Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.02.2003 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 04.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

PUL-KREDIT KOʻRSATKICHLARINI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul massasi ustidan samarali nazorat qilinishini taʼminlash, pul agregatlarini tartibga solishning zamonaviy usullarini amaliyotga keng joriy etish, bank tizimiga ishonchni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kassa rejalarini shakllantirish hamda naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari bajarilganligi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirishning shakllangan tizimi 2003-yil 1-fevraldan boshlab bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagilarni nazarda tutuvchi pul agregatlarini boshqarishning yangi mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul massasi ustidan samarali nazorat qilishni taʼminlash imkonini beruvchi pul agregatlari, bank tizimining likvidligining va pulga boʻlgan talabning faktorlar boʻyicha tahlili va dinamikasini modellashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira pullar va pul massasi oʻzgarishining choraklik va yillik maqsadli prognozlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining likvidligini qisqa muddatli tartibga solishning bozor vositalaridan, shu jumladan foiz stavkalarini va majburiy zaxiralar normasini boshqarishdan, valyuta depozitlari garovi, davlat qimmatli qogʻozlari va boshqa birinchi klassli aktivlar ostida kreditlar berish va ularni jalb qilishdan keng foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul agregatlari prognozini modellashtirish sxemasi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul agregatlari hajmlari va tarkibi oʻzgarishi, pul bozorining holati hamda zaxira pullar va pul massasi oʻzgarishining maqsadli prognozlari bajarilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul agregatlari oʻzgarishi dinamikasi va tendensiyalari toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy banki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul mablagʻlari emissiyasini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori va “Respublika mintaqalarida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” 1996-yil 12-sentabrdagi 315-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
4-fevraldagi 63-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul agregatlari prognozini modellashtirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 23-modda)