toʻlash qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari toʻlash xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida toʻlanadi. Tomonlarning kelishuviga koʻra toʻlov shartnomada belgilangan muddat mobaynida toʻliq hajmda bir yoʻla yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul badali toʻlanganligi toʻgʻrisida Xalq banki filialining belgisi qoʻyilgan kvitansiya nusxasini (agar badal naqd pulsiz oʻtkazish yoʻli bilan toʻlansa elektron toʻlov koʻchirmasi) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs uni shaxsiy hisobga qoʻyish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga taqdim etadi. Kvitansiya mudofaa ishlari boʻlimida imzolangan shartnomada ilova sifatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash davrida fuqarolar yigirma yetti yoshgacha mudofaa ishlari boʻlimlarida alohida harbiy hisobda turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul badalini toʻliq miqdorda toʻlagan shaxslarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtgandan keyin ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatda boʻlganliklari toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan harbiy guvohnomalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxs keyinchalik tinch davrda harbiy xizmatga yaroqsiz yoki urush davrida cheklangan darajada yaroqli deb topilgan taqdirda u zaxiraga oʻtkazilishi kerak, u tomonidan pul badallari toʻlash esa toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan maxsus hisob raqamiga toʻlangan summa qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan va yashash joyini oʻzgartirgan fuqarolar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda harbiy hisobga qoʻyiladi va undan chiqariladi. Bunda pul badalining qolgan qismini toʻlash uning tomonidan yangi yashash joyi boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtayotgan fuqarolar doimiy yashash uchun chet elga ketgan taqdirda, faqat maxsus hisob raqamiga pul badalining toʻliq summasi toʻlangandan keyin harbiy hisobdan chiqariladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga xizmatga olingan, harbiy-hisobga olish boʻyicha turdosh mutaxassislikka ega boʻlgan, maxsus hisob raqamiga pul badalini toʻliq hajmda toʻlagan va oylik yigʻinlardan oʻtgan shaxslar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga ixtiyoriy tartibda qabul qilinishi, shuningdek Mudofaa vazirligining serjantlar tayyorlash maktabiga oʻqishga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan chaqiriluvchilar bilan Mudofaa vazirligi oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, bunday kelishmovchiliklar qonunga muvofiq sud tartibida koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan pul badali toʻliq hajmda toʻlanmagan yoki uning bir qismi toʻlanmagan taqdirda, shartnoma shartlariga muvofiq, toʻlanmagan summa (muddatida toʻlanmagan qismi) fuqarodan sud tartibida undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badalning toʻliq summasi shartnomada belgilangan muddatda toʻlanmaganda yoki belgilangan toʻlov olti oydan ortiq muddatga kechiktirilganda fuqaro muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bunda uning tomonidan badal summasining toʻlangan qismi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzishdan bosh tortilgan taqdirda maxsus hisob raqamiga toʻlanishi kerak boʻlgan pul badallari qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan va belgilangan badalni Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga toʻliq hajmda toʻlagan shaxslar oylik oʻquv yigʻinlariga jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yigʻinlarga jalb etiladigan shaxslarni tanlash tuman chaqiruv komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning sogʻligi, jismoniy tayyorgarligi, maʼlumoti darajasi va ularning mutaxassisligi, qoʻshinlarning tegishli harbiy-hisobga olish mutaxassisliklariga boʻlgan ehtiyoji hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlari ishlab chiqarishdan ajratilgan holda va fuqarolarning tegishli qoʻshilmalar va qismlarning harbiy shaharchalarda yashashi sharti bilan Mudofaa vazirligining harbiy qismlari kadrlari boʻlinmalari negizida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yigʻinlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlik dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan harbiy tayyorgarlikni oʻtkazishning yillik rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy tayyorgarlikni oʻtkazish rejalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha joriy yilda yigʻinlardan oʻtishi kerak boʻlgan fuqarolarning umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy tayyorgarlikka yuborilayotgan fuqarolarning soni, yigʻinlarni oʻtkazish muddatlari, shuningdek yigʻinlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tadbirlar koʻrsatilgan holda negizida harbiy yigʻinlar tashkil etadigan harbiy qismlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy tayyorgarlikni oʻtkazish rejasi Mudofaa vazirining koʻrsatmasi bilan amalga joriy etiladi. Rejadan koʻchirmalar ijro etish uchun harbiy okruglarga, mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarni harbiy tayyorgarlik oʻtkaziladigan joylarga joʻnatish komandalar tarkibida va harbiy tayyorgarlikni oʻtkazish rejasida belgilangan muddatlarda mudofaa ishlari boshqarmalarining yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yigʻinlardan oʻtish davrida fuqarolarga muddatli xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlar joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan fuqaro oʻzgaruvchan tarkib roʻyxatiga olingan kun harbiy yigʻinlar boshlangan kun, harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan fuqaro qismning oʻzgaruvchan tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kun harbiy yigʻinlar tamom boʻlgan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mudofaa vazirligi va harbiy boshqaruv organlarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish boʻyicha funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etishga umumiy rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. Unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish boʻyicha faoliyatni va fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish va u tamom boʻlgandan keyin Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazishning samarali tizimini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini, shuningdek Mudofaa vazirligining talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olishni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmalarini tayyorgarlik koʻrgan harbiy xizmatchilar bilan butlash, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarni hisobga olish va ularning harbiy tayyorgarligi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Harbiy okruglarning qoʻmondonliklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga oʻz vaqtida olinishi, maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari tushishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligiga bevosita rahbarlik qilish, uning tashkil etilishi va oʻtkazilishini nazorat qilish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar harbiy tayyorgarligining oʻquv moddiy-texnika bazasini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlarni belgilangan tartibda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar harbiy hisobga olinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy okruglarga pul badallari va harbiy yigʻinlardan oʻtgan fuqarolarning soni toʻgʻrisida har oylik yigʻma hisobotlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarni hisobga olishni va harbiy yigʻinlarga joʻnatishni, yigʻinlar tamom boʻlgandan keyin esa — yigʻish punktigacha qaytarib olib kelishni tashkil etish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish tumanlar (shaharlar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, boʻlimlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar orasida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatning xususiyatlari va oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olinadigan fuqarolar bilan shartnomalar tuzish, badallar tushumi summalarini Davlat-tijorat Xalq banki boʻlimlari bilan har oyda taqqoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning shaxsiy hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan va harbiy tayyorgarlik yigʻinlariga jalb etiladigan shaxslarni yigʻish punktlariga joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish, toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda esa — toʻlovlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talab qilib olinishi chora-tadbirlarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa ishlari boshqarmasiga fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga pul mablagʻlari toʻlanishi va harbiy yigʻinlardan oʻtganlar soni toʻgʻrisida har oylik hisobotlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa ishlari boshqarmasiga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tamomlagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan tegishli yoʻriqnomalarni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish tartibini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqami toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqami (keyingi oʻrinlarda Maxsus hisob raqami deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maxsus hisob raqamida mablagʻlarni shakllantirish manbalari va jamlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus hisob raqami mablagʻlari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar toʻlaydigan pul badallari hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pul badali miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar toʻlaydigan pul badallari mablagʻlarini jamlash uchun 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” yagona oraliq hisob raqamlari ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” tranzit hisob raqami (keyingi oʻrinlarda tuman (shahar) tranzit hisob raqami deb ataladi) ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligiga — Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazida — 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” talab qilib olinadigan hisob raqami ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli tuman tranzit hisob raqamlariga pul mablagʻlari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar yoki ularning kafillari tomonidan (yuridik shaxslardan tashqari) faqat Davlat-tijorat Xalq bankining filiallari orqali, mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan yoziladigan, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tranzit hisob raqamlari rekvizitlari qoʻyilgan kvitansiyalar blankalari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badallar boshqa tumanlar (shaharlar)ning xalq banklari tuman (shahar) filiallari orqali toʻlangan taqdirda Xalq bankining ushbu filiallari tushgan mablagʻlarni keyingi ish kunidan kechikmay safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxsning yashash joyidagi Xalq banki filiallarida ochilgan mudofaa ishlari tegishli boʻlimlarining tranzit hisob raqamlariga koʻrsatib oʻtilgan rekvizitlarga muvofiq oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarning yuridik shaxslar hisoblanadigan kafillari pul badallarini oʻzining xizmat koʻrsatuvchi banklari orqali toʻlov topshiriqnomalari bilan tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarining tranzit hisob raqamlariga toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pul badalini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning kafillari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga oʻtkazish (toʻlash) qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq bankining tuman (shahar) filiallari toʻlangan badallar summasini Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazidagi 21512 “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” talab qilib olinadigan maxsus (depozit) hisob raqamiga keyingi ish kunidan kechikmay oʻtkazishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Maxsus hisob raqamiga mablagʻlar tushishi hisobi va hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalq bankining mudofaa ishlari tegishli boʻlimlariga xizmat koʻrsatuvchi tuman (shahar) filiallari tranzit hisob raqami boʻyicha operatsiyalar tugallangandan soʻng keyingi ish kunida ularga belgilangan tartibda koʻchirmalar taqdim etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari bank koʻchirmalariga muvofiq tushgan badallar summasini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning shaxsiy hisob raqamlarida aks ettirilgan summa bilan badal toʻlanganligi toʻgʻrisida ular tomonidan taqdim etilgan kvitansiyalar nusxalari asosida taqqoslaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi pul mablagʻlari tushishi toʻgʻrisida Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha har oylik hisobot tuzadi va Xalq bankining tuman (shahar) filiali bilan kelishilgandan keyin uni hisobot davri tugagandan soʻng 3 ish kuni mobaynida mudofaa ishlarining tegishli boshqarmalariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mudofaa ishlari boshqarmasi mudofaa ishlari boʻlimlarining har oylik hisobotlarini umumlashtiradi va Xalq bankining viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar) boshqarmasi bilan kelishilgandan keyin hisobot davri tugagandan soʻng besh ish kunidan kechikmay Mudofaa vazirligiga yigʻma hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mudofaa vazirligi mudofaa ishlari boshqarmalarining har oylik hisobotlarini umumlashtiradi va Respublika Davlat-tijorat Xalq banki bilan kelishilgandan keyin hisobot davri tugagandan soʻng oʻn ish kunidan kechikmay Moliya vazirligiga yigʻma hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarining pul taʼminotini oshirishda va ularning taʼminot sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolarning harbiy tayyorgarligini oʻtkazishda tasdiqlangan xarajatlar smetalariga (yigʻma hamda tegishli vazirliklar va idoralar boʻyicha) muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir idora boʻyicha xarajatlar smetalari rahbarlar tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moliya vazirligi har yili 15-dekabrgacha, Maxsus hisob raqamiga pul badali tushumlaridan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasiga mablagʻlardan foydalanish boʻyicha tegishli hisob-kitoblar va asoslashlar bilan birga takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin Moliya vazirligi xarajatlar smetalarini ishlab chiqish uchun nazorat raqamlarini Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat chegaralarini qoʻriqlovchi qoʻmitaga, Milliy xavfsizlik xizmatiga hamda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirliklar va idoralarga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus hisob raqamidan vazirliklarga, davlat qoʻmitalariga va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarga, harbiy okruglarga, harbiy qismlarga va muassasalarga tushgan mablagʻlarning sarflanishini hisobga olish uchun ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21506 — agar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlarida xizmat koʻrsatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20203 — agar tijorat banklarida xizmat koʻrsatilsa talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirliklarda, davlat qoʻmitalarida va muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda ushbu tuzilmalarning rahbarlari, harbiy okruglarda — tegishli harbiy okruglar qoʻshinlari komandirlari, harbiy qismlar va muassasalarda — ularning komandirlari (boshliqlari) Maxsus hisob raqamidan tushgan mablagʻlarning tasarrufchilari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Moliya vazirligiga Maxsus hisob raqami boʻsh mablagʻlarini:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qisqa muddatli pul majburiyatlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklaridagi depozitlarda joylashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylashtirish natijasida olingan daromadlar Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus hisob raqami mablagʻlarini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga oʻtkazish va vaqtinchalik olib qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus hisob raqami mablagʻlarining hisobot yili oxiridagi qoldiqlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus hisob raqamiga mablagʻlarni hisoblash va oʻtkazish boʻyicha bank xizmatlari uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Maxsus hisob raqamining mablagʻlaridan foydalanish hisobi va hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy tayyorgarligi oʻtkaziladigan harbiy qismlar qilingan sarf-xarajatlar yuzasidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 8- kunidan kechikmay harbiy okruglarga “Safarbarlik chaqiruvi rezervi boʻyicha xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisida hisobot” 2-shakli boʻyicha hisobot taqdim etishadi. Hisobotda qilingan sarf-xarajatlarning hammasi moddalar boʻyicha aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Harbiy okruglar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay yigʻma hisobotlar taqdim etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini qoʻriqlovchi qoʻmita, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqalar) har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Moliya vazirligiga tasdiqlangan xarajatlar smetasining ijrosi boʻyicha hisobotlar taqdim etishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Maxsus hisob raqami mablagʻlarining tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus hisob raqamiga mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maxsus hisob raqami mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan javobgarlik mablagʻlarni oluvchi vazirliklar va idoralarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maxsus hisob raqami mablagʻlarining maqsadli moliyalashtirilishi va foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning nazorat-taftish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 22-fevraldagi
99-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№ ___________________________‎

