Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ULGURJI SAVDO KORXONALARINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-avgustdagi 375-sonli “Isteʼmol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki isteʼmol bozorini yanada toʻlaroq toʻldirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarning respublika mintaqaviy bozorlariga kirib borishiga koʻmaklashish, ulgurji savdo korxonalarining hududlar boʻyicha bir tekis joylashtirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalarining yangidan tashkil etilayotgan va moddiy-texnika bazasiga ega hamda ustav fondi miqdori belgilangan tartibga muvofiq boʻlgan, moliyaviy jihatdan barqaror mavjud ulgurji savdo korxonalari negizida respublikada ishlab chiqarilayotgan isteʼmol tovarlarining ulgurji savdo tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Quyidagilar ulgurji savdo korxonalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududida ulgurji savdo korxonasi faoliyat koʻrsatayotgan mintaqaning isteʼmol bozori konyunkturasini oʻrganish hamda sanoat korxonalariga tegishli assortimentda, sifatda va oʻrab-joylangan tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berish;
xarid talabi xususiyatidan, mintaqaning muayyan assortimentdagi tovarlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda isteʼmol bozorini xalq isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish hamda aholini ular bilan hududlar boʻyicha bir tekis taʼminlash dasturini shakllantirish;
isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar tuzish va turlarni kelishib olish, tovarlarni oʻz omborlariga oʻz vaqtida tashib keltirish, chakana savdo tarmogʻi korxonalarini tovarlar bilan bir maromda taʼminlash uchun keng va barqaror assortimentdagi tovarlarning zarur zaxiralarini yaratish;
ulgurji savdoga keladigan isteʼmol tovarlari sifati ustidan chakana savdo tarmogʻiga past sifatli tovarlarning kirib kelishi imkoniyatini bartaraf etuvchi nazoratni tashkil etish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, chakana savdo korxonalariga, shuningdek kichik, oʻrta biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tuzilgan shartnomalar hamda oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shakli asosida isteʼmol tovarlarini ulgurji sotishni amalga oshirish;
chakana savdo korxonalariga savdoni rivojlantirishda koʻmaklashish, ular uchun tovarlarni omborlardan tanlab olish va xarid qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
ulgurji yarmarkalarning isteʼmol tovarlarini keyingi yil uchun sotish ishlarida qatnashish va tegishli mintaqaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish, respublika mintaqalarida xalq isteʼmol tovarlari savdosi boʻyicha mavsumiy yarmarkalar tashkil etish yuzasidan shartnomalar tuzish.
4. “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari ulgurji savdo korxonalariga isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchilar bilan oqilona, uzoq muddatli xoʻjalik aloqalari oʻrnatishda amaliy yordam koʻrsatsinlar, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar ishlab chiqarish sohasida marketing tadqiqotlari oʻtkazsinlar, ular asosida sanoat korxonalariga aholi koʻplab talab qiladigan tovarlar ishlab chiqarish toʻgʻrisida asoslangan takliflar bersinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari tizimlarida tashkil etilayotgan ulgurji bazalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Kompleksga kiruvchi tarmoqlarning boʻsh mablagʻlari hisobiga resurslar qidirib topsin.
6. “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining “Qoraqalpoqtutinu” va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalaridan 2-ilovada koʻrsatilgan ulgurji bazalar aksiyalarining ularga tegishli paketlarini belgilangan tartibda kompaniyaga berishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi 2003-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-fevral,
62-son
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi ulgurji bazalari
TUZILMASI
* Toshkent viloyati va Toshkent shahri chakana savdo korxonalariga xizmat koʻrsatadi.
“Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi ulgurji bazalari
TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 22-modda)