Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 31-yanvar,
53-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning III boʻlimi ikkinchi xatboshi “15 foizdan tashqari” soʻzlaridan keyin “hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan jarimalarning 42,5 foizidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
7-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun jamoatchilikni jalb etish;
8-band quyidagi tahrirdagi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablarini tekshirish ishlariga isteʼmolchilar jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etadi;
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga koʻra oʻziga qarashli laboratoriyalarda tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) xavfsizlik talablariga muvofiqligini shartnoma asosida sinovdan oʻtkazadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 16-modda;, 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda; 2017-y., 37-son, 997-modda)