“____” ___________________ yil‎

______________________________‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori asosida ish koʻruvchi _________________________ tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi __________________________________________________
‎ ______________________________________________________________________________bir tomondan,
‎(F.I.O., harbiy unvoni)

‎‎keyingi oʻrinlarda Chaqiriluvchi deb ataluvchi fuqaro
‎___________________________________________________________________________________________
(Familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport maʼlumotlari)‎
‎___________________________________________________________________________________________

‎(yashash joyi manzili)

‎‎Yuridik shaxslar uchun ________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxs nomi, yuridik manzili)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(bank rekvizitlari)

‎‎nomidan, ___________________________________________________________________________ asosida
‎(shartnoma tuzish vakolatini beruvchi hujjat)

‎‎ish koʻruvchi, keyingi oʻrinlarda Kafil deb ataluvchi ____________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shartnoma mavzuyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.1. Chaqiriluvchi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga kira turib oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi: ‎‎

— “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining _____ baravari miqdorida pul badali oʻtkazish.‎‎

Shartnoma tuzilayotgan kunda badal

______________________________
‎(soʻz bilan)

soʻmni tashkil etadi.

— Mudofaa ishlari boʻlimi yoʻllanmasiga muvofiq harbiy tayyorgarlik boʻyicha bir oylik harbiy yigʻinlardan oʻtish. ‎‎

1.2. Mudofaa vazirligi Chaqiriluvchi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, belgilangan pul badalini toʻliq hajmda toʻlagan va harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan Chaqiriluvchiga u yigirma yetti yoshga toʻlganda harbiy guvohnoma berish majburiyatini oladi.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻlovlarni toʻlash tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2.1. Toʻlovlar Chaqiriluvchi yoki Kafil tomonidan Davlat-tijorat Xalq banki filiallari orqali “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga shaxsan toʻlanishi kerak.

‎‎2.2. Badal xizmatga qabul qilingandan keyin bir mobaynida quyidagi shartlarda toʻlanadi (shartnoma tomonlari quyidagi variantlardan birini tanlaydi):
‎‎a) biryoʻla, toʻliq hajmda 200 yil ___________dan kech boʻlmagan muddatda;
‎‎b) har chorakda teng ulushlarda;

v) boshqa shartlarda: ‎‎______‎‎______________________________________________
(tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi)

‎‎2.3. Toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi Chaqiriluvchi tomonidan tuman mudofaa ishlari boʻlimiga toʻlov toʻlangandan keyin uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.‎‎

2.4. Badal summasi toʻlov kunida respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqi asosida belgilanadi. Agar navbatdagi toʻlov paytigacha eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgarsa, toʻlovning qolgan qismi yangidan belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan hisoblab chiqariladi.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kafillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3.1. Kafil Chaqiriluvchi tomonidan Mudofaa vazirligi oldidagi majburiyatlarning toʻliq hajmda bajarilishi majburiyatini oladi.

3.2. Chaqiriluvchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda Kafil Mudofaa vazirligi oldida Chaqiriluvchi moliyaviy majburiyatlarining bajarilmagan qismi boʻyicha toʻliq javob beradi hamda Chaqiriluvchi tomonidan toʻlanmagan summani qoplash majburiyatini oladi.

3.3. Kafilning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligining mazkur shartnomada nazarda tutilmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining kafillik shartnomamini tartibga soluvchi normalari bilan reglamentlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Majburiyatlarning bajarilmaganligi va zarur darajada
bajarilmaganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4.1. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs tomonidan shartnoma shartlariga koʻra pul badali toʻlanmagan taqdirda, toʻlanmagan summa Chaqiriluvchidan sud orqali undirib olinadi.

4.2. Badalning toʻliq miqdori mazkur shartnomada belgilangan muddatda toʻlanmagan va toʻlov olti oydan kechiktirib yuborilgan taqdirda chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Bunda badalning toʻlangan qismi qaytarilmaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎‎‎5.1. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan, toʻrt
nusxada tuzilgan. Shartnomaning toʻrtinchi nusxasi‎‎ ______________________

(notarial idora rekvizitlari)

da saqlanadi. ‎
‎‎5.2. Shartnoma notarial tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmatda boʻlgan butun davrda amal qiladi.
‎‎5.3. Shartnoma Chaqiriluvchi tomonidan pul badallarining toʻliq summasi 2.2-bandda belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda Mudofaa vazirligi tashabbusi bekor bekor qilinishi mumkin.
‎‎5.4. Mazkur shartnomada tartibga solinmagan masalalar boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga amal qiladilar.
‎‎5.5. Shartnomani bajarish jarayonida, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan paydo boʻladigan barcha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq sudda koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.


‎‎‎Tomonlarning imzolari


‎Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nomidan


‎Cha
qiriluvchi

‎‎


‎Kafil

________________tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi
‎______________________
‎(harbiy unvoni, F.I.O

__________________
‎(F.I.O)
____________________
‎(imzo)

______________________
(F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi)
______________________
‎(imzo, muhr (yuridik shaxs uchun)

______________________
‎(imzo, muhr)

‎‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 36-modda; 2015-y., 37-son, 488-modda; 2017-y., 28-son, 666-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.04.2021-y., 09/21/198/0317-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)